SHamolning o‘rtacha tezligi, ma’lum vaqt oralig‘idagi teng vaqtlar ichida o‘lchangan shamol oniy tezliklarining o‘rta arifmetik miqdor sifatida aniqlanadi, ya’ni
Bu erda: Vo‘rt.–shamolning o‘rtacha tezligi, m/s;
Voniy – shamolning oniy tezligi miqdoraliri, m/s;
n– o‘lchangan oniy tezliklarning soni.
Vaqtning uzoq davri (oy, yil) uchun shamolning tezligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, joylardagi meteostansiyalarning kuzatuvlari asosida olinadi. Bir kunda bir necha bor o‘lchangan shamolning tezligiga asosan o‘rtacha bir kunlik, o‘rtacha oylik hamda ko‘p yillik davr uchun shamolning o‘rtacha yillik tezliklari jadvallari tuziladi.
Er yuzasi va (okean, dengiz va daryolar) suv yuzasidagi shamolning tezligini aniqlash uchun odatda Bofort shkalasidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |