2.
Tarx qismidagi zinapoya qismlarining to’g’ri chizish.
Ko‟p qavatli turar joy uylarida zinapoya tugunlari tutun qamalib qolmaydigan
bo‟lishi kerak. Hozirgi paytda ko‟pqavatli uylarni qurish zaruriyatga aylanib qoldi.
Bu binolarda yerning o‟rnini almashtirish uchun ochiq yozgi xonalardan
foydalanilyapti, shunday qilib, bu uylar ichkarisida qulayliklar barpo qilinyapti.
Ko‟p qavatli binolarning kamchiliklarini kamaytirishga vertikal holda va yer
qimirlashiga yetarli qarshilik ko‟rsatadigan qurilmalarni ishlatilish orqali
erishilyapti, bundan tashqari toza havo almashtirishni tezlatish, shahar shovqinini
yuqori qavatlarga kamroq eshitilishi, bu uylarni yashashga qulayroq qilib
moslashtiradi
.
Ko‟p qavatli turar-uy tarxiy tuzilmasida zinapoya lift tuguni katta ahamiyatga
ega. U vertikal va gorizontal kommunikatsiyalar tizimida funktsional muhim
bo‟g‟in bo‟lib, insonlarning avariya holatida evakuatsiyasini tahminlaydi.
Turar uylarda vestibyul va qavatlardagi xollar yechimi yong‟inga qarshi
talablar bilan uzviy bog‟liq. Hozirgi kunda, yong‟in vaqtida ko‟p qavatli turar-uy
yashovchilarini tez va xavfsiz evakuatsiyasini tahminlovchi qoidalar o‟rnatilgan.
Ko‟p qavatli turar-joyning zinapoya-lift tuguni quyidagilardan iborat bo‟lishi
kerak: zinapoya, lift, birinchi qavatda-vestibyulg‟ va chiqindi yig‟ish joyi, boshqa
qavatlarda esa eshiklar bilan ajratilgan lift xollari, bu eshiklardan xonadonlarga
kirish mumkin bo‟lgan yo‟laklarga, tutun yig‟ilmaydigan (yoki oddiy) zinapoyaga,
hamda chiqindiyig‟ish joyiga o‟tish mumkin.
(1-rasm)
To‟qqiz qavatgacha bo‟lgan sektsiyali turar-uylarda yong‟inga qarshi chora-
tadbirlarni qo‟llash talab qilinmaydi. Xonadonlar bir zinapoyaga (oddiy) chiqish
joyidan va sektsiyadan sektsiyaga o‟tuvchi balkonlardan iborat bo‟lishi yoki
ko‟ndalang yon tomonli sektsiyalarda tashqi zinapoyalar bo‟lishi kerak.
To‟qqiz qavatdan yuqori bo‟lgan turar-joylarda zinapoya-lift tuguni ahamiyati
oshadi va zinapoya katagi tuzilmasi o‟zgaradi. Yong‟inga qarshi mehyorlar tutunga
to‟lmaydigan uch turli zinapoya tugunlarini ko‟zda tutadi, turar-uylarda esa
ulardan faqat ikkitasi ishlatiladi.
Birinchi tur zinapoya tugunida tashqi muhiti orqali kirish-chiqish joyiga ega
bo‟lishi, balkonlar, lodjiyalar, ochiq o‟tish joylari, galereyalardan iboratbo‟ladi.
Ikkinchi tur zinapoya tuguni yong‟in vaqtida havoni haydovchi qurilmaga ega
bo‟ladi
(2-rasm).
Bu uylarda yashovchilar vertikal harakat uchun har doim faqat
liftdan foydalanishadi, zina esa avariya holatida foydalanish uchun mo‟ljallangan
deb hisoblanadi. Birinchi tur zinapoya tugunining yong‟in vaqtida tutunga
to‟lmasligi maqsadida, uning turar-joydagi barcha kommunikatsion xonalardan
to‟liq izolyatsiyasi (himoyasi) ko‟zda tutilgan. U bevosita faqatgina tashqi muhit
bilan bog‟langan bo‟lishi kerak, birinchi qavatdagi undan chiqish esa to‟g‟ridan-
to‟g‟ri ko‟chaga olib chiqishi kerak, bu undan xavfsiz foydalanishni ko‟zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |