Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti


BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi



Download 2,17 Mb.
bet163/187
Sana08.12.2022
Hajmi2,17 Mb.
#881234
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   187
Bog'liq
3 Фалсафа мажмуа. 2022-2023

BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi. Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi eng asosiy xalqaro hujjat bu – Shubhasiz, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro hujjatni ratifikasiya qilgan: O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g’risida”gi Qonuni 2008 yil 24 iyunda qabul qilindi va 2008 yil 27 iyunda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati tomonidan ma’qullandi va 2008 yil 28 avgustdan e’tiboran kuchga kirdi. BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi muqaddima hamda 8 ta bob, 71 ta moddadan iborat bo’lib, 1-bobda (1-4) umumiy qoidalar, 2-bobda (5-14) korrupsiyaning oldini olish choralari, 3-bobda (15-42) jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati, 4-bobda (43-50) xalqaro hamkorlik, 5-bobda (51-59) aktivlarni qaytarish bo’yicha choralar, 6-bobda (60-62) texnik yordam va ma’lumot almashinuvi, 7-bobda (63-64) amalga oshirish mexanizmlari, 8-bobda (65- 71) yakuniy qoidalar aks etgan. O’zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga bir nechta bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qo’shilgan. Jumladan, Qonunning 1-bandiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Konvensiya 6-moddasining 3-bandi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab-chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko’rsatishi mumkin bo’lgan organlar sifatida belgilanganligi bildirilgan. Bu qoida Konvensiyaning 6-moddasi 3-bandidagi har bir ishtirokchi Davlat BMTning Bosh kotibiga korrupsiyaning oldini olish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda boshqa ishtirokchi Davlatlarga yordam berishi mumkin bo’lgan organ yoki organlarning nomi va manzilini xabar qiladi, degan talablariga to’la javob beradiO’zbekistonning bu pozisiyasi tegishli asosga ega ekanligiga amin bo’lamiz. Ya’ni, bu bandda ikki yoki undan ortiq ishtirokchi davlatlarning Konvensiyani sharhlash yoki qo’llash bilan bog’liq har qanday kelishmovchiligi munozaralar olib borish yo’li bilan, yoki arbitraj yo’li bilan hal etilishi, kelishmovchiliklar bu yo’sinda o’z yechimini topmagan taqdirda davlatlardan birining Xalqaro Sudga murojaat etishi orqali bir qarorga kelishi mumkinligi belgilangan. Fikrimizcha, bir necha xalqaro hujjatlar zamirida yuzaga kelgan va uning standartlariga javob bera oladigan Konvensiyaning moddalari yuzasidan bunday kelishmovchiliklar yuzaga kelishi ehtimoldan uzoq va har bir mamlakat Konvensiya talablarini unga qo’shilishi oldidan ko’p martalab o’rganib chiqqan va mazmun hamda talablaridan to’la xabardor bo’lgan bo’ladi. O’zbekiston o’zini ushbu qoida bilan bog’liq emas deb hisoblashining ham huquqiy asosi mavjud. Sababi, Konvensiyaning aynan Shu moddasi 3-bandida har qanday ishtirokchi davlat uning 2-bandini o’ziga taalluqli yoki aksinchaligi haqida bildirishni bayon etish huquqiga ega ekanligi huquqiy mustahkamlangan. Mansab mavqyeini suiiste’mol qilish shakllari juda rang-barang bo’lgani bois, turli mezonlarga ko’ra korrupsiyaning har xil turlari farqlanadi.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish