Sharl Perro hayoti va ijodi.
Sharl Perro 1628 yil 12 yanvarda Parijda tug’ilgan. Fransuz shoiri va tanqidchisi. «Men 1628-yil 12-yanvarda egizaklardan biri bo‘lib dunyoga kelganman. Mendan bir necha soat avval tug‘ilgan egizagim olti oydan so‘ng vafot etgan», — deb yozadi Sharl Perro o‘z xotiralarida.1671 yildan Fransiya akademiyasi a’zosi. XIX asr fransuz adabiyotida avj olgan “qadimgilar va yangilar bahsi” –da ishtirok etib, zamondosh yozuvchilarning qadimiy yozuvchilardan afzalligini yoqlab chiqqan va shu bilan shuhrat qozongan. Ilk parodiyali dostoni- “Troya devori”(1653).
Perroning fransuz adabiyotidagi katta o’rni “Onaginam Gusina bonuning ertaklari yoki O’tgan zamonlarning ibratli voqea va ertaklari” to’plami bilan belgilanadi. Mazkur to’plam Perroning o’g’li Darmankur nomidan e’lon qilingan.U dastlab 8ta ertakdan tashkil topgan bo’lib, keyinchalik yana 3ta she’riy ertak hisobiga boyigan. U ertakka hazil-mutoyibalar yordamida chinakam xalq ijodiga xos latofat va jozibani olib kirdi.
U oʻzining “Qizil qalpoqcha”, “Zolushka” va “Etik kiygan mushuk” asarlari bilan jahonga tanildi.
Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq ogʻzaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur oʻrgandi. Shuning uchun ham u oʻz ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perro qahramonlari oʻz mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadilar. Gʻarazgoʻylik, maqtanchoqlik, qizgʻanchiqlik oʻrnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda.
Sharl Perrodan bor-yoʻgʻi oʻn ikki ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning “Etik kiygan mushuk” ertagini oʻqimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak.
Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topagʻonlik bosh masala qilib qoʻyiladi. Boshqa asarlarida boʻlgani kabi Sh. Perro bu ertakda ham folklor anʼanalariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni – tegirmonchining kenja oʻgʻli Karabs fahm-farosat, aql bilan ish koʻrib, oʻz murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor boʻladi. Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning koʻpchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalarni sevib, erkalab, eʼzozlaydigan boʻladilar.
Bundan 390 yil oldin «Qizil qalpoqcha», «Zolushka», «Ko‘ksoqol» kabi mashhur ertaklar dunyoga keldi. Yozuvchi ularni umrining so‘nggi yillarida yozgan. Ungacha esa Sharl Perro Fransiyaning nufuzli amaldorlaridan biri bo’lgan.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |