O`zbekiston Respublikasi Xalq ta
`
limi vazirligi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Boshlang`ich ta`lim fakul`teti
Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi
MA`RUZACHI: A.Najimova
«OILA PEDAGOGIKASI»
fani bo`yicha
(bakalavriat bosqichi 3-kurs talabalari uchun)
MA`RUZA MATNLARI
NUKUS - 2010
MAZMUNI
1-tema
Kirish. Oila haqida tushuncha
1.1
1.2
1.3
1.4
Oila va inson
Oilaning jamiyatdagi o`rni
Oila va haet
Oila turlari
2-tema
Hozirgi zamon oilalaridagi tarbiaviy o`zgarishlar
2.1
2.2
Oilalar tarkibi
Oilaga ta`sir etuvchi faktor
3-tema
Oilada Bolaning axloqiy tarbiasining
mustaqillik davridagi ahvoli
3.1
3.2
3.3
Oila va oila tarbiasi masalasi
Tarbia berish formalari
Axloqiy tarbia kategoriyalari
4-tema
Oila tarbiasi muammolarin echishda milliy va umuminsoniy
qadriyatlardan foydalanish
4.1
4.2
4.3
Islom dinida oila tarbiasi haqida
Oilada Bola tarbiasi
Oila va mahalla
5-tema
Bola tarbiasida oila va jamoatchilik bilan birga ishlash
5.1
5.2
Bugungi kun eshlari
Bola tarbiasining pedagogik ahvoli
Ma`ruza
№
1 Kirish. Oila haqida tushuncha
Reja
1. Oila va inson
2. Oilaning jamiyatdagi o`rni
3. Oila va haet
4. Oila turlari
Tayanch tushuncha: Oila va inson haqqida tushuncha, oilaning jamiattagi urni, oila va
hayot, oilaning turlari
Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqietini jadallashtirish sharoitida inson omilini
vujudga keltirish davr talabiga aylandi. Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi,
ma`naviy taraqqieti haqida g`amxo`rlik jumxuriyatimizning asosiy maqsadidir. Kishi xislatlari
uning mehnatga, ma`naviy, g`oyaviy va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oilada
shakllanadi. Jamiyat mustahkam, ma`naviy va axloqiy jixatdan sog`lom oila bo`lishidan
manfaatdordir. Shu sababli jumxuriyatimiz oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi,
shuningdek, ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashda erdam berishni davlat ahamiyatiga molik
ish deb biladi.
Keyingi yillarda respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir qator qaror va yo`l-
yo`riqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta`minlovchi fikrlar, tavsiyalar berildiki,
bular respublikamizning asosi - oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy kamolotida muhim
rol` o`ynamoqda. Chunki oilalarning har tomonlama yuksalishi, jamiyatning yuksalishi
demakdir. Xuddi shu ma`noda kelajagimiz bo`lmish esh avlod tarbiyasi va uning taraqqieti
davlat ahamiyatiga molik masala hamdir. Ikkinchi tomondan, jamiyatning oila va oilaviy
tarbiyaga bo`lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Zotan, ota-onalarning bolalar tarbiyasi
yuzasidan mas`uliyatini kuchaytirish, tarbiyalashga oid laeqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy
tarbiya birligini ta`minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Oilaviy tarbiya deganda ota-onalarning o`z haetlari, turmush tarzlari asosida bola
shaxsida duneqarash asoslari, siesiy, axloqiy, estetik va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish
maqsadida muntazam, izchil, g`oyaviy va ma`naviy ta`sir ko`rsatish jaraeni tushuniladi. Biroq,
bunda jamiyatimiz taraqqieti munosabati bilan oila, uning barcha haetiy bosqichlari jiddiy
o`zgarishlarga uchraetganligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Millatlarning tarixiy, milliy va
regional xususiyatlarini hisobga olgan holda oilalar taraqqietini umumiy va xususiy taraqqietlar
asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq yaxshilash lozim. Bu davlatimizning oilada esh
avlodni har tomonlama kamol toptirish jaraeniga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalaridan
biridir.
Hozirgi zamon taraqqieti har bir shaxsdan voqelikni to`g`ri tushunishni, xulosa
chiqarishni, axloqiy poklikni va hissiy-asabiy chidamlilikni, jamiyatimiz haetining barcha
jabhalarida mustahkam va faol bo`lishni talab etmoqda. Ma`lumki, shaxsning bunday ijtimoiy,
emotsional, xulqiy va boshqa sifatlariga oila asos soladi, shakllantiradi va kamol toptiradi.
Kelajagimizning qanday bo`lishi hozirgi kunda biz tarbiyalaetgan eshlarga bog`liq.
Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratuvchi asos
oiladir. Oila jamiyatning boshlang`ich ijtimoiy bo`g`ini sifatida murakkab tarkibga ega bo`lib, u
o`z faoliyatida oila a`zolarining ehtieji va qobiliyati, turli faoliyatning maqsad va vazifalarinigina
emas, balki tarbiyaviy faoliyatni ham aks ettiradi. Uning murakkab va ko`pqirrali faoliyatining
haetiyligi ikki tomonlamadir.
- birinchidan, jamiyatning kichik bir qismi ijtimoiy o`zgarishlarni o`ta sezgirlik bilan
ilg`ab oladigan, o`zida aks ettiradigan belgidir. Shunga asoslanib oilaviy tarbiyani ijtimoiy
tarbiyaning asosiy qismlaridan biri deb hisoblash lozim.
- ikkinchidan, oilaning murakkab va ko`pqirrali faoliyati uning vazifalari va tuzilishiga,
ijtimoiy turmush tarziga, oila a`zolarining ijtimoiy faoliyatlariga, ularning barcha qiziqishlari,
ehtiejlari va munosabatlariga bog`liqligini nazardan qochirmaslik kerak.
Oilaviy tarbiya metodologiyasi va metodikasi uchun eng muhimi uning aloqador
tomonlarini, ya`ni tarbiyaviy vazifalarni bir maromga solish, oilaning o`ziga xos xususiyatlarini
va imkoniyatlarini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi.
Oilaning tuzilishi va vazifalarini tahlil etishda u jamiyatning ijtimoiy-ma`naviy o`zagi
ekanligi yana bir bor aen bo`lmoqda. Shu sababli oilaning aniq bir maqomi, asosi bo`lishi kerak
va u kishilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi, eshlarda axloqiy fazilatlarni, jismoniy
kamolotni, aqliy ziyraklikni shakllantirishi zarur.
Oilaviy tarbiyaning o`ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-onalarning ota-onalik, qon-
qarindoshlik xislatlarini uzatib, shaxsning umumiy va hissiy rivojlanishinigina ta`minlab qolmay,
balki shaxsning mavjud imkoniyatlarini va axloqiy kamolotini ham o`stiradi. Shu sababli oilaviy
tarbiya doimo mavjudligi, ko`rsatmaliligi va serjiloligi bilan ajralib turadi. Unda asosiy vazifani
xalq, odobga doir tadbirlarni bolaga to`g`ri o`rgatish, maslahat berish, kattalar tajribasigina emas,
balki oilaning yashash tarzi, muhiti, ota-onalarning kasb-hunari, oila a`zolarining ma`naviy-ruhiy
munosabatlari o`ynaydi.
Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug`ullanuvchi olimlarning tadqiqotlarida
asosiy e`tibor oila bo`yicha amaldagi bo`linishga va bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol
darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning, bolalarning hamda aellarning bandligi va
ularning bolalar tarbiyasiga bo`lgan ta`siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga
bog`lab o`rganiladi.
Jamiyatning moddiy va ma`naviy kamoloti eshlarni turli ijtimoiy vazifalarni bajarishga,
to`plangan munosabatlarga doir tajribalarga, moddiy va ma`naviy qadriyatlarga har tomonlama
va uzoq tayerlash lozimligini talab etmoqda. Oilaviy tarbiyada muhim ahamiyat kasb etuvchi
ob`ektiv va sub`ektiv omillarni bilmoq lozim. Ob`ektiv omillarga oilaning moddiy farovonligi,
daromadlarning turlari, o`ziga xosligi va saviyasi, uy-joy bilan ta`minlanish darajasi,
maktabgacha muassasalardan foydalanish, shuningdek, oila a`zolarining soni, tarkibi va
boshqalarni kiritish mumkin. Sub`ektiv omillarga esa oiladagi o`zaro munosabatlarning o`ziga
xos xususiyatlari, ma`lumot, oila a`zolarining madaniy-ma`naviy saviyalari, ota-onalarning
muomala madaniyatlari va boshqalar kiradi.
Oilaviy tarbiyaning murakkabligi yana shundaki, har bir oila o`ziga xos bir olam,
jamiyatning o`ziga xos kichik uyushmasi bo`lib, tarbiya ishida o`ziga xos xususiyatlarni namoen
qiladi. Ona shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning shakl va uslublarini umumlashtirish va unga
biron-bir tavsiyalar berish noqulay va qiyindir. Ota-onalar qanchalik ma`naviy boy, e`tiqodli va
yuqori ma`lumotga ega bo`lsalar, shu darajada takomillashgan uslub orqali o`z farzandlarini
tarbiyalaydilar. Ular faqat maslahat berish, ma`qullash, mukofotlash, jazolash, suhbat va hikoya,
fikr almashish bilangina emas, balki shaxsiy namunalari, bolalari bilan birgalikda ishlash, ularni
mehnat faoliyatiga tortish orqali ham tarbiyalaydilar. Bolalar faoliyatida ishtirok etish ularga
tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishning eng samarali usulidir. Agar bolalar ota-onalarining
mashg`ulotlariga o`ta qiziqish bilan munosabatda bo`lishsa, ular o`rtasida do`stona munosabatlar
qaror topadi. Bolalar ota-onalaridan, aka va opalaridan o`zaro munosabat mezonlarini o`rganib,
nima yaxshi-yu nima emon, nima foydali-yu va nima zararli ekanligini bilib oladilar, ular haqida
aniq tasavvurlarga ega bo`ladilar. Bundan tashqari, oila tajribali va kasbi jixatidan turlicha
eshdagi kishilarni birlashtirib turadi. Oila a`zolarining turmush va xaetiy tajribalari, madaniy
saviyalari qanchalik boy bo`lsa, ular bolalar bilan shu darajada yaxshi muloqotda bo`la olishadi,
bolalarning qiziqishlarini o`stira olishadi.
Ota-onalarning umumiy, madaniy, ma`lumot saviyalarining ko`tarilishi va ijtimoiy faollik
qaror topishi maktab va oila aloqalari xususiyatining o`zgarishiga sabab bo`ldi. Agar maktab oila
tarbiyashunosligiga hurmat bilan munosabatda bo`lsa, uning boyliklaridan, ya`ni ota-onalar
obro`si, shaxsiy namunasi, ijobiy xissietlar asosida tarbiyalashlaridan foydalana olsa, u xolda
ota-onalar otalig`i katta kuchga, tarbiya samaradorligini ta`minlovchi mezonga aylanadi.
Hozirgi zamon oilalari mavjud jamiyat bilan uzviy bog`langandir. Shaharlarning o`sishi,
yashash sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning moddiy va madaniy turmush saviyasining oshishi
eshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashga ta`sir qiladi.
Oilaviy tarbiyaning maqsadi va mazmuni barcha regionlar bo`yicha olganda bir-biridan
ma`lum darajada farqlanadi. Bu farqlar millatlarning turmush tarzi, urf-odatlari, ijtimoiy-
tarbiyaviy va mahalliy sharoitlar bilan belgilanadi. Chunki mamlakatimizdagi xalq va
elatlarning tarixiy-ijtimoiy taraqqiet bosqichi, oilaviy turmushning tarixan tarkib topganligi, bu
borada dinning salmoqli xissasi o`ziga xoslikni vujudga keltirgandir.
Tarbiya masalasiga endashadigan bo`lsak, kam bolali oilalarga nisbatan ko`p bolali
oilalarda bolalar tarbiyasi ancha engil ko`chadi. Chunki ko`p bolali oilalardagi bolalar ota-
onalarining xatti-harakatlarini, aka va opalarining ular o`rtasidagi g`amxo`rliklarini, ayniqsa, bir-
birlariga bo`lgan do`stona munosabatlarini, uydagi har xil vazifalarni sidqidildan bajarishlarini,
kichiklarning kattalarga odob bilan munosabatda bo`lishlarini tabiiy holda ko`radilar,
kuzatadilar. O`zlarida ham ana shunday axloqiy sifatlarni shakllantirish istagi vujudga keladi.
Shu sababli bir qancha bolalari bo`lgan oilada ota-onalarning g`amxo`rliklari o`ziga xos
xususiyat kasb etadi. Bunday g`amxo`rlik teng taqsimlangan bo`ladi.
Katta oilada bola eshligidan jamoaga moslashadi, o`zaro aloqalar asosida tajriba
to`playdi. Agar oilada katta va kichik bolalar bo`lsa, ular o`rtasida turli ko`rinishlardagi mehr-
muhabbat va do`stlik qaror topadi. Oilaviy haet bolalarni insoniy munosabatlarda o`z shaxsini
kamol toptirish imkoniyatini beradi. Kam bolali oilalarga nisbatan ko`p bolali oilalarda shunday
haetiy vazifalar mavjud bo`ladiki, masalan, katta akagacha va kichik ukagacha bo`lgan mehr-
muhabbat, ya`ni bir-biridan farqlanuvchi hissietni, aka-uka va opa-singillar o`rtasida bir-birlari
bilan narsalarning teng ayirboshlash va boshqalar paydo bo`ladi.
Oilaning tub maqsadi va harakatlarining mazmuni bolalarni umuminsoniy xulq
mezonlariga rioya qilgan holda ularni bo`lajak mehnat faoliyatiga tayerlashdan iboratdir.
Qolaversa, ularning g`oyaviy-siesiy, madaniy-oqartuv borasidagi qiziqishlariga e`tibor beriladi.
Bu borada turli oilalarda berilaetgan tarbiyaning bir-biridan farqi borligini ham unutmaslik
lozim. Agar oilada ota-onalar katta eshdagi kishilar bo`lsa, ular mehnat nonidan bahramand
bo`laetgan bo`lsalar, insoniy e`tiqodlar mavjud bo`lsa, bunday oilada tarbiyalanaetgan eshlar
haetda munosib inson bo`lib etishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |