b) ikkinehi (tuman-shahar) bosqichida - barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan aniqlangan g‘oliblardan 2021-yilning 6-dekabridan 14-dekabriga qadar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri, Ma’naviy-axloqiy tarbiya va bolalami ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sho‘basi mudiri, “O‘zbekiston tarixi”, “Ona tili va adabiyot” fani uslubchilari va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlaridan jalb etilgan 2 nafar mutaxassislardan iborat tuzilgan ishchi guruh tomonidan “Yangi O‘zbekiston-yangi imkoniyatlar” mavzusida hajmi 5 varaqdan oshmagan insho yozdiriladi.
Insho yozish ishchi guruh vakillari kuzatuvida, alohida sinf xonalarida tashkil etiladi.
Eng yaxshi deb topilgan insho (har bir tumandan 1 nafar o‘quvchining ishi) tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan tasdiqlangan ishchi guruhning bayonnomasi bilan (g‘olib o‘quvchining inshosini ilova qilgan holda)
14-dekabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi viloyat xalq ta’imi boshqarmalariga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |