Shakllanishi



Download 290,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana13.03.2022
Hajmi290,3 Kb.
#492475
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-мавзу

 
XULOSA 
XVII-XVIII asrlarda qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dastlab Angliyada klassik 
iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo`la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g`oyalar V.Petti nomi bilan 
bog`liq (burjua inqilobi, manufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlarning 
chegaralanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqlimiy 
sharoitlar). 
Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g`oya merkantilizmdan prinsipial 
farq qiladi, agar merkantilizmda boylikning asosi muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, 
savdo saldosi)da vujudga keladi deb qaralgan bo`lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida 
vujudga keladi deb isbotlab berildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, 
kapitalistlarni himoya qildi, xususiy mulkni "muqaddas" va "dahlsiz" deb bildi. U iqtisodiy 
tadqiqotda tabiiy fanlarni, ya'ni mavhum usullarni qo`llab har bir masalaning ichki bog`liqligiga 
asosiy e'tiborni qaratdi, matematik va statistik usullardan keng foydalandi. 
V.Petti "tabiiy baho" (qiymat), "siyosiy baho" tushunchalarini kiritdi, tovar qiymatining 
unga sarflangan mehnat miqdori bilan o`lchanishi g`oyasiga, ya'ni qiymatning mehnat 
nazariyasiga asos soldi. "Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi. 
Qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushundi. 
Ish haqi ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo`lgan jismoniy minimum, ya'ni "yashash, 
mehnat qilish va ko`payish" uchun kerak darajada to`lansa bas, degan g`oyani ilgari surdi. 
Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilarning soliq to`lashlarini zarur deb 
bildi. 
Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to`g`ri hal etdi, ya'ni 
pul miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga to`g`ri, pulning aylanish oborotiga esa teskari 
proporsionalligini aniqladi. Pulning me'yorda bo`lishini qo`llab-quvvatladi. 
Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi va rentaning bir-biriga 
qarama-qarshiligini isbotladi (yer bahosini to`g`ri hal etmadi). 
Petti "Siyosiy arifmetika" va boshqa asarlarida statistika, aniqrog`i demografik 
statistika faniga asos soldi. "Aholi - boylik asosi" masalasini to`g`ri qo`ydi. Milliy daromad 
masalasini qo`ydi va uni qisman hal etdi. 
Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber ham muhim 
g`oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli Angliyanikidan ancha katta farq qilardi. Shu sababli 
iqtisodiy qarashlarda o`ziga xoslik seziladi. Agar Petti ko`proq sanoat va savdoni qo`llagan 
bo`lsa, Buagilber asosan qishloq xo`jaligi sohasini tadqiq etdi va o`zining muhim xulosalarini 
chiqardi. Qiymatni aynan iste'mol qiymati shaklida tushundi. "Proporsional baholar" tarafdori 
edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baholarni qo`lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini 
to`g`ri tushuntirib berdi, pulga salbiy munosabatda bo`ldi, oltin va kumushlarni yovuzlik sababi 
deb bildi. Noto`g`ri ravishda faqat qishloq xo`jaligini qo`llab-quvvatladi, sanoat va savdoga kam 


e'tibor qildi. Buagilberning iqtisodiy islohotlari bo`yicha takliflari o`z davri uchun nihoyatda 
ahamiyatlidir. 

Download 290,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish