Kiyev
Kiyev —
Ukraina
poytaxti.
Yirik sanoat, madaniyat va fan markazi, qahramon shahar, Kiyev
viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. Yirik temir yo'l, shosse va havo yoʻllari tuguni. Dnepr
daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi–5,8°, iyulniki 19,5°,
Shahar maydon 800 km
2
. Aholisi 2635,3 ming kishi (1998).
Hozrigi Kiyev xududida bundan bir necha ming yil muqaddam dastlabki manzilgoxlar boʻlgan.
"Kiyev" nomi 5-asr oxiri – 6-asr boshidagi uning afsonaviy asoschisi Kiy ismi bilan bogʻliq.
Kiyev mil. 6–7-asrlarda sharqiy slavyanlarning polyan qabilasi markazi sifatida tashkil
topgan. 882 yil Kiyev knyaz Oleg qoʻl ostiga oʻtdi va 1132-yilgacha
Kiyev Rusining siyosiy,
madaniy va savdo markazi. 1240-yil Kiyevni moʻgʻullar zabt etdi. 1362-yildan Litva va Polsha
tarkibida. 1654-yilda Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olingan.
1917-yil oktabrda hokimiyatni Markaziy rada egʻalladi. 1918-yil 26 yanvarda Kiyevni kizil
armiya bosib oldi. 1918-yil 1 martdan Kiyev avval nemislar, keyin denikinchilar qoʻl
ostida
Kiyev
Bayroq
Gerb
50°27′0″N 30°31′25″E / 50.45000°N 30.52361°E (https://tools.wmflabs.org/geohack/geohack.php?p
agename=Kiyev¶ms=50_27_0_N_30_31_25_E_scale:100000_type:city)
Hukumat
•
mer
Vitaliy Klichko
[[File:|290px|Kiyev xaritada]]
Kiyev
boʻldi. 1920-yillardan boshlab shaharning sanoat jihatdan ahamiyati oʻsa boshladi. 1941-yil
sentabrda Kiyevni fashistlar Germaniyasi bosib oldi, 1943-yil noyabrda Kiyev ozod etildi.
1990-yildan mustaqil Ukraina poytaxti.
Mashinasozlik, shu
jumladan, stanoksozlik,
transport mashinasozligi, aniq priborsozlik,
elektrotexnika va radioelektronika markazi. Yengil (shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik,
poyabzal), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.
Qurilish materiallari ishlab
chiqariladi. Metropoliten ishlab turibdi (1960-yildan). Ukraina Fanlar akademiyasi, 18 oliy
oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), 15 teatr (shu jumladan, Ukraina opera
va balet teatri), filarmoniya, qariyb 30 muzey (shu jumladan,
T. G. Shevchenkoning
adabiy-
badiiy muzeyi, tarix, ukrain tasviriy sanʼat muzeyi, rus sanʼati, gʻarb va sharq sanʼati
muzeylari,
xalk, meʼmorligi va turmushi muzeyi, Kiyev tarixi muzeyi, arxeologiya, xalq bezagi sanʼati
muzeylari, adabiyot va sanʼat
arxiv-muzeyi, tibbiyot tarixi muzeyi va boshqalar), respublika
stadioni bor.
Kiyevda Sofiya sobori (11-asr; qoʻngʻiroqxonasi 17–19-asrlar), Oltin darvoza (11-asr),
Vidubetsk monastiri (II-asr), Spas cherkovi (11-asr oxiri – 12-asr boshi), Kirill cherkovi (12-
asr), Kiyev Pechera lavrasi (12–18-asrlar), Andreyev cherkovi (18-asr), Vladimir sobori (19-
asr) saqlangan. 1947–54 yillarda shahar markaziy koʻchasi ansambli – Kreshchatik barpo
etilgan. 60–80-yillarda Rusanovka, Obolon va boshqalar turar joy massivlari vujudga keldi.
Babiy Yarda yodgorlik (1976), "1941–45 yillar urushi tarixi Ukraina davlat muzeyi"
memorial
majmuasi (1981) barpo etildi.
[1]
Kiyev shahrining rasmiy vebsayti (ukraincha) (http://kievcity.gov.ua/)
Sofianing maydoni
Havolalar
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Kiyev shahrining suratlari (ruscha) (http://ukrainian.su/photogallery.html?func=viewcatego
ry&catid=1)
Arxivlandi (https://web.archive.org/web/20100414082104/http://ukrainian.s
u/photogallery.html?func=viewcategory&catid=1)
2010-04-14
Wayback Machine
saytida.
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Geografiyaga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.p
hp?title=Kiyev&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Kiyev&oldid=2393236
"
dan olindi
Manbalar