3
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mustaqillikga
erishganimizdan keyin xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarihini
bilishga, o'zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu-tabiiy hol. Odamzod
borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o'zi tug'ilib voyaga etgan qishloq,
shahar, xullas, Vatanining tarihini bilishni istaydi. Eramizgacha va undan keyin
qurilgan murakkab inshootlar shu kungacha ko'rku-fayzini, mahobatini
yo'qotmagan.
Tarixiy shaharlarni rivojlantirish muammosini samarali hal qilishda
yodgorliklardan zamonaviy maqsadlarda foydalanish masalasi eng dolzarb
muammolardan biri bo'lib hisoblanadi. Tarixiy shahar markazlarini zamon
talablariga muvofiq takomillashtirish va qayta tiklash, me'moriy yodgorliklar bilan
yangi qurilishlarning o'zaro bog'lanishi muammosiga etarlicha keng
yondashuvni talab qiladi. Bu muammo odatdagidek, shahar strukturasiga
komplekslar, majmualar va alohida me'moriy yodgorliklarni kiritishga
asoslanadi.
O'rta Osiyo xalq ijodida shaharsozlik me'morchiligini o'rganish, shakllantirish,
ruvojlantirish, tarixiy obidalarni saqlash va kelajak avlodga meros qoldirish
muhim ahamiyatga ega.
Qadim-qadim zamonlardan boshlab dunyo madaniyati taraqqiyotida, muhum
o'rin tutib kelayotgan O‘rta Osiyo me‘morchiligiga qiziqish bugungi kunda ham
nihoyat o‘sib bormoqda. Ayni paytda yurtimizdagi tarixiy maskanlar o'zining
qadimiyligi va mahobati bilan sayyohlarnin e‘tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Shunday ekan, bugungi kunda mahalliy va hududiy madaniyatlar taraqqiyotiga
e‘tibor bermasdan turib, zamonaviy me‘morchilik, shaharsozlik sohasini
rivojlantirib bo‘lmasligi hammamizga ma'lum. Chunki avvalo har bir milliy
madaniyatni rivojlantirmasdan turib, umummilliy taraqqiyotga erishish mumkin
emasligi ravshandir. O‘tmish madaniyatimiz, tariximiz va san‘atimiz ildizlarini
chuqur tadqiq etmasdan taraqqiyotga erishish mumkin emas. Darhaqiqat,
bugungi kunda milliy madaniyat va san'atimizning barcha sohalarini qayta
4
jonlantirish va takomillashtirish, ilg'or umuminsoniy qadriyatlarni astoydil
o'zlashtirib borish bilan birga, o'zligimizni eng samarali milliy an'analarimizni
saqlab qolish va rivojlantirish masalalari respublikamizda qabul qilingan milliy
g'oya dasturiga ham kiritilgan.
Ushbu yo'lda Oliy Majlis tomonidan 30.08.2001 yilda ―Madaniy
yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish‖ bo'yicha O'zbekiston Respublikasi
qonuni qabul qilinib va shu bilan birga 04.04.2002 yilda ―O'zbekiston
Respublikasi shaharsozlik Kodeksi‖ ishlab chiqildi. Bular yodgorliklarni
saqlash, ta'mirlash va ulardan foydalanish bo'yicha qonun-qoidalarni o'z
ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: