Toshkent. Amir Temur
ko‘chasida joylashgan
Milliy bank, Xalqaro savdo
ko‘rgazma majmui.
172
Toshkentdagi Amir Temur ko'chasida joylashgan Xalqaro savdo-
ko'rgazma majmui (XSKM) qurilishi nihoyasiga yetishi bilan birinchi
marta qisqa muddatda ishbilarmonlar, mehmonlar va shahar aholisi
uchun ommaviy tashrif buyuradigan zamonaviy, yaxht, har taraflama
xizmat ko‘rsatadigan majmua bunyod etildi. Majmua savdo markazi,
biznes markazi, xalqaro otel, Milliy bank binosini o ‘z ichiga oladi.
Mazkur majmuaning sobiq XX Yu К hududida joylashuvi 0 ‘zekspo-
markaz xizmat imkoniyatlarini ancha to‘ldirish va kengaytirish imkonini
berdi. XSKM ko‘l qirg‘og‘i yoqalab Akvabog1 va bolalar bog‘i ko‘rkam
joylashgan bog‘ hudud shaharsozligi tuzilmasiga uyg‘un kirishib ketgan.
XSKMning barcha binolari o'rtasida ko'pqavatli faworalar otilib tuigan
aylanma maydon tevaragida radial joylashgan va mazkur majmuaning
taqsim lovchi old m aydoni, o'/.iga xos ochiq foyesi hisoblanadi.
XSKMning arxitekturaviy-shaharsozlik kompozisiyasi arxitektor A.
To'xtayev rahbarligi ostida ishlab chiqilgan. Loyiha nusxasini ishlab
chiqishda «Toshkentboshreja* loyiha institutining arxitektorlari va
muhandislari jalb etilgan.
«Interкоntinental» oteli mazkur
majmuaning asosiy binolaridan biri
sanaladi, u arxitekturaviy-rejaviy
yechimning o ‘ziga xosligi bilan ajraUb
turadi. M ehmonxona binosining bosh
devori janubi-g'arbga qaragan va och
kulrang sayqalli tax tach alar bilan
qoplab chiqilgan, ustidan oynavand
qilingan, shuningdek, matbuot zali-
rung sarg ‘ish yo ‘l-y o ‘1 c h iziq la ri
Toshten, , Io„ rtoil,lnenMI,
tortilgan.
mehmonxonasi.
250 o'rinli mehmonxona majmuida
besh yulduzli m ehm onxonalam ing xalqaro andozalariga muvofiq
ravishda mehmonlarga serviz xizmati ko'rsatish to'liq yo'lga qo'yilgan.
Barcha nom er (xona)lar zamonaviy jihozlar, shamollatish tizimlari,
o ‘t o'chirish va yong'indan darak berish tizimlari, qulay mebellar
bilan ta ’minlangan. Otelda 500 o'ringa m oijallangan restoranlar va
barlar (italyancha, meksikacha va hokazolar). shuningdek, raqs zali,
d o 'k o n la r, hovuzli va saunali so g 'lo m lash tirish klubi m avjud.
Ko'pqavatli foye-atrium otelning alohida-alohida xonalarini birlashtirib
(uradi, mijozlaming hordiq chiqarishlari va kutishlari uchun har
laraflama qulaylikka ega joylar muhayyo etilgan. Tezyurar, atrof ko‘rinib
173
turadigan va servisli liftlar o ‘n uchta yerusti qavatlarini bir-biriga
bog‘lab turadi.
Ikki qavatli, erto‘lali Savdo markazi binosining maydoni 8150 m2
bo'lib, supermarket, «butik» turidagi katta-kichik do'konlar va m a’
muriy ombor xonalarini o ‘z ichiga olgan. Ikki qavatli atrium va rejada
asosiy, qayirma zinalari, tushib kelayotgan suv ustuni shaklidagi rangi
chiroqli bezakdor faworalari bo'lgan ayvon yo'laklar mazkur inshoot
ichki bo'shlig'idagi kompozision markaz hisoblanadi.
Ushbu rangin bo'shliq atrofida ichki qulayliklar va dizayn unsurlari
bilan birgalikda asosiy xonalaming joylashuvi ular yuzaga keltirgan,
mijozlarga samarali xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan mazmundorlikni
beigilab beradi.
Biznes markaz — bu yirik ofis majmua bo'lib, 3 yerto'la va 16
yerusti qavatlaridan iborat. 3-dan 16-qavatgacha joylashgan ofis xona-
laridan tashqari unda yana restoran, kafeteriy va 400 o'rinli bar, 300
o'rinli matbuot zali (garderobU va bufeti bilan), ko'rgazma zali (580
m2), 3 ta majlislar zali va 110 o'rinli matbuot zali o'rin olgan. O 'n ikki
tezyurar yo'lovchi lifti va xodimlarga xizmat ko'rsatish uchun ikki
servis lifti ushbu qavatlam i bir-biriga bog'lab turadi. Bino rejada
mutanosib tiklangan, uning ikki qismi ochiq zinali, aylanma ayvon
yo'lakli, lift xollarida suyri balkonlari bo'lgan, mayda-chuyda arxitek-
turaviy shakllar, gulzorlar va faworali markaziy rangin atrium bilan
birlashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasining O'zbekiston Milliy banki (O'MB)
m arkaziy ofisining 23 qavatli binosi butun m ajm ua ichida eng
muhtashami hisoblanadi (balandligi 106 m).
O'ziga xos qiyofasi bilan esda qoladigan chorsi shaklga ega, ixcham
binoning butun balandligi bo'ylab to'rttala burchakdagi temir-beton
ustun tutib turadi, barcha devorlar va tom oynavand.
Binoning foyesi, atrium lari o 'z m ahobati bilan hatto tajribali
mutaxassislami ham lol qoldiradi. Bezakdor hovuzchalar, haykallar,
ko'rinib turuvchi manzarali liftlar, keng ish zallari, zamonaviy ofislar,
yigirma ikkinchi qavatda joylashgan, eng yangi kompyuter texnikasi
bilan qurollangan va «erkin reja» tamoyili bo'yicha hal etilgan ikkita
muzokaralar zali va nihoyat oynavand tom ostida joylashgan qishki
bog' - bular barchasi binoning badiiy yaxlit taassurot qoldirishiga
imkon beradi.
Bank xodimlari uchun oshxona, tibbiyot xonasi va yengil avtomashi-
nalar uchun yerosti garaj ko'zda tutilgan. Tezyurar va servis liftlari
174
qavatlami bir-biriga bogiaydi. Bino zamonaviy muhandislik jihozla-
rining barcha turlari bilan ta ’minlangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining m a’muriy binosi
(arxitektorlar A. Chernixov, R. Shokirov, A. Taranenko, I. Li)
Toshkentning markaziy qismida, 0 ‘zbekiston va Shevchenko ko‘chalari
kesishgan joyda 1997—1998-yillarda barpo etilgan.
Bosh m a’muriy bino kompozisiyasi uch qavatli ishlab chiqarish
binosi va qarshida 0 ‘zbekiston ko‘chasida joylashgan m a’muriyatning
o ‘n besh qavatli binosi o ‘rtasidagi arxitekturaviy qarama-qarshilikka
asoslangan.
M a’muriy binoning baland qad-qomati mazkur joydagi barcha
past qavatli uylami birlashtirib turadi.
Binoning old devori shimolga, bank ishlab chiqarish binosi tomonga
qaragan. Bino to ‘rt burchakli, rejada 21x30 m dan iborat o ‘n besh
qavatli hajmni o ‘zida namoyon ctgan. Ichki bo‘shliq lo‘nda va odmi
hal etilgan — har ikki tom onda ishchi xonalari joylashgan yo‘lak bor.
Xonalar pardozida a’lo sifatli chet el qurilishi ashyolari bilan bir
qatorda badiiy sopol, ganch o ‘ymakorligi va suvog‘i, «Mikond» zavodi
shisha buyum laridan foydalanilgan. B inoning tashqi pardozida
0 ‘zbekiston, Ukraina, Yugoslaviya va Isroil ashyolari ishlatilgan.
0 ‘zbekiston ko‘chasi o ‘qi bo'ylab Toshkent shahri markazida 1999-
2000-yilda qurilgan Moliya xizmatlari banklararo markazi binosi
(MXBM) joylashgan. 0 ‘z arxitekturasi va qiyofasi bilan u Toshkentdagi
yana bir baland inshootni nam oyon etgan (yer sathidan nayzasi
uchigacha 89,7 m). U shahar markazining shu qismini o ‘zining
mahobatli gavdasi bilan to ‘ldirib turadi.
Umumiy maydoni 15500 m 2 b o ig an bino ikki yer osti va yigirma
bir erusti qavatidan iborat.
Balandligi olti qavatga baravar keng atrium binoning bosh eshigi
sanaladi. Atrium baravarida bir tom ondan 100 o ‘rinli restoran va
ikkinchi tom ondan matbuot markazi o ‘rin olgan.
Binoga xizmat qilish uchun vestibyulda 5 ta lift bor, shulardan
ikkitasi manzarali bo‘lib, umumshahar markazining kattagina qismini
tomosha qilish imkonini beradi.
Vestibyul intereri tabiiy ashyolardan (marmar, yog‘och, temir)
zamonaviy uslubda ishlangan bo'lib, milliy bezak nam unalaridan
me’yorga qarab foydalanilgan. Atriumdan 450 o ‘rinli har taraflama
xizmat ko'rsatishga m o‘ljallangan zalga kirib borish mumkin. Zal
anjumanlar, seminarlar, konsertlar va hokazolar o ‘tkazishga mo‘ljallan-
175
gan, yuqorida tilga o lingan vazifalarni bajarishni t a ’m inlovchi
zamonaviy tizimlar bilan jihozlangan. 5 lifltda atriumdan namunaviy
12 qavatdan har binning markaziy qismidagi lift xolliga ko'tarilish
mumkin.
Namunaviy qavat rejasi oddiy bo‘lib, xizmatiga qarab taqsimlangan
va qurilgan. 0 ‘ngda rahbariyat ofislari, chapda ishchi ofislar joylashgan,
ular erkin rejada hal etilgan. Barcha ofis xonalari aloqa va signalizasiya
tizim lari bilan jihozlangan bo'lib, eng yangi texnik yutuqlardan
foydalanilgan.
Binoning 14-qavati YIP rejani o ‘zida namoyon etgan. 0 ‘ng tom on-
da qabulxona va dam olish xonasi bo‘lagan katta kabinet joylashgan.
Qavatning o ‘ng qanotida 20 o ‘ringa mo'ljallangan kengashlar zali
bor, uning oldida bir peshtaxtasi va mehmonlar uchun ishchi kabineti
bilan jihozlangan kutish zali ko‘zda tutilgan.
19 qavatda 60 o'rinli aylanma farshli restoran bo‘lib, unda mijozlar
stollarda o‘tirishadi. Bunday echim mijozga shaharning ham zamonaviy,
ham tarixiy manzarasini tom osha qilish imkonini beradi. Restoran
intereri m odem uslubida, milliy arxitektura ramzlaridan foydalanib,
hal etilgan.
U nda maxsus yorug‘lik tushadigan derazalar bilan oynavand sirt
birikib ketgan. Sayqallangan va zanglamaydigan po'latdan yasalgan
buyumlar ham talaygina. Oqshomgi va tungi vaqtda ma’dan, shisha
Do'stlaringiz bilan baham: |