O‘ZBEKISTОN RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
Andijon tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 7-umumiy o‘rta ta`lim maktabi
bоshlang’ich sinf o‘qituvchisi
SHARIPOVA DAVLATXONning
”IQTIDORLI VA BO`SH O`ZLASHTIRUVCHI O`QUVCHILAR BILAN ISHLASH”
HUJJATLARI
Andijon tuman
Mavzu: Ko’zacha bilan tulki
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: o’quvchilarda ifodali o’qish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish;
b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni do’stlik, o’rtoqlik, do’stiga hurmat muxabbat ruhida tarbiyalash;
Tashkiliy qism: a) Salomlashish b) Davomatni aniqlash
c) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi
Darsning usuli: Interfaol metodlar
Darsning jihozi: S. Matchonov va boshqalar O’qish. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik. T.: Yangi yo’l poligarh servis 2013. Darsga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
O’tgan mavzuni mustahkamlash:
O’tgan mavzu savol-javob metodi orqali mustahkamlanadi:
1. ”Ilm afzal” ertagining mazmuni nimadan iborat?
2. Ertak qahramonlarining nomini ayting.
3. Chol o’limi oldidan nimani orzu qildi?
4. Qizi yalqov akalari to’g’risida unga qanday maslahat berdi?
5. Chol og’illari bilan nima haqida suhbatlashdi?
6. Oqila qiz otasining savoliga qanday javob berdi?
7. Aka-ukalar qanday xulosaga kelishdi?
8. Nima uchun ilm afzal?
9. Ilm haqidagi maqollardan ayting.
Yangi mavzuning bayoni:
O’qituvchi: xalq og’zaki ijodining turlarini o’rganib bormoqdamiz. Qani, kim menga klaster usulida tasvirlab beradi?
O’qituvchi: Bugun sizlar bilan xalq og’zaki ijodi turiga mansub bo’lgan ertak janridan ”Ko’zacha va tulki” ertagi bilan tanishamiz.
O’qituvchi ertakni ifodali o’qib beradi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Davom ettir didaktik o’yini orqali mustahkamlanadi. O’quvchilar ikki guruhga bo’linadilar. Har bir guruhga tarqatma material sifatida tarqatiladi:
1- guruhga:
1. Juda qadim zamonda……………
2. Tulki tuproqqa ag’anayotganida……………………….
3. Karvon ketayotganida………………………………….
4. Karvondagilar yaroqsiz idishni…………………………
5. Tulki ko’zachaga qarab:………………………………..
2-guruhga:
1. Tulki bir bo’lak go’shtni ko’rib,……………………
2. Tulki qarasa,………………………………………
3. Bo’ri go’shtga tashlangan ekan,…………………
4. Bo’ri boshini xam qilib,……………………………
5. Tulki shoshganicha…………………………………
2. Ikkala guruhga boshqotirmalar beriladi:
1-guruhga:
Rasmlarning nomlarini to’g’ri joylashtirsangiz, xalq og’zaki ijodi namunalaridan birini bilib olasiz.
1. 2. 3. 4.
5. 6. 7. 8.
2-guruhga:
Rasmlarning nomlarini to’g’ri joylashtirsangiz, xalq og’zaki ijodi namunalaridan birini bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |