Shahrisabz filiali


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 1,41 Mb.
bet18/68
Sana09.06.2022
Hajmi1,41 Mb.
#646696
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68
Bog'liq
fayl 1045 20210522-converted

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


  1. “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

  2. “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni.

  3. “2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- yil 29-dekabrdagi PQ-2707-sonli Qarori.

  4. “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9- sentyabrdagi PQ-3261-sonli Qarori.

  5. Rahimov Sh. Asosiy vazifa – bolalarni ta'limga qamrab olish.// “Maktabgacha ta'lim” jurnali, 3-son, 2017. 2-3 bet.

  6. Quronov M. Bolam baxtli bo‘lsin, desangiz...: ota-onalar uchun. – T.: Manaviyat, 2013. – 320 b.



  1. Mavzu: Pedagog tarbiyachi shaxsini shakllantirish, tarbiyachining nutq madaniyati


Reja:

  1. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar.

  2. Uning shaxsini shakllantirish.

  3. Pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati.

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga ma'suliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog‘lik. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma'suliyatli vazifalarni bajaradi.


Maktabgacha pedagogika fani – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma'naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa yuqki, uning ustozi bo‘lmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog‘on etib turuvchi yulboshchisi bo‘ladi.
Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.
Tarbiyachi yosh avlodni halkimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma'suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarning tarbiyalash sifati uchun halq va jamiyat oldidagi o‘z ma'suliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma'lumki O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (1996-yil 9- yanvardagi) Farmoniga binoan «1 oktyabr Xalq ta'limi hodimlari – o‘qituvchi murabbiylar kuni» deb e'lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o‘qituvchilarni jamiyatda tutgan o‘rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg‘or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «katta o‘qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a'lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalk ta'limi xodimlari orasidan respublika buyicha deputatlar saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
Jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmokda. Pedagog xodimlarni malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmokda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmokda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o‘tishlari uchun shart-sharoit yaratilmokda.

Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Uning shaxsini shakllantirish. Pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati.


Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma'lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta'lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir.
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma'naviyat
– yengilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta'rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta'lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hyech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi”.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi- o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta'lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq.
Ma'lumki, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta'lim- tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish