Shanxay hamkorlik tashkiloti



Download 228,41 Kb.
bet3/6
Sana01.01.2022
Hajmi228,41 Kb.
#285768
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bkby

Bu qanday loyiha?

Yaqin-yaqinlargacha g‘arb olamidan keladigan tashabbuslarga ola ko‘z bilan qarab kelgan Xitoy Shi Jinping qudratga kelganidan boshlab faol tashabbuslar bilan dunyoga tanilishni boshladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, Xitoy shu paytgacha taklif etilgan qarorlarni qabul etuvchi va rozi bo‘luvchi (rule-taker) maqomida bo‘lgan bo‘lsa, 2013 yildan boshlab u «rule-maker», ya'ni qoida tuzuvchi yetakchi maqomiga o‘ta boshladi.

Agar xitoylik mashhur siyosatchi Deng Shaopin o‘z davrida Xitoyni xalqaro aloqalarda «taoguang yanghui», ya'ni «kamtarin bo‘lish va payt poylash» (keep a low profile and bide your time)ga chaqirgan bo‘lsa, Shi Jinping boshqaruvidagi Xitoy hozirda xalqaro me'yorlar va institutlarni shakllantirishga intilmoqda va Xitoyning global mavqega ega bo‘lishini qat'iy ta'kidlamoqda. Uning bosh loyihasi, shubhasiz, «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusidir. 

Ushbu loyiha, Xitoy hukumati ta'biri bilan aytganda, tashabbus, Xitoy prezidenti Shi Jinping tomonidan 2013 yilda taklif qilingan rivojlanish strategiyasi bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasini ikki yo‘l bilan Yevroosiyo mintaqasiga bog‘lashni maqsad qilgan: «Ipak yo‘li iqtisodiy makoni» va «21 asr Dengiz ipak yo‘li». Xitoy tashabbusining mohiyati Xitoyni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama mexanizmlar va tuzilmalarni mustahkamlash orqali xalqaro hamkorlik va rivojlanishning yangi modelini topish, shakllantirish va rivojlantirishdir.

Tashabbus doirasiga Yevroosiyo mintaqasidagi 65dan ortiq mamlakat, 4,4 milliard aholi va dunyo yalpi milliy mahsulotining 40 foizi kirib ketadi. Uni Xitoyning kuchli moliya institutlari, misol uchun Eksport-import banki, Osiyo taraqqiyot banki, Qishloq xo‘jalik banki, Ipak yo‘li fondi va Osiyo infrastruktura va investitsiya banklari qo‘llab-quvvatlaydi.

Tashabbus negizida Xitoy ichki bozorining to‘yinishi sababidan bozor topa olmay qiynalayotgan Xitoy shirkatlari uchun Yevroosiyo mamlakatlari hududida multi-milliard dollarlik infratuzilma loyihalarini vujudga keltirish, ular Xitoyning ommaviy banklaridan beriladigan imtiyozli kreditlar orqali Xitoydagi firmalar tomonidan barpo etilishi yotadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Agar ushbu multi-milliard dollarlik loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, qadimiy «Ipak yo‘li» tijorat yo‘lagi haqiqiy ma'noda vujudga keladi. Xitoy ushbu tijoriy yo‘lakni hamma uchun ochiq va erkin savdo qoidalariga asoslangan holda birgalikda barpo qilishga chaqirmoqda. 

Demak, «Xitoy nima maqsadlarni ko‘zlagan?», degan savolga javob tariqasida quyidagilarni keltirsa bo‘ladi:



  1. Xitoyning haddan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga muvofiq qo‘shimcha yangi bozorlarni topish;

  2. 3 trillion AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan davlat potensialidan unumli foydalanish;

  3. Xitoy milliy pul birligi – yuanni xalqaro valuta darajasiga ko‘tarish;

  4. Xitoyning sharqiy sohillariga qaraganda rivojlanishdan ortda qolayotgan g‘arbiy hududlarini rivojlantirish.

Xitoy hukumati 2015 yil mart oyi oxirida ushbu tashabbusni nazariy jihatdan belgilovchi hukumat hisobotini e'lon qilgan. Xitoy hukumatiga ko‘ra, «Bir makon, bir yo‘l»ni birgalikda qurish jahon hamjamiyati manfaatlariga xizmat qiladi. Shuningdek, «umumiy g‘oyalarni va inson jamiyatlarini ko‘zlagan holda, xalqaro hamkorlik va global boshqaruvning yangi modellarini izlash yo‘lidagi ijobiy harakat dunyo tinchligiga va rivojlanishiga yangi ijobiy turtki beradi».

Nima bo‘lganda ham, Xitoy o‘z kompaniyalari kelajakda ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishi uchun Yevropa tomon cho‘zilgan iqtisodiy yo‘lak qurishni rejalashtirayotgani aniq. Buning natijasida Yevroosiyodagi davlatlarning iqtisodiy yuzi g‘arbga emas, Tom Miller o‘zining «Xitoyning Osiyodagi xayoli» kitobida aytganidek, Xitoy tomon buriladi.

Tashabbusning quyidagi beshta ustuvor yo‘nalishlari mavjud:


  • Chora-tadbirlar koordinatsiyasi (policy coordination);

  • Infrastrukura bog‘lanishi (infrastructure connectivity);

  • To‘sqinliksiz savdo (unimpeded trade);

  • Moliyaviy integratsiya (financial integration);

  • Insonlarni bir-biri bilan bog‘lash (connecting people).

Loyiha qiymati 1 trillion AQSh dollari atrofida baholanib, bu summa asosan port, yo‘llar, aeroportlar, elektr stansiyalari va telekommunikatsiya tarmoqlari kabi infratuzilmalar qurilishiga sarflanishi ko‘zda tutilgan.  



Mazkur tashabbusni to‘g‘ri tushunish lozim: u Jahon savdo tashkiloti kabi qat'iy qoidalar ustiga qurilgan savdo tashkiloti emas. Yoinki, Yaponiya boshchiligidagi erkin savdo yo‘lida tuzilgan Trans-tinch okeani hamkorlik bitimi (Trans-Pacific Partnership Agreement) kabi ko‘p tomonlama iqtisodiy bitim ham emas. Yoki bo‘lmasa, Rossiya Federatsiyasi yetakchiligida qurilgan Yevroosiyo bojxona ittifoqi kabi umumiy bojlar o‘rnatiladigan iqtisodiy hudud hammas. Xitoy qat'iy qoidalardan ko‘ra egiluvchan va yumshoq normalarga (soft law) asoslangan va doimo o‘zgarishlarga osonlik bilan moslashadigan global hamkorlik to‘rini qurishni mo‘ljallayapti.

«Bir makon, bir yo‘l»ning eng katta o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, Xitoy g‘arb mamlakatlari va «Osiyo yo‘lbarslari»dan farqli ravishda barpo etiladigan infratuzilma va boshqa turdagi investitsion loyihalarini katta tezlikda va ko‘zga ko‘rinar shaklda amalga oshirmoqchi. Bu yo‘lda dunyoning boshqa qudratli davlatlaridan farqli o‘laroq, Xitoy milliardlab dollar mablag‘larni sarflashdan cho‘chimayapti. Misol uchun, Xitoy banklari va fondlari BMBY loyihalari uchun 2016 yilgacha jami 292 milliard dollar ajratishdi, birgina 2017 yilning o‘zidayoq bu raqam 20,1 milliard dollarni tashkil etdi.

Ushbu gigant loyihani qanday firmalar amalga oshiryapti, Xitoy banklari qanday firmalar uchun kreditlar ajratyapti, degan savolga javoban shuni aytish kerakki, Xitoy davlat korxonalari (state-owned enterprises) ushbu loyihadan eng manfaatdor tomonlardir. Misol uchun, so‘nggi uch yil ichida Xitoy davlat korxonalari BMBY yoqasida joylashgan mamlakatlardagi 1700dan ortiq investitsiya loyihalarida qatnashgan. Ular qatorida China Communications Construction, China State Construction Engineering, Power China, Sinomach China Railway Construction Corporation, China Railway Group, CNPC va State Grid kabilarni sanab o‘tish mumkin.

Shu bilan birga, mazkur loyihalar «ichida» Xitoyning mahalliy hokimiyatlari tomonidan tashkil etilgan turli ommaviy mulk shaklidagi kompaniyalarni ko‘rish mumkin. Ushbu shirkatlar dunyoning turli joylarida o‘ta uzun ko‘priklar, yirik to‘g‘onlar, quvvati katta elektr stansiyalari, qurilishi g‘oyat qiyin bo‘lgan tog‘ tunnellari, gigant stadionlar va tezyurar temir yo‘llari barpo etishmoqda. Ushbu loyihalar asosan «tied-aid» shaklida, ya'ni bu shirkatlar BMBY yoqasida joylashgan davlat Xitoy banklaridan milliardlab dollar miqdorida kredit olishi mumkin.

Ammo ko‘pgina holatlarda qarzga olingan pullar davlat banklariga qaytarilmaydi, balki o‘sha loyihani amalga oshiruvchi Xitoyning davlat korxonalari hisobiga o‘tkaziladi. Qarz olgan davlatga esa Xitoy texnikasi va infrastrukturasi shaklida kirib keladi. Shu sababli, Xitoy pulni o‘ng cho‘ntagidan (davlat banklaridan yoki «Ipak yo‘li» fondidan) olib, chap cho‘ntagiga (davlat korxonalari yoki boshqa Xitoy shirkatlari hisobiga) solib qo‘yadi, deyish mumkin.

Bunday usul uchun Xitoy davlatini ayblash noto‘g‘ri, chunki bunday qarz berish shaklini nafaqat Xitoy, balki Yevropa, AQSh va Yaponiya davlatlari ham keng qo‘llashadi. Debora Brautigamning «Ajdarhoning hadyasi: Xitoyning Afrikadagi haqiqiy hikoyasi» nomli kitobida bu haqda to‘liq ma'lumot olish mumkin.

Xitoy «Bir makon, bir yo‘l»ni ko‘p tomonlama muzokara emas, balki har bir davlat bilan alohida muzokara o‘tkazish orqali amalga oshirishni afzal ko‘radi. Albatta, bunday holatda tomonlar o‘rtasida muzokara tez va oson bitadi, Xitoy o‘z moddiy kuchini ustalik bilan ishlata olishi uchun shu tarzda zamin tayyorlaydi.

Biz uchun buning e'tiborli tarafi – bunday diplomatik aloqa kichik davlatlar yoki infrastruktura investitsiyasi uchun chanqoq holda bo‘lgan, rivojlanayotgan mamlakatlarni osonlik bilan o‘z qoidalariga og‘dirib olishga imkon yaratadi.

Shunday bo‘lsada, XXRning bunday tashabbus bilan chiqishi rivojlanayotgan dunyo mamlakatlari tomonidan iliqlik bilan kutib olindi. Sababi oddiy: Osiyo Taraqqiyot banki hisob-kitobiga ko‘ra, hozirda Osiyo mamlakatlarining o‘zida har yili 800 milliard dollarlik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga ehtiyoj bor. Ammo bunday katta hajmdagi qurilish ishlari uchun shu paytgacha yetarli moliyalashtirish manbasi bo‘lmay kelayotgandi. Xitoy esa aynan shunday ehtiyojni qondirish uchun «Bir makon, bir yo‘l»da davlatlarning faol ishtirokini so‘rayapti.  

Ba'zi davlatlar uchun «bundan zo‘ri bo‘lmaydi». Chunki, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar infratuzilmasi tezlik bilan eskirayotgan davlatlarga «noqulay» shartlarda mablag‘ ajratayotgan bir paytda, Xitoyning deyarli shartlarsiz, faqat hukumat kafolati ostida bunday katta summalarni ajrata boshlashi rivojlanayotgan davlatlar uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi.

Biroq «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda xavotirga sabab bo‘ladigan jihatlari ham yo‘q emas.  

«Bir makon, bir yo‘l» bo‘yicha xavotirlar


Download 228,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish