Shariati turlicha bo‘lgan


 “Risolai bayoni voqea”. Bu risola ham tasavvuf tariqatlarining bayoniga bag’ishlangan. 25



Download 61,57 Kb.
bet9/9
Sana29.06.2021
Hajmi61,57 Kb.
#104933
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kalom ilmi

24. “Risolai bayoni voqea”. Bu risola ham tasavvuf tariqatlarining bayoniga bag’ishlangan. 25. “Risolai fathnoma”. Risolada muallifga mo’jizaviy ravishda ayon bo’lgan bashorat haqida gapiriladi. 26. “Risolai tanbiyatul – ulamo”. Bu risola tariqatning yo’lidan borayotgan haqiqiy va shunchaki ko’rinish uchun yurgan olimlar, fiqhshunoslar va boshqa soha ulamolariga nasihat tariqasida yozilgan. 27. “Risolai shaybiya”. Bu asar qarilik haqida, hayot achchiq-shirinini totib ko’rgan donishmand qarilik haqida. 29. “Risolai ilmiya”. Bu risolada islom dinidagi ilmlar, tasavvufdagi ilmi hol va dunyoviy ilmi qol, shariat ilmlari, Hazrati Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning fazilatlari, choryorlar va imomlar hayoti haqida hamda to’rt mazhab imomlarining hayoti, ularning dunyoqarashlari to’g’risida fikr yuritilgan. Risolada tasavvuf silsilasining “qandil” kabi Muhammad (s.a.v.)dan Xoja Ahrorgacha va Mavlono Zohidgacha qo’ldan-qo’lga, pirdan shogirdga berilishi yozilgan. XX asr boshlaridan Bahouddin Naqshband ta’limoti va naqshbandiya tariqatiga rus va yevropa olimlarida juda katta qiziqish paydo bo’ldi. Rus sharqshunos olimlaridan B. Gortleviskiy va V. Bartold, E. Bertels, A. Simyonov, P. Ivanov, A. Boldrev, S. Dimidov va boshqalarning Bahouddin Naqshband, uning ta’limoti va so’fiylik haqidagi bir qancha maqolalari bosilib chiqdi . Yevropa olimlaridan H. Algar, M. Moli, F. Yung, E. Brove, O. Popovich kabilarning ingliz va nemis va serb tillarida tasavvuf, Bahouddin va naqshbandiya tariqatiga bag’ishlangan bir qancha kitob va maqolalari chop etildi. Xulosa qilib aytganda, naqshbandiya tariqatining ta'limotlari har bir zamon va makon uchun muhim ahamiyat kasb etishi muqarrar. Ularda ilgari surilgan o‘zgalar haqqiga rioya qilish, ijtimoiy adolat, savob ish qilishga intilish, o‘z mehnati bilan kun ko‘rish, insoniy burch va mas'uliyatlarni his etish, ota-ona, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘lar, beva-bechoralarga muntazam va beminnat yordam qilish, jamiyatda madaniyatli hamda namunali, bir so‘z bilan aytganda, komil insonni voyaga yetkazish, tarbiyalash kabi olijanob fazilatlarini xalqimiz orasida yanada kengroq yoyish va rivojlantirish biz yoshlarning bugungi kundagi eng

Tasavvuf va tariqatlar

24.01.2020 4 DAQIQADA O'QIЙSIZ02776

Ulashish


Foto: islamdag.ru

Tasavvufda tariqatlar juda ko'p bo'lgan. Bu haqda alohida ilmiy ishlar qilingan.

Tariqatlarning ayrimlari uzoq yashamagan. Ba`zilari boshqalariga qo'shilib ketgan. Kam bo'lsa-da, botil tariqatlar ham uchrab turgan.

Ammo tarixga nazar tashlasak, har qaysi davrda ham tariqatlarni taftish qiladigan va shariatga muvofiq yoki nomuvofiqligini hisob-kitob qiladigan olimlar, shayxul islom, qozi va muftiylar bo'lgan.

Juz`iy ixtiloflar, tushunmovchiliklar, tarafkashliklar ham uchrab turgan. Salafiylar va boshqa botil oqimlarning tasavvuf ta`limotini ham tanqid qilishgani, raddiya kitoblar yozgani tarixiy haqiqat.

Ammo qaysidir tariqatga mansub va islom olamida mashhur bo'lgan ko'plab din ulamolari tariqatlarning sunnatga bog'liqligini, ahli sunnat val jamoat aqidasiga muvofiqligini ko'rib, kuzatib asarlar yozdilar. Adashgan johil so'fiylarning xato ishlarini ham ko'rsatib, sababini tushuntirib berganlar.

Tariqatlarning o'ziga xos, rang-barang va turli yo'nalishda bo'lgani, jahriya va xufiya zikrga asoslangani juz`iy tortishuvlarni ham keltirib chiqargan. Mazhablar o'rtasidagi tortishuvlarni tabiiy qabul qilganimiz kabi, tariqatlar o'rtasidagi bahsu munozaralarni ham ixtilof emas, taraqqiyot manbai deb qarashimiz lozim.

* * *


Tariqat amallari shariat amallarini yanada mukammal bajarishga xizmat qiladi. Sodda qilib aytadigan bo'lsak, shariat amallarini hamma bajaradi. Tariqat amali esa shariat ahkomlarini to'liq bajarish bilan birga, bir piri komil – ma`naviy ustoz vositasida hadis va sunnatlarda ta`kidlangan qo'shimcha nafl ibodatlarni, jumladan, kunda ma`lum bir miqdorda Qur`on tilovat qilish, salavot aytish, zikru tasbihlarga mashg'ul bo'lish, nafl namozlar o'qish, qo'shimcha ro'zalar tutish, sunnat odoblariga rioya qilish va hokazolarni bajaradilar.“Ahli shariat” va “ahli tariqat” degan ibora zamirida ham shu ma`no yotadi.

Demak, tariqat Payg'ambarimiz alayhisalomning islom shariatiga asoslangan, nafl ibodatlarni, zikru tasbihotlarni va xayru hasanotlarni bajarishga qaratilgan maxsus ko'rsatgan ma`naviy yo'llari ekan. O'z-o'zidan ma`lumki, qancha ko'p ibodat qilinsa, shuncha ko'p savob hosil bo'ladi. Inson nafl ibodatlarni ko'p bajarish bilan yuksak martabalarga erishishi hadislarda ham bayon qilingan.

Ammo bu ta`limot va vazifalarni murshidi komil muridlariga o'rgatadi va rahnamolik qiladi. Masalan, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshband va u kishilardan keyingi shayxlar bu tariqatning rahnamo va ustozlari hisoblanadilar.

Tariqatlar tarixi, hol va maqomlari, karomot va avliyolari, zikr va nofila ibodatlari, xos istilohlari hamda bu yo'lning to'rt ma`naviy bosqichi: shariat, tariqat, haqiqat va ma`rifat haqida yuzlab kitoblar yozilganki, suluk ahli ulardan xabardor bo'lsagina tasavvufning mohiyatidan ogoh bo'ladi.

Biz uzoq yillar davomidagi mustamlakachilik, dahriylik siyosati natijasida dindan, aziz-avliyolarimizning yo'li bo'lgan tariqatdan bebahra qoldik. Ayni paytda bu sohani bizga noto'g'ri tushuntirdilar. Ahli tariqatlarning sunnatga va adabga qattiq rioya qilishganiga diyorimizdan o'tgan aziz-avliyolarning hayoti yorqin namunadir.

“Tasavvuf” va “tariqat” degan so'zlar avvalo islom dushmanlariga, dahriy sharqshunoslariga qo'l kelgan va bu atamalarni islomga muholif kuchlar sifatida yuzaga kelgan qandaydir oqimlar sifatida baholagan va shu bahona islomni yomonotliq qilishga harakat qilishgan.

Hatto o'zimizning ba`zi olimlarimiz ham yaqin yillarga qadar tasavvufni islomga raqobatchi sifatida maydonga kelgan kuch deya odamlarga noto'g'ri tushuntirdilar. Dindan uzoqlashganimiz va etarli ilmimiz bo'lmagani oqibatida dinning mohiyatini bilmasdan xalq orasida adashishlar, tushunmovchiliklar ham bo'ldi.

Ba`zi Ovrupo sharqshunoslari islomni zaiflashtirmoqchi bo'lib, atayin tasavvufni islomga qarshi qo'ydilar. Ular «tasavvufga tashqi ta`sir masalasini», uning «hol» va «maqom» laridagi nozik nuqtalarni noto'g'ri talqin qilib, ko'plarni chalg'itdilar. Afsuski, ba`zi islom olimlari ham ular izidan borishdi.

Diyorimizda esa bu hol sho'rolar davrida keng avj oldi. Yaxshiyamki, bugun biz o'zligimizni tanib, g'arazli maqsadda yozilgan tadqiqotlarga javob berish imkoniga egamiz!

Allohga shukrki, mustaqillik dinimiz va qadriyatlarimizni asl holicha o'rganishimizga, tasavvufni to'g'ri anglashimizga, aziz-avliyolarimizni qadrlashimizga imkon berdi.

Navoiy hazratlari so'fiy va shayxlar hayotiga oid “Nasoyim ul -muhabbat” degan tazkirasida Allohning ulug' avliyolari haqida qimmatli ma`lumotlar bergani barobarida, soxta shayxlarni tanqid ham qilgan.

“Tariqatchiman” deb ahli ayolini tashlab qo'ygan, ro'zg'origa qaramagan, biror kasbning etagidan tutmagan tanbal kishilar bilan kelisholmagan. Zero Islomda tarkidunyochilik yo'q. Haq tariqatlarning tariqatida barchasida uzluksiz uzlatda yashash tartibi yo'q. Chunki, bunday uzlatda shuhrat xavfi bor. So'fiy, xalq ichida, Allohning dini va bandalariga xizmat qilib qolish fursatlarini axtarishi kerak! Zero, islom musulmon xalqlarining birdam va bardam bo'lib yashashlarini xohlaydi. Komil bir mo'min «xalq ichida Haq bilan birga» bo'lishni o'rganishi kerak.

Kimning xalqqa ko'proq manfaati tegsa o'sha kishi odamlarning yaxshirog'i hisoblangan. To'g'ri, tariqatda uzlat, chilla va xilvat degan tushunchalar bor. Lekin ular ba`zan sodir bo'ladigan va tarkidunyochilik bilan aloqasi bo'lmagan istisno holatlardir.

Tasavvufdagi haq tariqatlarning hammasi hazrat Rasululloh (s.a.v.) dan boshlangan. Bu sof va xos bulog'ning boshida hazrat Payg'ambarimiz (s.a.v.) turadilar. Bu yo'l u muborak zotning ta`lim va ko'rsatmasi asosida bugunga qadar davom etib kelmoqda.

Tasavvufning uzoq asrlardan beri yashab kelayotganining hikmati ham shunda. Dinimizda vaqti-vaqti bilan soxta payg'ambarlar chiqqani kabi bu yo'lda ham soxta shayxlar, soxta so'fiylar va soxta tariqatlar chiqqan. Har qaysi davrda ularga munosib baho va zarba berilgan. “Soxta”lar bu yo'lning ahamiyati va qimmatiga bir qadar soya solsa-da, uning sofligi va haqiqatiga aslo raxna sololmagan va sololmaydi ham…

Boshqa ilm va kasb sohalarda bo'lganidek tariqatda ham uning sir- asrorini o'rgatishda ustoz ya`ni etuk shayx lozim. Ayni paytda bunday shayx ma`naviy ishora bilan shayxlik darajasiga erishgan bo'lishi kerak. Soxta shayx bo'lsa, Alloh asrasin, undaylar oxirat yo'lining qaroqchilari hisoblanadi. Xoja Ahmad Yassaviy “Faqrnoma” asarida soxta shayxlarni la`natlab, ular jahannamga loyiq kishilardir, deydilar.

Shuning uchun ham murid avvalo murshidi komilni topishi so'ngra unga qo'l berishi kerak. Tariqat yo'lini ixtiyor etgan kishi komil bir shayxga shogird tushib ya`ni murid bo'lib ilm, ibodatda davom etadi, adab-axloqqa rioya etishga harakat qiladi. Zero, tariqat, faqat ilmdan iborat emas. U amaldir, ixlos va muhabbat bilan sadoqat ko'rsatishdir. Tariqat Alloh va rasuliga muhabbatli bo'lish, ota-onaga, piru ustozga, mo'min musulmonlarga sevgi va muhabbat ko'rsatishdir. Tariqat Najmiddin Kubro kabi ona Vatan uchun jon fido qilish, Xoja Ahrori Valiy kabi yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun bor kuch va imkoniyatini baxshida etishdir.

Tariqat chumoliga ozor bermaslik, Alloh yaratgan har bir parrandayu darrandaga shafqat nazari bilan boqishdir. Eng muhimi, muhabbatli bo'lish. So'fi Allohyor hazratlari muhabbatsiz kishidan yaxshilik chiqmasligini quyidagi baytida aniq ifodalagan :

Kel ey tolib, ko'zing ibrat bilan och,

Muhabbatsiz kishidin qush bo'lib qoch.

Sayfiddin Rafiddinov

Moturidiy, Abu Mansur al-Moturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "Imom al-hudo", "Imom al-mutakallimin" ("Hidoyat yoʻli imomi", "Mutakallimlar imomi") nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻi (hozirgi Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan. Moturidiy Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqihlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abul Hasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abul Mu'in an-Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi.

Moturidiyning asosiy asarlari "Kitob at-tavhid" ("Yakkaxudolik haqidagi kitob"), "Taʼvilat ahl as-sunna" ("Sunniylik anʼanalari sharhi")dir. "Kitob at-Tavhid" bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, naql — rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi taxlil etilgan. Moturidiy "Din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir", deb taʼkidlagan edi.

Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juzʼiy ixtiyor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. "Maʼ-xaz ash Shariʼa" ("Shariat asoslari sarasi"), "Kitob al-usul" ("Diniy taʼlimot asoslari kitobi"), "Kitob al-jadal" ("Dialektika haqidagi kitob") kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi va ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taklif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va fiqhga oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan "Taʼvilot al-Qurʼon" asari va uning uzviy davomi hisoblanmish "Irshad al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalami Robbil 'alamin" ("Qurʼon oʻqishga kirishganlar uchun qoʻllanma") kitobi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Mamlakatimizda Moturidiy merosini oʻrganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. OʻzR Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000 yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Prezident I. Karimov tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi (qarang Moturidiy yodgorlik majmui). Toshkent va Samarqandda Moturidiy taʼlimoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazildi. Moturidiy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy merosini oʻrgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. 2001 yilda Gyottin-gen (GFR) untining prof. Ulrix Rudolf qalamiga mansub "Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti" kitobi oʻzbek tilida nashr etildi.

2002 yilda mazkur kitobning keng ommaga, jumladan, oliy oʻquv yurtlarining talabalari va oʻrta maktablarning yuqori sinf oʻquvchilariga moʻljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz Moturidiy merosi bilan oʻz ona tilida tanishish imkoniga ega boʻldi.

To‘liq ismi shariflari — Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Moturidiy as-Samarqandiy.

Moturid — Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birining nomi. U hozirda buzilgan shaklda Matrit deya ataladi. Aslida esa, manbalarda aytilishicha, qishloqning nomi arabcha «Mo turid?» so‘zidan olingan. Ma’nosi «Nima demoqchisan?»dir. Aytishlaricha, Shayx Abu Mansur kalom ilmiga ruju qilgan paytlarida shogirdlari ko‘payib ketgan va ular o‘zaro bahs qilganlarida bir-birlariga arab tilida ko‘pincha «Mo turid?» deb murojaat qilganlar. Shu so‘z ko‘pchilik qulog‘iga tez-tez chalinavergach, Shayx shogirdlarini moturidiylar, qishloq nomini esa Moturid deb atay boshlaganlar (Zarnujiy. «Ta’lim al-muta’allim» sharhi).

Nasablari Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) Makkai mukarramadan Madinai munavvaraga hijrat qilib kelganlarida o‘z uyidan joy bergan mashhur sahobiy - Abu Ayyub Xolid ibn Zayd ibn Kulayb al-Ansoriy hazratlariga borib yetadi, deb naql qiladilar. Bu nisbatni ba’zi muarrixlar rad etganlar.

Tug‘ilgan yillari haqida tarixiy manbalarda qat’iy ma’lumot yo‘q, lekin taqribiy yoki taxminiy sanalar berilgan. Masalan, uning abbosiy xalifalardan Mutavakkil (232-247h.) davrida yashaganlari aniq. Yana, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy (vaf. 248 h.) va Nasir ibn Yahyo al-Balxiy (vaf. 268 h.) kabi ustozlaridan saboq olganliklarini nazarda tutilsa, Shayxning tug‘ilgan yilini 238 h. deb taxmin qilish mumkin.

Lekin boshqa manbada, aniqrog‘i «Islom» qomusida tug‘ilgan yillari 870 milodiy yil deb ko‘rsatilgan. Shunga asosan 2000 yilda tavalludlarining 1130 yilligi nishonlandi. Bu hisobga ko‘ra, Shayx tavalludlari 257 h. yilga to‘g‘ri keladi.

Vafot etgan sanalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning eng ishonchlisi 333 h.y. hisoblanadi. Bu milodiy sana bo‘yicha 944 yilga to‘g‘ri keladi.

Moturidiya ulamolarining eng mashhurlaridan Abu Muin an-Nasafiy (438-508 H./1046—1114 m.) o‘zlarining «Tabsiratul-adilla» kitobida shunday yozadilar: «Abu Mansur Moturidiy vafot etganlarida yaqin shogirdlaridan biri Abul-Qosim al-Hakim uning qabr toshiga quyidagi bitikni yozdirgan ekan:

Ya’ni: «Bu qabr nafaslari miqdoridagi ilmlarni o‘zida jam etgan, bor kuchini u ilmlarni tarqatish va o‘rgatish bilan tugatgan, bas, shuning uchun diniy asarlari maqtovga sazovor bo‘lgan va o‘z umridan serhosil mevalarni olishga erishgan zotning qabridir».

Shayx Abu Mansur Moturidiyning qabri Samarqand shahrining Chokardiza qabristonida ekanligi ishonchli manbalar va ilmiy tadqiqotlar asosida o‘z tasdig‘ini topdi. Shunga binoan 2000 yilning may oyida O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan bu xususda maxsus fatvo chiqarildi.

Ilmiy unvonlari:

— Imomul-hudo (Hidoyatga eltuvchi imom);

— Qudvatu Ahlis-sunna (Ahli Sunnat peshvosi);

— Musahhihu aqoidil-muslimin (Musulmonlar aqoidini isloh etuvchisi);

— Imomul-mutakallimin (Kalom ilmi olimlarining peshvosi);

— Rabibu Ahlis-sunna (Ahli Sunna val-Jamoa tarbiyasini olgan);

— Al-Imom az-Zohid (Dunyoni tark etgan imom);

— Ash-Shayx al-Imom va hokazo.

USTOZLARI (shayxlari)

Shayx Abu Mansur Moturidiyning ustozlari yoki shayxlari Imom A’zam Abu Hanifa — No‘‘mon ibn Sobitning shogirdlari hamda shogirdlarining shogirdlari bo‘lganlar. Ulardan ba’zilarini eslatib o‘tamiz:

1. Abu Nasr al-Iyoziy (Ahmad ibn Abbos). Bu zot Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniydan ta’lim olganlar. Shayx Abu Mansur ham fiqh darsida Abu Nasrga sherik bo‘lib, al-Juzjoniyda o‘qiganlar. Al-Iyoziy somoniylar davrida dorul-harbda asir holida turk diyorida shahid bo‘lganlar («Tarixi Samarqand»dan).

2. Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy. Ray shahrining qozisi bo‘lgan bu zot Abu Hanifaning shogirdi — Muhammad ibn Hasan al-Shayboniyda o‘qiganlar. Mashhur muhaddis sahobiy Vake’ va boshqalardan hadis rivoyat qilganlar. Imom Buxoriy ham undan hadis tinglaganlar. Hakim Termiziy ham u zotdan hadis rivoyat qilganlar. Vafotlari to‘g‘risida 248 h. va 242 h. yil kabi sanalar ko‘rsatilgan.

3. Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniy. Bobosining ismi Subh yoki Subayh ekanida muarrixlar ixtilof qilganlar. Bu zot fiqh ilmi usullari va furu’lari sohasida, shuningdek, anvoi fununda yuqori darajalarga erishganlar. «Al-Furuq vat-Tamyiz», «Tavba» va boshqa kitoblar muallifidirlar.

Abu Bakr al-Juzjoniy Abu Hanifaning yirik shogirdlaridan Muhammad ibn Hasan huzurida dars tinglagan Abu Sulaymon al-Juzjoniydan saboq olgan. Vafotlari 268 h. yilda.

4. Nasir ibn Yahyo al-Balxiy. Bu zot ham mazkur shayxlari kabi Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Abu Mute’ al-Hakim Abdulloh al-Balxiy va Abu Muqotil Hafs as-Samarqandiydan saboq olgan hanafiy maktabiga mansub fiqh va kalom ulamolaridandir. Vafotlari 268 h. yilda voqe’ bo‘libdur.

SHOGIRDLARI

Abu Mansur Moturidiy hazratlari aqida fanidagi sunniy - hanafiy yo‘nalishini davom ettirib, ko‘p izlanishlardan keyin moturidiya maktabiga asos soldilar. Shu asnoda ko‘plab shogirdlarini yetishtirib chiqarganlar. Quyida ulardan ba’zi mashhurlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beramiz:

1. Abul-Qosim Ishoq ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Zayd al-Qoziy — al-Hakim as-Samarqandiy (vafoti 335 yoki 342 h. y. Chokardiza qabristoniga dafn etilgan).

U Shayx Moturidiyning eng yirik shogirdlaridan biri bo‘lib, tasavvuf ilmini Balx mashoyixlaridan, fiqh va kalom ilmini Shayx Abu Mansur hazratlaridan olgan. Uzoq vaqt Samarqandda qozilik vazifasini o‘tagan.

Asarlaridan «Savodi a’zam», «Imon» risolasi mashhurdir.

2. Abul-Hasan Ali ibn Said ar-Rustufag‘niy as-Samarqandiy. Hanafiya fiqhi va usuli bo‘yicha shuhrat qozongan. U bilan ustozi Shayx Moturidiy o‘rtasida mujtahid xatosiga oid masalada ixtilof kechgan. «Irshodul-muhtadiy», «Az-zavoid val-favoid», «Al-as’ilatu val-ajviba», «Bayonus-Sunnati val-Jamoa» kabi asarlar muallifidir. Vafoti 350 h./ 961 m.y.

3. Abu Muhammad Abdul-Karim ibn Muso ibn Iso al-Pazdaviy. Nasafdan olti farsax uzoqlikdagi Pazda yoki Pazdava qishlog‘idan. Asosan, fiqh ilmida mashhur bo‘lgan. Uning zurriyotidan yirik moturidiya ulamolari dunyoga kelgan. Masalan, Abul-Yusr al-Pazdaviy (vafoti 493 h./1100 m.y.), Abul-Hasan al-Pazdaviy (vafoti 482 H./1089 m.y.) shular jumlasidandir. O’zi 390 h./999 m. yilda vafot etgan.

4. Abu Ahmad ibn Abi Nasr Ahmad ibn al-Abbos al-Iyoziy. Abu Mansur hazratlarining ustozlari Abu Nasr al-Iyoziyning o‘g‘li. Fiqh, nutq, iffat va taqvoda benazir bo‘lgani haqida naql qilinadi.

5. Abu Abdir-Rahmon ibn Abil-Lays al-Buxoriy. Kalom va fiqh ilmlarini Abu Mansur hazratlaridan olgan. U Abul-Qosim al-Hakim as-Samarqandiy bilan ko‘p vaqt birgaliqda tahsili ilmda bo‘lgan.

MOTURIDIYA ULAMOLARI

1. Abul-Hasan Ali ibn Muhammad al-Pazdaviy. Abul-Yusr Muhammad al-Pazdaviyning akasi. Ikkisi ham Shayx Abu Mansurning yaqin shogirdlaridan sanalmish Abdul-Karim al-Pazdaviy avlodidan. Abul Hasan 483 H./1089 m. yilda vafot etgan.

2. Abul-Yusr Muhammad ibn Muhammad ibn Husayn ibn Abdil-Karim al-Pazdaviy. Al-Krziy as-Sadr degan unvon bilan tanilgan. 421 h. yilda tug‘ilgan. Imom Kindiy kabi faylasuflarning falsafasini va mo‘‘taziliylar yozgan kitoblarni hatto uyda saqlash ham zararli deb bilar edi. Zero, ularni mutolaa qilib ko‘rib, shunday xulosa hosil qilgandi. Hatto, Abul-Hasan Ash’ariy kitoblarini ham xatolarini ajrata olmaydigan kishilar o‘qishi durust emas deb bilar edi. Usul va furu’ bobida ko‘p kitoblar tasnif etgan. Samarqandda qozilik qilgan va hadis ilmidan dars ham bergan. «Usul ad-din», «Al-Murattib», «Al-Voqeot», «Al-Mabsut» kabi asarlari bor.

Shogirdlari Najmiddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Usmon ibn Ali al-Poykandiy, Ahmad ibn Nasr al-Buxoriy, o‘z o‘g‘li Qoziy Abul-Maoliy Ahmad va boshqalar. 493 h. yilda vafot etgan.

3. Abul-Mu’in Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Mu’tamid ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Makhul Abil-Fazl an-Nasafiy. 438 h. da tug‘ilib, 508 h. yilda vafot etgan. Ustozlari noma’lum. Shogirdlari - Alouddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy, Mahmud ibn Ahmad as-Sog‘arjiy, Abdur-Rashid ibn Abi Hanifa al-Valvolijiy. Imom G’azzoliy bilan Boqilloniy ash’ariya aqidasining eng mashhur tashviqotchilari sanalganidek, Abu Mu’in an-Nasafiy moturidiya aqidasining eng yirik namoyandalaridandir. Kitoblaridan «Tabsiratul-adilla», «Bahrul-kalom», «Tamhid», «Manohijul-aimma» va boshqalarni misol keltirish mumkin.

4. Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon Najmiddin an-Nasafiy. Nasafda 461 h. yilda tug‘ilib, 537 h.y.da vafot etgan. U 550 nafar yirik ustozlardan dars tinglagan. Ulardan Abul-Yusr Pazdaviy, Abdulloh ibn Ali ibn Iso an-Nasafiy, Abu Muhammad Hasan ibn Hasan as-Samarqandiy, Ali ibn Hasan al-Moturidiylarni misol keltirish mumkin. Ustoz va shayxlari to‘g‘risida alohida bir kitob ham ta’lif etgan.

Shogirdlaridan — o‘z o‘g‘li Abul-Lays Ahmad ibn Umar, Muhammad ibn Ibrohim To‘rpushtiy, Umar ibn Muhammad ibn Umar Aqiliy va boshqalarni zikr etish mumkin.

U yuzga yaqin asarlar yozgan. «At-taysir fi tafsiril Qur’on», «Sharhi Sahihi Buxoriy», «Al-akmal al-atval fit-tafsir», «Kitobul-qand fiy ulamoi Samarqand», «Tarixi Buxoro», «Al-aqoid an-nasafiya» risolasi kichik hajmda bo‘lishiga qaramay, hozirgi kungacha aqida fanida eng mashhur qo‘llanma vazifasini bajarib kelayotir.

5. Abul-barakot Hofizuddin Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy. Nasaf shahrida tug‘ilib, 701 h. yilda vafot etgan. Mashhur asarlari — «Madorikut-tanzil» tafsiri, fiqhga doir «Kanzud-daqoiq» kitobi, «Al-Vofiy» va «Al-Kofiy» va boshqalar.

6. Ahmad ibn Abi Bakr Nuriddin as-Sobuniy al-Buxoriy 580 h. yilda vafot etgan va Buxorodagi «Yetti qozi» qabristoniga dafn etilgan. Muhammad ibn Abdis-Sattor al-Kardariy uning shogirdidir. Kitoblaridan «Al-Hidoya fi ilmil-kalom» va uning sharhi diqqatga sazovordir.

7. Muhammad ibn Abdil-Vohid ibn Abdil-Hamid ibn Mas’ud ibn Hamididdin ibn Sa’ididdin (al-Kamol ibn at-Humom) as-Sivosiy al-Iskandariy al-Qohiriy al-Hanafiy. 788 yoki 780 h. yilda tug‘ilib, 861 h. yili Qohirada vafot etgan, islomiy fanlarning aksariyatida imtiyoz hosil qilgan. «Al-Hidoya» kitobini Sirojiddin Umar ibn Ali (Qoril-Hidoya) da o‘qigan. Hofiz Ibn Hajar Asqaloniydan hadis tinglagan. Aqlu zakovatda ustozlarini ham lol qoldirgan.

Asarlari ko‘p. «Al-Hidoya»ga yozgan «Fathal-Qadir» nomli sharhi yirik to‘qqiz jilddan iborat bo‘lib, u Kamol ibn Humomning shoh asari hisoblanadi. «Al-Musoyara» kitobi moturidiya aqidasiga doir bo‘lib, eng muhim manbalardandir.

8. Mullo Ali (Qoriy) ibn Sulton – Muhammad al-Hiraviy al-Makkiy (Abul-Hasan, Nuriddin). 1014 h. yilda Makka shahrida vafot etgan va «Jannatul-Muallo» qabristoniga dafn etilgan.

Asarlari juda ko‘p. Mashhurlari - «Mishkot» sharhi - «Mirqot», «Muxtasarul-Viqoya» sharhi, «Fiqhi akbar» sharhi, «Omoliya» sharhi, «Shotibiya» sharhi, «Mavzu hadislar» va hokazo.

Husnixat sohibi bo‘lganidan Ali Qoriy har yili bir nusxa Qur’oni karim ko‘chirib, sotib, yil davomida shu daromad bilan kun kechirgan.

9. Ali ibn Usmon ibn Muhammad ibn Sulaymon Abu Muhammad Sirojuddin al-O’shiy al-Farg‘oniy.

Ko‘plab asarlar muallifi. Moturidiya aqidasini nazmiy uslubda yozib, uni «Bad’ul-amoliy» deb nomlagan. Vafoti 569 h./1173 m. yilda.

10. Abush-Shakur as-Solimiy (Muhammad ibn Abdulloh as-Sa’id ibn Shu’ayb al-Keshiy).

As-Solimiynint moturidiya aqidasiga oid «At-Tamhid» nomli kitobi ulamolar o‘rtasida mashhur bo‘lib, yozma va bosma nusxalari bizgacha yetib kelgandir.

Moturidiya aqidasiga asoslanib ijod qilgan va bebaho asarlar qoldirgan ulamolar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Lekin bu muxtasar risolamizda uning o‘rniga aqidamizga oid boshqa muhimroq ma’lumotlarni taqdim etishni ma’qul topdik.

ABU MANSUR AL-MOTURIDIYNING ASARLARI

1. «Ta’vilotu ahlis-Sunna» yoki «Ta’vilotul-Qur’on». Sakkiz mujalladdan iborat bu asar Qur’oni karimning tafsiri bo‘lib, unda asosan, islomiy aqidaga nisbatan turli qarashlar bayon etilib, moturidiya aqidasi asosida ularga baho berilgan. Tafsirni al-Moturidiyning shoh asari deb atash mumkin. Uning qo‘lyozma nusxalari Misr, Makka, Damashq, Hindiston, Turkiya va Toshkent kutubxonalarida saqlanmoqda. Toshkent nusxalari taqriban 700 yil burun ko‘chirilgan. Asarning birinchi jildi Misrda nashr etilgan.

Tafsirga Alouddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy sharh yozgan. Bu sharh qo‘lyozmasi hanuz chop etilmagan.

2. «Kitobut-tavhid». Kalom ilmiga oid eng muhim asar. Moturidiya aqidasiga oid barcha asarlarning eng birinchi va asosiy manbasi sanaladi. Asar hozirda o‘zbek tiliga o‘girilmoqda.

3. «Sharhul-fiqhil akbar». Abu Hanifa an-No‘‘mon (Imom A’zam) qalamiga mansub aqida bobida bitilgan ilk asar «Al-Fiqhul-akbar»ning sharhi. Ba’zi olimlar bu sharh Shayx Moturidiyga tegishli emas, balki u Abul-Lays as-Samarqandiyga mansub deydilar.

4. «Risola fil-aqida». 1953 yilda Anqarada chop etilgan.

5. «Risola fil-imon».

6. «Al-maqolot».

7. «Bayonu vahmil-mo‘‘tazila».

8. «Raddu tahzibil-jadal».

9. «Raddu vaidil-fussoq».

10. «Raddu avoilil-adilla».

11. «Raddul-usulul-xamsa».

12. «Arraddu alal-qaromita».

13. «Raddul-imoma».

14 «Ma’xazush-shari’a».

15. «Kitobul-jadal».

Mazkur kitoblarning oxirgi ikkitasi fiqhga doir, qolganlari aqidaviy masalalarga bag‘ishlangan.

MOTURIDIYA NAZARIYASINING O’RTAHOLLIGI

Avvalo, shuni qayd etib o‘tish lozimki, moturidiya aqoidini faqat Abu Mansur Moturidiyning o‘zi ixtiro qilgan emas. Balki aqoidning asoslari, arkonlari va bandlari ungacha ham ma’lum darajada shakllangan edi. Aqida ilmi tobe’inlar davridan boshlab, ya’ni hijratning ikkinchi asrida mustaqil fan sifatida zohir bo‘la boshlagan. Mashhur tobe’inlardan Hasan Basriy (21-110 h.) aqida masalalari bo‘yicha dars aytgani, mo‘‘tazila oqimining boshlanishi ham o‘sha paytda ro‘y bergani tarixiy manbalardan ma’lum. Abu Hanifa (Imom A’zam) yashagan davrda esa islom niqobi ostida turli oqim va firqalarning yuzlab turlari yuzaga kelgandi. Ular bilan kurashish uchun esa aqida mustahkam bo‘lishi zarur edi. Bunday dolzarb masalaga Abu Hanifa befarq qarab tura olmaganlar, balki aqida faniga oid birinchi asar - «Fiqhi akbar», Usmon al-Battiy (al-Bustiy)ga yozgan raddiyasi, beshta vasiyatnomasini yozib qoldirganlar. Demak, mazhabimiz asoschisi Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit (rahmatullohi alayh) nafaqat fuqaholar peshvosi, balki aqida va ilmi kalomga ham asos solgan buyuk siymolardan bo‘lganlar.

Shayx Abu Mansur hazratlari diniy ta’limni hanafiya ulamolarining ko‘zga ko‘ringan mashhur namoyandalaridan olganlari va diniy fanlar bo‘yicha qanchalik chuqur bilimga ega ekanliklariga yozib qoldirgan asarlari guvohlik beradi.

Shayx yashagan davrda aqida ulamolari ikki asosiy manbaga suyanganlar. Birinchisi — oyat va hadislar hamda sahoba va tobe’inlarning ijmo va ijtihodlari, ya’ni naqliy dalillar. Ikkinchisi — aqliy dalillar. Shayx Abu Mansur esa boshqalarga taqlid qilmadilar, balki naqliy dalillar bilan aqliy dalillarni uyg‘unlashtirib, undan so‘ng xulosa chiqardilar. Aqliy dalil deganda falsafa, mantiq va tabiiy fanlar ko‘zda tutiladi. Vaholanki, salaf ulamolarining ko‘pchiligi bu dalillarni tan olmas edilar, balki naqliy dalillarning o‘zi bilan kifoyalanardilar. Shayximiz esa, bu ikkisidan ham munosib ravishda istifoda etib, o‘rtahollikni ixtiyor qilgan ekanlar. Darhaqiqat, naqliy dalillarni yaxshi anglash uchun aqliy dalillarni ham puxta bilish shartligini hech kim inkor eta olmaydi. Aql imkoniyatining ham chegarasi borligini e’tiborga olib, Shayx ko‘p joylarda inson aqli juda ko‘p haqiqatlarni idrok etishga qodir emasligini uqdirib o‘tadilar. Shu bilan birga, aqlning Alloh tomonidan ato etilgan eng buyuk mislsiz ne’mat ekani, undan oqilona foydalanish zarurligini ham ta’kidlab o‘tadilar.

ISLOM UMMATINING OQIMLARGA BO’LINIB KETISHI

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ogohlantirib aytganlarki: «Yahudiylar 71 firqaga, nasroniylar 72 firqaga bo‘linib ketgan edilar. Mening ummatim 73 firqaga bo‘lingaylar. Ulardan bittasigina najot topib omon qolur, qolganlari esa do‘zax ahlidirlar» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari).

Rasululloh (s.a.v.)ning bu mo‘‘jizaviy bashoratlari vafotlaridan keyin o‘z tasdig‘ini topdi. U firqalardan qadariya, murjia va xavorijlarni o‘z hadisi shariflarida nomma-nom keltirib, ulardan hazarda bo‘lishni vasiyat ham qilganlar.

Xulafoi roshidinlar zamonidan to Imom Moturidiy zamonasigacha, asosan, quyidagi firqa yoki oqimlar paydo bo‘lib, ummati muhammadiya o‘rtasiga tafriqa solish va ruhiy hayotlarini fitna va fasod bilan to‘ldirishga harakat qilgan edilar.

Ular — qadariya, murjia, xavorij, shia, mo‘‘tazila, ravofiz (rofiziylar), sabaiya, ziroriya, jahmiya, botiniya, qaromita, xurramiya, karromiya (mujassima), jorudiya, sulaymoniya (jaririya), butriya, bayoniya, mug‘iriya, janohiya, mansuriya, xattobiya, hululiya, azoriqa, najadot, sufriya, ajorida, xozimiya, shahbiya, ma’lumiya, majhuliya, ma’badiya, rashidiya, mukarramiya, hamziya, ibrohimiya, voqifa, hafsiya, horisiya, yazidiya, maymuniya, mo‘‘tazila firqalaridan — vasiliya, amriya, huzaliya, nazzomiya, murdoriya, ma’mariya, samomiya, johiziya, xobitiya, himoriya, xatotiya, shaxlamiya, ashobi Solih qubba, marisiya, ka’biya, jubboiya, bahshamiya, murjia firqalaridan — Abu Shimr, Muhammad ibn Shabib va Xolidiy firqalari, yana murjiaga — yunusiya, g‘assoniya, savboniya, sumaniya, marisiya, najjoriyalardan — burg‘usiya, za’faroniya, mustadrika, karromiylardan — haqoiqiya, taroiqiya, ishoqiya.

Demak, zikr etilganlardan 20 firqa rofiziylar, 20 firqa xavorijlar, 20 firqa qadariy va murjialar, 12 firqa qolgan najjoriya, bakriya, ziroriya, jahmiya, karromiya kabi oqimlarga taqsimlab chiqilsa, umumiy soni hadisi sharifda aytilgan 72 ta adashgan firqalarning adadiga to‘g‘ri kelib qoladi.

73-firqa esa, Ahli Sunna val-Jamoa deya ataluvchi mazkur hadisi sharifda qayd etilgan nojiya (najot topuvchi) firqadirkim, Abu Hanifa (Imom A’zam), Imom Molik, Imom Shofe’iy, Imom Ahmad, Avzoiy, Savriy kabi buyuk mujtahid allomalar va ularning izdosh va maslakdoshlari unga mansubdirlar. Kengroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu saodatmand jamoaga Janob Rasuli akram (s.a.v.) dan tortib, sahobai kiromlar, tobe’inlar, tabaa tobe’inlar, fiqhiy mazhablarning asoschilari kabi mujtahidlar, muhaddislar, arab tili nahvi va adabiyoti namoyandalari, qiroat va tajvid roviylari, tasavvuf shayxlari, ahli tariqatlar, shuhadoyu, solihu zohid bandalar hamda turli buzuq oqimlarga ergashib, og‘ib ketmagan musulmonlar kirurlar.

MOTURIDIYA AQIDASINING XUSUSIYATLARI

Yuqorida zikr etganimizdek, moturidiya aqidasiga doir masalalarni shayx Moturidiyning yakka o‘zlari tuzib, tartibga solgan emaslar, balki ul zotga qadar ham Ahli Sunna val-Jamoa aqidasi shakllanib ulgurgan edi. Moturidiy hazratlarining xizmatlari shundan iborat bo‘lganki, o‘sha davrdagi aqidaviy oqimlarning ta’sirini qirqish, ularning iddaolariga raddiya berish, kuchli va asosli dalillar bilan haqiqiy islom aqidasini himoya qilish, ilmi kalom, mantiq va munozara qoidalariga rioya qilgan holda xasmlar jaholatiga ilmu ma’rifat bilan javob qaytarib, chin ixlosli musulmonlar uchun aqidaga doir muhim qo‘llanmalar tayyorlab berishni niyat qilgan edilar.

Ma’lumki, Ahli Sunna val-Jamoa aqidasi o‘sha davrda uchta buyuk shaxs tomonidan himoya qilingan va asosiy ruknlari ishlab chiqilib, shogirdlari va kitoblari orqali musulmonlarga taqdim etilgan edi. Ulardan birinchisi — Abul Hasan Ash’ariy (260— 331 h.) Bag‘dodda, ikkinchisi — Abu Ja’far Tahoviy Misrda va Abu Mansur Moturidiy Movarounnahrda sunniy aqidaning himoyachilari sifatida islom tarixida chuqur iz qoldirdilar.

Biz — moturidiylar uchun yaxshi bilib, doimo nazarda tutib yurish zarur bo‘lgan bir necha muhim masalalar bor. Ular quyidagilardan iborat:

1. Moturidiya aqidasi bilan Ash’ariya aqidasi o‘rtasida bir necha masalalarda qarama-qarshiliklar bor. Ularni ba’zi olimlar 15 ta, boshqalari 40 ta, hatto, 50 tagacha sanab yetkazganlar. Ulardan asosiylari — Allohning sifatlarini zotiy va fe’liy sifatlarga bo‘lish, sifatlari ayni zotmi yoki g‘ayri zotligi, Muso (a.s.) Allohning kalomini bevosita eshitganmi yoki bilvositami, iroda bilan rizo birmi yoki tafovutlimi, Allohni ko‘rish joizligiga Ash’ariy aqliy dalil keltirgan, Moturidiy naqliy, qabih ishning sodir etilishi bandadanmi yoki u ham Allohdanmi — bunga Moturidiy husnu qubh hammasi Allohdan, faqat behikmat emas, deydilar. Inson o‘z toqatidan tashqari ishga taklif etilishi mumkin, deb Ash’ariy, mumkin emas, deb Moturidiy aytadilar. Shuningdek, Allohni aql bilan tanish vojibmi yoki naql bilanmi degan masalada Moturidiy aql bilan deganlar. Imon bilan islom bir narsa ekani, baxtli va baxtsiz insonlar oxir-oqibatda o‘zgarib-almashib qolishlari mumkinligi, qilinadigan yaxshi va yomon amallar bandaning kasbi va Allohning yaratishi bilan hosil bo‘lishi, muqallidning imoni maqbul ekani, imonning o‘zi emas, balki uning nuri, quvvati ortib yoki kamayib turishi, imonning ruknlari ikkita, ya’ni iqror va tasdiqdan iborat ekani, amallar imon tarkibiga kirmasligi, balki savoblar va gunohlar alohida hisobga olinishi kabi masalalarda Imom Ash’ariy bizning moturidiya aqidamizning xilofini taqrir etganlar.

2. Moturidiyaning mo‘‘tazila aqidasidan farqlari.

Avvalo, bilmoq kerakkim, diniy fanlar qatoriga kalom ilmining kirishiga asosiy sabab shu mo‘‘tazila toifasining aqliy munozaralari va qarshiliklari bo‘lgan. Ular ash’ariya yoki moturidiya kabi aqlni naqliy dalillardan keyinga emas, balki birinchi o‘ringa qo‘yganlar. Aql va fikrni asosiy manba qilib olib, unga to‘g‘ri kelmasa, hatto, oyat va hadislarni inobatga olmay, balki nususni aqlga bo‘ysundirmoqchi bo‘lganlar. Shuning uchun ham Shayx Moturidiy hazratlari boshqa oqimlarga qaraganda ko‘proq mo‘‘tazila firqasining fikrlariga qarshi raddiyalar bilan chiqqanlar. Ularning aqliy va fikriy dalillarini rad qilish uchun buyuk hamyurtimiz kalom ilmi bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri kelgan va u zot shu uslub bilan Ahli Sunna aqidasini himoya qilishga muyassar bo‘lganlar.

Mo‘‘tazila firqalarining moturidiya aqidasiga zid qarashlari, asosan, quyidagi nuqtalarda o‘z aksini topadi. Ular aytadilar:

1. Allohning ismi va sifatlari azaliy emas, ular hech qanday ma’no va mazmunga ega emas. Allohning ismi bilan sifatlari bir narsa.

2. Allohni bu dunyoda ham, oxiratda ham ko‘rish mumkin emas.

3. Qur’on — mahluq. U azaliy emas.

4. Bandaning foydasini ko‘zlab ish qilish Allohning zimmasiga vojib.

5. Bandaning qudrati va toqati Allohga bog‘liq emas. Fe’llarni bandaning o‘zi yaratadi.

6. Qatl etilgan kishi ajalidan oldin o‘lgan bo‘lur.

7. Halol — rizq, lekin harom — rizq emas.

8. Allohning irodasi hodisdir, qadim emas.

9. Alloh faqat yaxshilikni iroda qilur. Yomonlik uning irodasidan tashqaridir.

10. Amallar imonning tarkibiga kirur. Balki amal imonning asosiy ruknidir.

11. Imon ozayib, ko‘payib turuvchi narsadir.

12. Gunohi kabira qilgan musulmon imon bilan kufr o‘rtasida qolur.

13. Kabira egalari do‘zaxda abadiy qolurlar.

14. Shafoat faqat yaxshi odamlarga nisbatan qilinur. Gunohlarni hech kim shafoat etmas.

15. Jannat bilan do‘zax hanuz yaratilmagan.

16. Qabrdagi azob yoki rohat, qiyomat tarozusi, Pulsirot, Havzi Kavsar kabilarning hammasi yo‘q narsa.

17. Avliyolarda hech qanday karomat bo‘lmaydi.

18. Muqallid (boshqalarga taqlidan musulmonman deb yuruvchi odam) ning imoni qabul qilinmaydi.

Zikr etilgan nuqtalardan ko‘rinib turibdiki, mo‘‘tazila firqasi bizning moturidiya aqidamizga xilof ravishda alohida nazariyaga asos solganlar. Nozik va qaltis joyi shu yerdaki, mazkur 18 bandda aytib o‘tilgan narsalarda ancha-muncha aqlli, ziyolilar, hatto, ulamolar ham chalg‘ib ketishlari hech gap emas. Shuning uchun ham o‘zimizning sunniy, hanafiy, moturidiy aqidamizga oid kitoblarni ko‘p mutolaa qilish va dilga jo etish eng zarur ishlardandir.

3. Sunniy-hanafiy musulmonlar yana shuni yaxshi bilib olishlari kerakki, hanafiy mazhabimizga hasad qilganlaridek, moturidiya aqidamizga ham hasad ko‘zi bilan qarash, uning sha’niga tuhmat-bo‘hton yog‘dirish jarayoni hali hanuz to‘xtagan emas. Aqida faniga oid yozib kelinayotgan asarlarni mutolaa qilib ko‘rsangiz, buning guvohi bo‘lasiz. Ayniqsa, arab dunyosida nashr qilinayotgan asarlarning deyarli 90 foizida moturidiya aqidasini buzib ko‘rsatishlar, hatto, uni Ahli Sunna jamoatiga qo‘shmagan holda zikr qilishlar, ash’ariya aqidasini esa, mutlaqo kamchiliklarini ko‘rsatmaslik, balki uni yagona to‘g‘ri aqida deb talqin qilishlar uchrab turibdi. Bunga misol qilib Riyozlik arab yozuvchisi Ahmad ibn Avazulloh ibn Doxil al-Luhaybiyning «Al-Moturidiya dirosatan va taqviman» nomli kitobi, Doktor Mahmud Qosimning «Muqaddimat Ibnir-Rushd» kitobi, Vahiduddinxon, Abdulhalim Qunbus, Fathiy Yakan, Abduljabbor («Al-Mug‘niy» muallifi) kabi yozuvchilarning asarlari, «Sharhul-usulil-xamsa» kitobi va boshqalarni keltirish mumkin.



Lekin o‘zlari arab yoki g‘arb yozuvchilari bo‘la turib, moturidiya haqida insof bilan haqiqatni yozgan olimlar ham mavjudligi kishini quvontiradi. Bunga Shayx Moturidiy va uning ilmi kalomga oid fikrlari to‘g‘risida kattagina bir kitob yozgan arab olimi Doktor Ali Abdulfattoh al-Mag‘ribiyni, Abu Mansur qalamiga mansub «at-Tavhid» kitobini tahqiq etib, nashrga tayyorlagan olim Doktor Fathulloh Xulayf va nemis olimi Ulrix Rudolfni misol qilib keltirsa bo‘ladi. Ular shayx Abu Mansur Moturidiy va uning merosini xolisona baholaganlar.
Download 61,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish