MASALAN, TARBIYACHI TO‘TIQUSHLAR HAQIDA MASHG‘ULOT O‘TKAZIB, BOLALARGA HIKOYA QILIB BERISHNI TOPSHIRISHDAN OLDIN TO‘TIQUSHLAR HAQIDA SAVOLLAR BERADI: - TO‘TIQUSHNING PATLARI QANAQA RANGDA? - TO‘TIQUSH PATLARI UNING HAMMA YERIDA BIR XIL KO‘RINISHDAMI? DUMI, BOSHIDAGI PATLARI QANDAY? QAYERIDA UZUNROQ, QAYERIDA KALTAROQ? - IDISHGA SUV SOLIB QAFASGA QO‘YAMIZ, QUSHLAR NIMA QILADI, CHO‘MILADIMI, UCHADIMI? - QUSHLAR QANDAY UCHADI, BIR-BIRINING PATINI NEGA CHO‘QIYDI, NIMA UCHUN SHOXDAN-SHOXGA QO‘NADI? - QAFASNING ICHIGA DON, TUXUM, TVOROG, SABZI, OLMA SOLAMIZ. - Masalan, tarbiyachi to‘tiqushlar haqida mashg‘ulot o‘tkazib, bolalarga hikoya qilib berishni topshirishdan oldin to‘tiqushlar haqida savollar beradi: - To‘tiqushning patlari qanaqa rangda? - To‘tiqush patlari uning hamma yerida bir xil ko‘rinishdami? Dumi, boshidagi patlari qanday? Qayerida uzunroq, qayerida kaltaroq? - Idishga suv solib qafasga qo‘yamiz, qushlar nima qiladi, cho‘miladimi, uchadimi? - Qushlar qanday uchadi, bir-birining patini nega cho‘qiydi, nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi? - Qafasning ichiga don, tuxum, tvorog, sabzi, olma solamiz.
- To‘tiqushlarimiz ularning qaysi birini xush ko‘rib yeydi? Bu savollar vositasida bolalar qushlar bilan ishlashga o‘rganadilar, savollar natijasida vakuzatishlar asosida «Men qushlarga donberdixn» mavzusida hikoya tuzish topshiriladi. So‘ng 5-6 boladan hikoyani so‘zlab berish so‘raladi. Zebinisoning hikoyasi hammaning diqqatini tortadi: «Dadam menga bozordan ikkita to‘ti sotib olib berdilar. To‘tilar kichkina qafaschada edi. Ikkinchi kuni ini bor, chiroyli, katta qafas olib keldilar va to‘tilami unga qo‘yib yubordilar. To‘tilar keng qafasga kirgandan so'ng sayray boshladilar, ham yayrab o‘ynay boshladilar.
- To‘tilaming pati yashil, havorang, sariq, kulrang bo‘lib, tovlanib turar edi. Ular bir-birlarining patlarini tozalay boshladi. To‘tilarning patlari bosh qismida kalta, dumida, qanotlarida uzun, kichik-kichik xolcha- lari ham bor. Xuddi ataylab chizilgandek. Hikoya tugagandan so‘ng tarbiyachi hikoyalami tahlil etib, eng yaxshi tasviriy lavhalarga, parchalarga bolalar diqqatini tortadi: ma- salan, to‘tiqushning patlari rangini Dilnoza sariq, yashil, kulrang, oq, havorang deb tasvirlaydi.; «To‘tiqushlar nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi?» degan savol- ga Dilbar: «To‘tiqushlar;mitti, jonsarak qushlar, o‘ynashni yaxshi ko‘radi», - dedi. Sarvar esa: «To‘tiqushlar don cho‘qiydi, tuxumni yaxshi ko‘radi, sabzi, olma bersak ham yeydi. To‘tilarga meva va sabzavotlar juda foydali», - deydi. Syujetli hikoyada ham biror voqea-hodisa hikoya qilinadi. Masalan, «Bizning oila», «Mening do‘stlarim», «Alla», «Do‘kon», «Bizning doktor», «Mening ko‘cham», «Ko‘cha ha- rakati qoidalari», «Men kim bo‘lmoqchiman», «Sayrda», «Paxta terimida», «Mehrjon bayrami», «Bizning qishloq» kabi mavzu- lardagi hikoyalar shakl jihatidangina emas, mazmunan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
- Bu hikoyalami tuzishda bolalaming nimalarga e’tibor berishi tushuntiriladi. 3. Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari. Hikoya tuzish jarayonida bolalaming narsalami ko‘rib idrok etishi, eslab hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi qismlarga bo‘linadi.
- Ko‘rgan narsalami idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq materi- allar asosida tuziladi. Ulardan tasawur etib hikoya qilish - ijodkorlik- ni talab qiladi. Bu hikoyalaming hammasi ham nutqning bog‘liqligi va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan muhimdir. Hikoya qilish usullari xilma-xildir. Jumladan, tarbiyachi tomonidan hikoyaning qisqacha namunasi berilishi mumkin. Bunda hiko- yaning bir qismi tuziladi yoki o‘yin tarzida bayon etiladi. So‘ng bolalarning o‘zlari hikoya tuzadilar. Masalan, «Bizning vrach» hikoyasi qanday yaratilganligini ко4 rib chiqaylik. Mashg‘ulotning maqsadi tibbiy yordam ko‘rsatish namunasida bemorlarga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini tarbiyalash orqali bolalar nutqini rivojlantirishdan iborat.
- Hikoya o‘yin jarayonida o‘yinchoqlar vositasida bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish, «bemor», «tez yordam» xodimlari bilan muloqot asosida tuziladi. Sardorning hikoyasi: «Sanjar qovunni ko‘p yeb qo‘yib, qomi og‘rib qoldi. Otasi «tez yordam» chaqirdi. Shifokor kelib, bemor Sanjarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatdi. Sanjaming otasi, onasi shi- fokorga tashakkur bildirdilar». Mehrinisoning hikoyasi: «Gulnoza dam olish kuni i?pasi, singli- si bilan hovlida o‘ynadi. Oyisi murabbo qaynatish uchun bir chelak olxo‘ri olib kelgan edi. Gulnoza, opasi, singlisi o‘ynab-o‘ynab chan- qadilar. 01xo‘ridan yeb olib, bir necha marta sovuq suv ichishdi. Uchalasining ham qomi og‘rib, isitmasi ko‘tarildi. Ularni dadasi mashinada poliklinikaga olib bordi. Poliklinikada bolalar shifokori, hamshira opa ularga shoshilinch yordam ko‘rsatdi. Ular kerakli dori-darmonlami olib, tezda sog‘ayib ketdilar. Shundan so‘ng ho‘l meva yeb, qaynatilmagan suv ichmaydigan bo‘ldilar». Hikoya tuzishda uning rejasi, mazmunining asosiy qismlari bolalar tomonidan muhokama etilib, ma’lum qismi bayon qilinadi. Bolalar yo‘l qo‘ygan xatolar tuzatib boriladi va oxirida xulosa qilinadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida «Bog‘cha sahnasi uchun sa- boq» nomli bir pardali, bir ko‘rinishli pyesa sahnalashtirilib, namo- yish etiladi va bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Spektakldan so‘ng tarbiyachi bolalardan asar voqealarini hikoya qilib berishni so‘raydi.
- Bolalar ko‘rgan-kuzatganlarini qoldirmasdan hikoya qiladi: Sobir. Katta ko‘chada mashinalar g‘iz-g‘iz o‘tib turganda, birdan ko‘chaning o‘rtasida samokat uchib kelayotgan Bo‘rivoy ko‘rinadi. U mashinalaming ishorasiga ham e’tibor bermaydi. Shunda sveta- for uni to‘xtatadi va tanbeh beradi. Bo‘rivoy bunga e’tibor bermay, qochib qoladi. Sanjar. Svetafor va qayerdandir paydo bo‘lgan Bo‘rivoy quyon- lami quvib ketishadi. Bo'rivoy qo‘lga olindi. DAN mashinasi yetib keladi va Bo‘rivoy qafasga qamaladi. Zuhra. Quyonlar Bo‘ridan qutilganiga xursand bo‘lganidan sakrab o‘ynay boshlaydilar. Birdan mashinalardan biri quyonchani urib yuboradi. «Tez yordam» mashinasi yetib keladi va quyonchaning oyog‘ini gipslab qo‘yadi. Quyonlar yo‘l harakati qoidasiga rioya et- may ko‘chada o‘ynaganlari uchun shikast yeydilar. Har uchala tarbiyalanuvchi ham yo‘l harakati qoidalarini ku- zatganlari asosida esda saqlab qolganlarini to‘g‘ri izchil, gapirib beradilar. Ulaning hikoyasini boshqa bolalar to‘ldiradilar.
- Bu usulda ko‘rgazmalilik, kuzatish muhim rol o‘ynaydi. Bolalar o‘zlari va tengdoshlarining narsalarini taqqoslaydilar, o‘xshash va farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu jarayonda hikoyani «to‘qish» oddiydan murakkabga qarab boradi. «Kim tez va chiroyli uy qura oladi?» o‘yini bolalaming fikrlash doirasi nihoyatda kengligini ko‘rsaiadi. Mashg‘ulotning maqsadi bolalami bir qavatli va ko‘p qavatli uylar qurish, qurilish vositalari, quruvchilar haqida ijodiy tasawur qilishga, o‘ylashga, fikr yuritlishga yo‘llash, quruvchilar mehnati bilan tanishtirish asosida nutqini rivojlantirishdan iboratdir. Qurilish materiallari: G‘isht, panel, bloklar, ko‘tarma kranlar, yuk mashinalar, ishchilar uchun ish qurollari, uy maketlari, mashg‘ulot uchun ko‘rgazmali qurollar vazifasini o‘taydi. Bolalar uch gumhga bo‘linib, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha turar joy, bolalar bog‘chasi, do‘kon qurishni boshlab yuboradilar. Qurilish materiallari, ish qurollari har uch guruhga bab-baravar taqsim- lanadi. Bir guruh bolalar rasmga qarab, turar joy binosi, ikkinchi guruh bog‘cha, uchinchi guruh esa do‘kon quradilar
Do'stlaringiz bilan baham: |