Farg’ona politexnika instituti Arxitektura va qurulish materiallari fakultet 7-20 Arxirektura guruhi talabasi Roziqjonov Sobirjonning Shaharsozlik asoslari va barqaror rivojlanishi fanidan tayyorlagan taqdimot ishi Shahar qurilmalarni kompozitsion echimlari. - Shaharning me’moriy ko’rinishining ma’nodorligi – uning muhim sifati – ko’p omillar bilan, avvalo shaharning rejaviy tuzilishining to’g’riligi, uning elementlarining bir-biriga mos va uyg’unligi bilan belgilanadi. Shaharning funktsional vazifalari, jamoat markazi sistemasi, kompleks turar-joylar va aniq ajratilgan sanoat tumanlari, o’zaro bog’liq yo’l kommunikatsiyalari tizimi echilgan bo’lsa, qoida bo’yicha shahar ko’rinishi ma’nodor hisoblanadi. U insonga tushunarli va engil qabul qilinadi.
- Shahar ko’rinishi ma’nodorligining yana bir muhim omili – o’ziga xoslik va takrorlanmaslikdir. Aynan shaharning individualligi orqali shaharning rang-barangligi ochiladi. Shahar ko’rinishining individualligi doimiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar – tabiiy muhit, tarixiy merosning saqlanishi, shaharsozlik madaniyati darajasi, texnik imkoniyatlar va h.k.lar bilan yaratiladi.
Shahar ko’rinishida har xil davrlar asoratlari bog’langan. Shahar chegarasida, ayniqsa tarixiy shakllangan markaziy qismida o’zaro yonma-yon holda o’tmish, hozirgi kun va kelajak alomatlari hisoblangan inshootlar joylashgan. Shahar muhitida ular yagona birlikni tashkil qiladi va ularning birligi jamiyatning o’sib borayotgan talablarini o’zida aks etib, dinamik xarakterni ifodalaydi. Shahar ko’rinishida har xil davrlar asoratlari bog’langan. Shahar chegarasida, ayniqsa tarixiy shakllangan markaziy qismida o’zaro yonma-yon holda o’tmish, hozirgi kun va kelajak alomatlari hisoblangan inshootlar joylashgan. Shahar muhitida ular yagona birlikni tashkil qiladi va ularning birligi jamiyatning o’sib borayotgan talablarini o’zida aks etib, dinamik xarakterni ifodalaydi. - Shaharning me’moriy-badiiy ko’rinishining ma’nodorligi quyidagilarga asoslanadi: magistral ko’chalar bilan bog’langan asosiy ansambllar (jamoat markazlari, maydonlar) ajratiladigan shaharning umumiy rejaviy tuzilishi; bu ansambllarning vizual aloqasi va shaharning fazoviy muhitlarini to’g’ri ochib berish; qurilish hududining milliy va iqlimiy xususiyatlarini hisobga olish; shahar kompozitsiyasiga tabiat elementlari – relef, o’simliklar, suv havzalarini ko’p miqdorda qo’shish; kompozitsionvositalar – rang, kontrast, ritm, masshtab va masshtablilikdan foydalanish; qurilishga arxitektura yodgorliklarini qo’shish.
- Shahar maydonlari har xil arxitekturaviy-rejaviy tashkil etishga ega bo’lishi mumkin. Maydonlar yopiq, butunlay qurilmalar bilan o’ralgan bo’lishi mumkin. Ularning kompozitsiyasi va badiiy ma’nodorligi maydonning shakli, mutanosibligi (proportsiyasi) va atrofidagi binolar arxitekturasiga bog’liq. Perimetri butunlay binolar bilan o’rab olinmagan maydonlar ham bo’ladi. Bu holda maydon kompozitsiyasida qurilmalardan ochiq hududlarida namoyon bo’ladigan shahar perspektivalari ishtirk etadi. Asosiy kompozitsion rolni o’simliklar egallaydigan maydonlar ham mavjud.
Sanoat maussasalari va ularning komplekslari ham shaharning me’moriy ko’rinishiga ko’proq ta’sir ko’rsata boshlamoqda. Birinchi o’rinda baland muhandislik inshootlari, yirik ishlab chiqarish binolari, ma’muriy-boshqarish binolari va ilmiy-tadqiqot institutlari korpuslari ta’siridir. - Shahar ansambllarining muhim elementlari yirik jamoat binolari: teatrlar, kontsert zallari, san’at saroylari, muzeylar, kinoteatrlar va h.k.lar hisoblanadi. Ular keng ko’chalar va maydonlarning vizual yakunini tashkil etishga, atrofdagi turar-joy qurilmalari bilan zaruriy kontrastni yaratishga yordam beradi.
Shaharning umumiy me’moriy-badiiy ko’rinishini yaratishda yashil, bog’ va parklarning ahamiyati katta. Ko’kalamzor hududlar shahar muhitini so o’simliklarning g’lomlashtirish funktsiyasi bilan birga me’moriy ob’ektlar va shaharning barcha qurilmalarini boshqacha qabul qilishga yordam beradi. Shaharning umumiy me’moriy-badiiy ko’rinishini yaratishda yashil, bog’ va parklarning ahamiyati katta. Ko’kalamzor hududlar shahar muhitini so o’simliklarning g’lomlashtirish funktsiyasi bilan birga me’moriy ob’ektlar va shaharning barcha qurilmalarini boshqacha qabul qilishga yordam beradi. Etiboringiz uchun rahmat !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |