Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Biologiya fakulteti qoshida, Lixenologiya laboratoriyasini tashkil etish bo’yicha
ANOTATSIYA (ASOSNOMA)
Biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish muammosi zamonaviy dunyoda global muammolardan biridir. Bu choʻllashish, togʻli hududlarning oʻzlashtirilish, texnogen ifloslanish, iqlim oʻzgarishi va boshqalar kabi dolzarb ekologik muammolarning qatorida turadi. Biologik xilma-xillikni saqlash bilan bogʻliq muammolarni hal qilishning birinchi va juda muhim bosqichi biosferaning tuzilishi va oʻsimlik dunyosi evolyutsiyasini har tomonlama oʻrganish hisoblanadi. Shuning uchun muayyan hududlarning floristik tarkibini aniqlash, turlarning sistematikasini, ekologiyasini, geografik tarqalishini, floraning shakllanishi va genezisiyasini oʻrganish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Soʻnggi yillarda respublikamizda bioxilma-xillikni saqlash, yangi istiqbolli dorivor oʻsimliklarni introduksiya qilish va mavjudlaridan oqilona foydalanish kabi bir qator vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori, 2019-2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “1992-yilda Rio-de-Janeyroda imzolangan Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida” 1995-yil 6-maydagi 82-I-son qaroroini ijro etish yuzasidan, shuningdek, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni ta’minlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirish, tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrashi sur’atlarini pasaytirish, hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini qayta tiklash, bioxilma-xillikni saqlab qolish sohasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Lishayniklar boʻlimi vakillari biogeotsenozda o’ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etishiga qaramay Oʻzbekiston florasining yuksak oʻsimliklariga nisbatan lishayniklar bo’limi oʻrganilmagan.
Fitotsenozlarning eng sezgir tarkibiy qismlari sifatida ular havo ifloslanishiga tezda javob beradi va ekotizimlarning holatini kuzatishda ishonchli bio-koʻrsatkichlardir.
Lixenoflorani toʻliq inventarizatsiya qilish, uning tuzilishini matematik usullar yordamida oʻrganish talab qilinadi, bu esa oʻrganilayotgan mahalliy floraning xilma-xilligini ochib beradi. Ushbu maʼlumotlar lishayniklardan oqilona foydalanish va ularni himoya qilish uchun Lixenologiya labaratoriyasi ilmiy markaz bo’lib xizmat qiladi.
Togʻli hududlarning jadal rivojlanishi va iqtisodiy foydalanish uchun yangi tabiiy resurslarning jalb yetilishi tufayli labaratoriya olib boriladigan tadqiqotlarning dolzarbligi sezilarli darajada oshadi. Ushbu tendensiyalar biotoplarning barcha elementlari va uning tuzilishini, shu jumladan lishayniklar va yo’sinlarni batafsil oʻrganish dolzarb ekanligini bildiradi.
O’zbekiston Respublikasida lixenologiyani o’rganuvchi labaratoriya yo’q.
Respublikada lishayniklar tarkibi, taksanomiyasi, ekologiyasi, geografiyasi to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
Lishayniklarning ekosistema va qishloq xo’jaligidagi ahamyatlari (tibbiyotda, sanoatda hamda yuksak o’simliklar uchun muhit hosil qila olish, havo tarkibi va namligini ko’rsatuvchi bioindikator va boshqalar) bo’yicha umuman ma’lumotlar yo’qligi.
Yuqorida ko’rsatilgan va boshqa ilmiy amaliy ahamiyatlari ko’p bo’lishiga qaramasdan, O’zbekiston lixenoflorasi turlar tarkibi haligacha o’rganilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |