SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI, BIOLOGIYA FAKULTETI QOSHIDA MIKOLOGIYA LABORATORIYASI TASHKIL ETISH BO’YICHA ASOSNOMA Mikologiya bu o’simliklar olamidagi alohida zamburug’lar dunyosini o’rganuvchi bo’lim hisoblanadi. Zamburug’lar dunyosi 2 katta guruh makromitsetlar (qalpoqchali zamburug’lar) hamda mikromitsetlarga bo’linadi.
Zamburug’larni tabiatda ahamiyati: Zamburug’larning tabiatda ahamiyati katta. Ularning saprofit vakillari bakteriyalar bilan birga, organik moddalarni anorganik moddalarga aylantirishda muhim rol o’ynaydi. Tuproqdagi organik qoldiqlarning mineral moddalarga aylanishi tuproq unumdorligining oshishi, bakteriyalar bilan zamburug’lar faoliyatiga bog’liq.
Zamburug’lar, yuksak o’simlik ildizi bilan birga simbioz xolda yashab mikoriza hosil qiladi. Mikoriza o’simliklarda mineral elementlar va azot bilan oziqlanish sharoitini yaxshilaydi.
Qo’ziqorin va qalpoqchali zamburug’lar oziq-ovqat sifatida keng iste’mol qilinadi. Tarkibida ko’p miqdorda oqsil bo’lganligi uchun ular juda to’yimli ovqat hisoblanadi.
Achituvchi zamburug’lar har xil spirtli ichimliklar tayyorlash va non yopishda ishlatiladi.
Tuproqda yashaydigan zamburug’lar o’simlik qoldiqlari (jumladan, qiyin parchalanadigan sellyuloza va lignin) ni yemiradi va minerallashtiradi. Yog’ochlarni, asosan, po’kak qismini zamburug’lar yemiradi. Ko’pchilik zamburug’lar o’simliklarda turli kasalliklarni qo’zg’atadi.
Foydali zamburug’lar ham ko’p. Penicullium va Aspergillus turkumiga mansub zamburug’lardan vitaminlar, antibiotiklar, limon kislota va steroid preparatlar olishda foydalaniladi.
Zamburug’larni xalq xo’jaligidagi ahamyatlari: Tibboyot va farmatseftika sonoatida
Oziq-ovqat saboatida
Qishloq xo’jaligida
Yuqoridagi ahamyatli jihatlarini o’rganish uchun daslab mana shu ahamyatga ega turlarni Resbuplikamizda taksonomiyasini aniqlash muhim va dolzarb vazifalardan biri bo’lib xisoblanadi.
Afsuski haligacha O’zbekiston hududigi zamburug’ turlari to’liq o’rganilmaganligini inobatga olib MIOLOGIYA laboratoriyasi tashkil etildi.
MIKOLOGIYA LABORATORIYASINING VAZIFALARI QUYIDAGILARDAN IBORAT.
Respublikamiz hududida tarqalgan Zamburug’lar turlar tarkibini flora-sistematik jihatdan aniqlash.
Aniqlangan turlar tarkibini hududlar kesimida GIS kartalarini yaratish
Mavjud biondikator turlarni ilmiy va amaliy ahamiyatlarini yoritish
Zamburug’larning hozirgi holatini baholash hamda hudud uchun kamyob va noyob turlarni aniqlash shuningdek himoyaga muhtoj turlarni himoya choralarini ishlab chiqish
Sanoatda foydalanishi mumkin bo’lgan mavjud turlarni ilmiy amaliy jihatlarini o’rganish
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar chiqarish
Mazkur laboratoriya qoshida mavzu asosida magistrlik va PhD dissertatsiyalarini bajarishda foydalanish.