Sharof rashidov nomidagi samaqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi



Download 0,5 Mb.
bet10/14
Sana29.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#718001
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Psixoanaliz vorislari va to`sqinlik qiluvchilari mavzusida mustaqil ish

Buning natijasida yuqorida qayd qilingan uchta himoya strategiyasi ishlab chiqiladi. Psixoanaliz falsafiy fan sifatida ham o'rganib kelinmoqda. Bu yo'nalish nafaqat ongsiz jarayonlarni, balki ongli jarayonlarni ham chuqur o ‘rganishga zamin yaratdi. Shuningdek, psixoanaliz etika, estetika va boshqa madaniy fanlar rivojiga ham o 'z ta ’sirini ko'rsatdi. Ayniqsa, tibbiy psixologiyaga uning t a ’siri o 'ta kuchli bo'ldi. Bugungi kunda psixoanalitiklar eng og'ir psixopatologik sindromlarni davolashda katta muvaf faqiyatlarga erishib kelmoqdalar. Psixoanaliz inson tabiatini o'rganish va psixoterapevtik muolajalar o'tkazishda keng qo'llanib kelinmoqda. Psixogen kasalliklarning kelib chiqishida ijtimoiy va madaniy omillar chuqurroq tahlil qilinmoqda.O 'z faoliyatini aynan nevroz larning mohiyatini o 'rganishdan boshlagan nevrolog olim Zigmund Freyd, keyinchalik mashhur psixiatr, psixoanaiitik va faylasuf bo'lib yetishdi. Bugungi kunda uning ta ’limoti tibbiy va ijtimoiy fanlarga chuqur kirib kelgan. Bular nevrologiya, psixiatriya, psixologiya, seksologiya, falsafa, etika, estetika va shu kabilardir. Vaqtlar o‘tib, ba’zi ta’limotlar inqirozga uchraydi va unut bo‘lib ketadi. Ch. Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” haqidagi ta’limotini bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Z. Freydning psixoanaliz ta’limoti ham o‘z vaqtida juda ko‘p tanqidlarga uchragan. Biroq bu tanqidlar ostida uning nazariyasi o‘zgarib, yangi tusga kirib va insonlarga yanada yaqinroq bo‘lib boraverdi, uning mohiyati yanada yuksalaverdi. Z.Freyd ta’limoti nafaqat tibbiy fanlar va psixologiya, balki falsafa, etika, estetika, deontologiya, etnologiya, yuridik fanlar, jamiyatshunoslik kabi o‘ndan ortiq yirik fanlar ichiga kirib bordi. Fikrimizcha, nafaqat jamiyatda bo‘layotgan voqealarni, balki ikkala inson orasida ro‘y beradigan har qanday munosabatlarni Freyd ta’limotiga asoslanib izohlab berish mumkin. Men Zigmund Freydning “Psixoanaliz ta’limoti”ni insoniyat oldidagi mohiyati bo‘yicha buyuk Eynshteynning “Nisbiylik nazariyasi” bilan bemalol taqqoslagan bo‘lar edim. Agar Nobel mukofoti oluvchilar ro‘yxatida psixologlar ham bo‘lganida edi, bu mukofotni hech ikkilanmay Freydga taqdim qilishardi. Freyd ta’limotidan zavqlanib ketgan bir olim: “Agar Freyd bo‘lmaganda edi, uni o‘ylab topish kerak bo‘lardi” deb xitob qilgan. To‘g‘ri! Freydni jamiyatning o‘zi yaratdi. Freyd va uning ta’limotisiz psixologiyani tasavvur qilish qiyin! Freydning bolalik davri Zigmund Freyd Chexiyaning Prshibor (hozirgi Freyburg) shahrida 1856 yili 6 mayda dunyoga kelgan. 1860 yili Freydlar oilasi Vena shahriga ko‘chib o‘tishgan. Demak, kichik Zigmund bu shaharda bor-yo‘g‘i 4 yoshga kirgunga qadar yashagan. Shunday bo‘lsa-da, chexlar buyuk olim sharafiga Praga shahrida “U bizning yurtda dunyoga kelgan” deb yodgorlik haykalini o‘rnatishgan. Z. Freyd ko‘p bolalik oilada tug‘ilgan. Ularning oilasida 8 nafar farzand bor edi. Zigmund esa oilada uchinchi farzand bo‘lgan. Zigmund o‘ta nimjon bo‘lib, tez-tez kasal bo‘lardi. Shuning uchun ham oilada asosiy e’tibor unga qaratilardi. Otasi o‘g‘lining o‘lib qolishidan juda qo‘rqardi. Freydlar oilasi kambag‘al yashashgan. Uning otasi jun (sherst) sotib, farzandlarini boqqan. Zigmund jismonan nimjon bo‘lishiga qaramasdan ilm olishga juda chanqoq bo‘lgan. U bolalik davridanoq o‘ta ziyrak va aqlli bo‘lsa-da, injiq va qaysarligi bilan ham ajralib turgan. Yosh Zigmundni deyarli barcha ma’lumotlar qiziqtirardi. U chet tillarni ham tez o‘zlashtirgan.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish