Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Innovatsion faoliyat subyektlari. Kadrlar elitasi



Download 1,37 Mb.
bet16/78
Sana10.02.2023
Hajmi1,37 Mb.
#909999
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78
Bog'liq
darslik KIB (2)

3.3. Innovatsion faoliyat subyektlari. Kadrlar elitasi

Zamonaviy innovatsion jarayonlar ancha murakkab va ularning rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilishni talab qiladi. Buning uchun innovatsiyalarning turli tashkiliy va iqtisodiy jihatlari bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar – innovatsion menejerlar talab qilinadi22. Ular ilmiy, texnik va iqtisodiy va psixologik salohiyatga ega bo‘lishi, muhandislik va iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishi kerak.


Innovatsion menejerlar turli xil tashkiliy tuzilmalarda (fanlar akademiyasi, universitetlar, ilmiy birlashmalar, ilmiy tadqiqot muassasalari konstruktorlik byurolari va boshqalar) ijodiy jamoalarni yaratish, yangiliklarni izlash va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish funksiyalarini bajarishi mumkin. Ular innovatsion jarayonning rivojlanishiga hissa qo‘shadilar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini bashorat qilishga harakat qiladilar. Innovatsion menejerlar tadqiqot guruhlarini boshqaradilar, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradilar va an’anaviy menejer va ilmiy tadqiqotchining fazilatlariga ega bo‘lishlari, shuningdek, innovatsiyalar samaradorligini baholay oladigan malakali iqtisodchilar bo‘lishlari kerak.
Innovatsion menejerning asosiy maqsadi kompaniya hayotidagi xavfni kamaytirish va xodimlar uchun qulay ish sharoitlarini yaratishdir. Innovatsion menejer – bu beqaror dunyoda ajralib turadigan, mustahkam poydevor topa oladigan malakali kadrdir23.
Ijodkorlik – bu sifat jihatidan yangi narsalarni yaratadigan va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadigan faoliyatdir. Bunday faoliyat ijodkorni faoliyat subyekti sifatida taxmin qiladi. Har qanday yangilik ijodiy g‘oyadan boshlanadi. Ijodiy jarayonni rejalashtirish murakkab, ammo innovatsion menejer quyidagilarni ta’minlashi kerak:
1) tashkilotda barcha darajada ijodkorlikning yetarliligi;
2) barcha xodimlarning ijodiy salohiyatini baholash;
3) har bir faoliyat ijod uchun qanday imkoniyatlar ochishini tahlil qilish;
4) vazifalar va ular uchun mas’ul mutaxassislarning imkon qadar muvofiqligi;
5) ijodiy g‘oyalar ochiq qabul qilinadigan va darhol rad etilmaydigan muhitni yaratish, davom etayotgan loyihalarda ijodiy yechimlar rag‘batlantiriladi.
Innovatsion jarayonning barcha subyektlarini (innovatsiya, innovatsion faoliyat) quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: innovatorlar; tez qabul qiluvchilar; faollar va ortda qoluvchilar.
Innovatorlar ilmiy va texnik bilimlar generatoridir. Bular individual ixtirochilar, tadqiqot tashkilotlari bo‘lishi mumkin. Innovatsiyalar mualliflari – bu innovatsion faoliyatni amalga oshirishda yetakchi rol o‘ynaydigan shaxslar.
Barcha darajadagi axborot-maslahat xizmati xodimlari, innovatsion faoliyatni amalga oshirishda yoki innovatsion to‘plamni tanlashda, innovatsiyalar mualliflari manfaatlari bilan to‘qnashadi. Innovatsion loyiha davlat mulki bo‘lsa ham, intellektual mulk mualliflari o‘z huquqlarini yo‘qotmaydilar va agarda axborot-maslahat xizmati xodimlari amaldagi qonunda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmasa, bu holat nizoli vaziyatlarga olib kelishi mumkin.
Tez qabul qiluvchilar sifatida yangiliklarni birinchilardan bo‘lib o‘zlashtirganlar namoyon bo‘ladi hamda yangiliklarni imkon qadar tez joriy etishga harakat qiladi.
Faollar – yangilikni birinchi bo‘lib kiritgan korxona va tashkilotlar.
Ortda qoluvchi firmalar firmalar yangiliklarni joriy etish kechiktirishi yangiliklarning ma’nan eskirishiga olib keladigan vaziyatga duch keladi. Birinchisidan tashqari barcha guruhlar taqlidchilarga tegishli.
Innovatsiya jarayonida kamida ikkita ishtirokchi mavjud: yangilik ishlab chiqaruvchi (yaratuvchi) va iste’molchi (foydalanuvchi). Ko‘rinib turibdiki, tashkilot xodimlari aniq iste'molchilar, yangiliklardan foydalanuvchi va kadrlar xizmati xodimlari ushbu yangiliklarni amalda qo‘llaydilar. Rahbarlar (menejerlar) boshqaruvga mas’ul sifatida vaziyatni tahlil qilishlari, strategiyani istiqbollashtirishi va uni amalga oshirish uchun tezkor boshqaruvni tashkil qilishlari kerak. Ijrochilar (tashkilot xodimlari) menejment obyekti sifatida rahbar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorini amalga oshirishi shart.
Innovatsion faoliyatga turli xil bilim sohalari rahbarlari va mutaxassislari, turli funksiyalarni bajaruvchilar jalb qilingan. Xodimlarning quyidagi guruhlarini ajratish mumkin - innovatsion faoliyat ishtirokchilari:
1. “Erkin xodim” - ish holatiga ko‘ra, yangilik bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lgan xodim.
2. “Золотые вортнички” – bu kasbiy bilimlaridan foydalanishda tadbirkorlik yondashuvlari mavjud bo‘lgan yuqori malakali olimlar va mutaxassislar. Ular asosan korporatsiyalarda, universitetlarda, konsalting kompaniyalarida ishlaydi. Ba'zi mutaxassislar ish faoliyatini tadbirkorlik faoliyati bilan birga olib boradi. Ayrim hollarda shartnoma asosida bir necha firmada faoliyat yuritadi.
3. “Научно-технические привратники”, yoki “axborot yulduzlari”, ilmiy tadqiqot laboratoriyalarining asosiy mutaxassislari toifasiga kiradigan va tashqi ma’lumot manbalariga yo‘naltirilganligi bilan hamkasblaridan farq qiladi.
4. “Muqobil xodimlar” – bu xodimlarning sezilarli darajada qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ichki xodimlar yetishmovchiligi bo‘lganida qabul qilinadigan vaqtinchalik ishchilar.
Elita (frans. élite – eng zo‘r, saralangan, lot. eligo – tanlayman) bu jamiyatning yoki uning biron bir qismining eng yaxshi vakillari; bu yuqori sinf deb ataladigan shaxslar; jamiyatda yoki tashkilotda boshqaruvni amalga oshiradigan shaxslar guruhi (masalan, hukmron elita). Elita - tanlangan qism, jamiyatning yuqori qismi, qolgan odamlardan ustun turadi (vaziyatga qarab)24:
a) o‘z faoliyat sohasida eng yuqori e’tirof olgan odamlar;
b) ijtimoiy hayotni belgilaydigan tashkilotlar va muassasalarda rasmiy kuchga ega odamlar;
v) ilhomlantiruvchi, xarizmatik shaxslar;
g) jamiyatning ijodkor qismi;
d) jamiyatda eng yuqori mavqega ega bo‘lgan, ko‘pchilikka nisbatan intellektual ustunlikka ega bo‘lgan odamlar.
Kadrlar elitasi yuqori lavozimdagi top-menejerlardir. Ushbu konsepsiya, shuningdek, yuqori darajadagi intellektual, innovatsion, ijodiy, ilmiy, ma’muriy qobiliyatlari bilan ajralib turadigan tashkilot jamoasining eng ko‘zga ko‘ringan va taniqli vakillarining qatlamini ifodalovchi “superkadrlar” tushunchasi bilan ham bog‘liqdir.25



Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish