3
Kirish
SHaharlar geografiyasi yoki geourbanistika iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning alohida
tarmog‘i bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining geografiya yo‘nalishi talabalari uchun o‘qitiladi. Fan
shaharlar to‘ri va tizimlari rivojlanishining tarixiy-geografik, sotsial, iqtisodiy-geografik,
shaharsozlik jihatlarini o‘rganishga, urbanizatsiyaning murakkab, zamonaviy global xarakterini
ochib berishga, shaharlar va ularning tizimlarining rivojlanish strategiyasi geografik jihatlarining
mazmuni va ahamiyatini, shaharlarni joylashtirish, rivojlantirish, loyihalash va boshqarish
asoslarini o‘rganishga qaratilgan.