1-jadval.
Ko’chalar va yo’llar qatnov qismining o’qlari bo’yicha yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan eng katta bo’ylama va ko’ndalang nishabliklar.
Ko’chalar va yo’llarning kategoriyalari
|
Bo’ylama nishab
|
Ko’ndalang nishab
|
Qizil chiziqlardagi eni, m da
|
Max
|
Min
|
max
|
min
|
1 . Tezkor yo’llar
|
0,04
|
0,004
|
0,025
|
0,015
|
60
|
2. Shahar ahamiyatidagi magistral ko’chalar va yo’llar
|
|
|
|
|
|
- uzluksiz harakatdagi ko’chalar va yo’llar
|
0,05
|
0,004
|
0,025
|
0,015
|
45
|
- tartiblangan harakatdagi ko’chalar va yo’llar
|
0,05
|
0,004
|
0,025
|
0,015
|
45
|
- rayon ahamiyatiga ega bo’lgan ko’chalar va yo’llar
|
0,06
|
0,004
|
0,025
|
0,015
|
35
|
- yuk avtomashinalari haraktlanadigan yo’llar
|
0,04
|
0,004
|
0,025
|
0,015
|
|
3. mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan ko’chalar va yo’llar
|
|
|
|
|
|
- turar joy
rayonlaridagi ko’chalar
|
0,08
|
0,004
|
0,025
|
0,015
|
25
|
- sanoat korxonalari va kommunal
omborxonalar joylashgan rayonlar yo’llari
|
0,06
|
0,004
|
0,025
|
0,015
|
15
|
- piyodalar o’tish
joylariga ega bo’lgan ko’chalar va yo’llar
|
0,04
|
0,005
|
0,025
|
0,015
|
|
- posyolka ko’chalari
|
0,07
|
0,005
|
0,025
|
0,015
|
15
|
- posyolka yo’llari
|
0,07
|
0,005
|
0,025
|
0,015
|
15
|
- o’tish yo’llari
|
0,08
|
0,005
|
0,025
|
0,015
|
|
Ko’chalar toifasi
|
Harakat-
ning hisob tezligi km/s
|
Harakat yo’lagining eni, m
|
|
Qizil chiziqlardagi eng katta eni, m
|
Trotuarning eng katta eni, m
|
Tarhdagi egrilikning eng kichik radiusi, m
|
Uzunasiga eng katta nishablik, %
|
Vertikal egrilarning eng kichik radiuslari, m
|
qavariq
|
botiq
|
I. Umumshahar ahamiyatidagi magistralь ko’chalar:
|
100
|
3,75
|
6-8
|
-
|
4,5
|
500
|
50
|
6000
|
1500
|
to’xtovsiz harakat
|
tartibga solinuvchi harakat
|
80
|
3,75
|
4-8
|
60
|
4,5
|
400
|
50
|
6000
|
1500
|
II. Tuman ahamiyatidagi magistralь ko’chalar
|
60
|
3,75
|
3-4
|
45
|
3,0
|
250
|
60
|
4000
|
1000
|
III. Mahalliy ahamiyatga ega ko’chalar:
|
40
|
3,5
|
2-3
|
25
|
2,25
|
125
|
80
|
500
|
250
|
turar joy qurilishida
|
ishlab chiqarish va kommunal-ombor zonalarda
|
60
|
3,5
|
2-4
|
35
|
1,5
|
250
|
50
|
4000
|
1000
|
INTERPOLYATSIYA – biror miqdorning ma’lum qiymatlaridan foydalanib, shular o‘rtasidagi noma’lum qiymatlarni aniqlash.
Balandlik belgilarni interpolyatsiya usulida aniqlash
Gorizontallar oralig’ida joylashgan ixtiyoriy nuqta balandligini interpolyatsiya usulida aniqlash mumkin.
Bu usul quyidagicha bajariladi:
Qidirilayotgan nuqta orqali ikkala gorizontalga eng qisqa to’g’ri chiziq utkaziladi;
Gorizontallar balandligi orasidagi farqni ular orasidagi o’lchab olingan masofaga bo’linadi – [(106-104)/45]=0,044;
Olingan natijani qidirilayotgan nuqtadan, masalan pastdagi gorizontalgacha bo’lgan masofaga ko’paytiriladi; 0,044*16=0,71;
Natijani pastki gorizontal qiymatiga qushamiz, ya’ni
L=lp+[(lb-lp)/l]*l1 = 104 + [(106-104)/45]*16 = 104,71
bu yerda
L- qidirilayotgan nuqta;
lp – pastki gorizontal belgisi;
lb – baland gorizontal belgisi;
l – baland va pastki gorizontallar orasidagi masofa;
l1 – qidirilayotgan nuqtadan pastki gorizontalgacha bo’lgan masofa.
Vertikal rejalashtirish chizmasida ko‘chalarning o‘q chiziqlari kesishgan joyiga, hamda yer yuza qismining qiyaligi o‘zgargan joyga tabiiy qora va loyiha qizil belgi, hamda ishchi belgi o‘zining ishorasi bilan nuqtalar orasidagi qiyalik ko‘rsatiladiki, strelkaning ustki qismiga bo‘ylama qiyalik belgisi pastki qismiga shu nuqtalar orasidagi masofa yozib qo‘yiladi.
Vertikal rejalashtirish chizmasi.
Loyiha qizil belgisi
Tabiiy qora belgisi
Loyihaviy bo‘ylama qiyalik
Masofa
Ishchi belgisi
Suvning oqim yo‘nalishi
Vertikal rejalashtirish chizmasi asosan 2 bosqich jarayonida bajariladi. Birinchi bosqich jarayonida joyning yer yuza tuzilishini geologik materiallarni hamda injenerlik tekshirish ishlari materiallarini yaxshilab o‘rganib chiqadi. SHahar hududidagi yomg‘ir suvlarini tashqariga yuradigan magistral yo‘llarini va temir yo‘l yo‘nalishini aniqlaydi.
SHunday qilib, boshlang‘ich birinchi bosqichda bosh reja loyihasini ishlash uchun vertikal rejalashtirish chizmasiga optimal, yaxshi variantini tanlab olib ikkinchi bosqichga o‘tadi. Bu bosqich asosiy bosqich bo‘lib, oxirgi yakunlovchi vertikal rejalashtirish chizmasi ishlanadi.
Qizil gorizontallar loyiha usuli
Mikrorayon, mahalla, shahar maydonlari hiyobonlarini, skverlarini va boshqa kichik maydonlarini qizil gorizontallar loyiha usulida vertikal rejalashtiriladi.
Mikrorayon va mahallalarni vertikal rejalashtirilganda asosiy shartlaridan biri tabiiy yerning yuza tuzilishini har taraflama saqlab qolishdir, agar u yer qurilish va obodonlashtirish talabiga to‘liq javob bersa. Bunda yerning tuproq qatlamini saqlab qolamiz va bu yer shu joyni ko‘kalamzorlashtirishda katta rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari vertikal rejalashtirishda kam hajmda tuproq ishi bajariladi va yaxshi iqtisodiy tomondan foydalidir. Yo‘laklarning kesishgan joyida, boshi berk yo‘laklarning oxirgi tugagan nuqtasida, bo‘ylama qiyalik o‘zgargan joyda, hamma yo‘laklarning shahar ko‘chalari bilan tutashgan joyida, ya’ni qizil chiziq bilan birlashgan joyida va shahar ko‘chalarining yonidagi ariq oldida loyiha belgilari aniqlanadi.
Eni 5,5 m va undan ko‘p bo‘lgan yo‘laklar ko‘ndalang kesimi ikki yoqli qiyalikda bo‘lishi mumkin yoki yomg‘ir suvining oqish yo‘nalishiga hamda loyihalanayotgan yer yuzining tuzilishiga qarab uy tomonga yoki uydan qarama-qarshi tomonga qarab bir yoqli qiyalikda bo‘lishi mumkin.
Mikrorayonlarda yo‘l chetidagi toshning balandligi 8÷20 smgacha qabul qiladi, hisob uchun har safar 15 sm qabul qilinadi.
Qizil gorizontallar quyidagi oraliqda loyihalanadi. h=0,10; 0,20; 0,25; 0,50 m gorizontallar qadami deyiladi. Vertikal rejalashtirish loyihasi avvalambor ko‘chalarning hamma qismlari ishlanib bo‘lingandan keyin mikrorayon hududidagi yo‘laklar ishlanadi, ya’ni katta ko‘chalarga bog‘langan holda, undan keyin uylar, maydonchalar, yo‘laklarga bog‘langan holda ishlanadi.
Ko‘chalarda qizil gorizontallarni chizish, ko‘chalarning bo‘ylama va ko‘ndalang qiyaligiga bog‘liq. CHorrahalardagi qizil belgilar va ko‘chaning bo‘ylama qiyaligi vertikal rejalashtirish chizmasidan qabul qilinadi va ko‘chalarning ko‘ndalang qiyaligi ularning vazifasiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi jadvaldan qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |