agar kimda kim kofir
bo’lsa, unga iymon keltirmasa, albatta Alloh Taolo butun olamlardan Behojat
bo’lgan Zotdir
, deb, oyatni mana shu mazmunda tugatadi. Bu narsa kimda kim
Hajni yo’liga qodir bo’lgan holida tark qiladigan bo’lsa, unga hech qanaqa kafforat
yo’qdir. Misol uchun, insonning puli bor, sog’lig’i bor, lekin, Haj qilmayman, desa,
Haj qilishlikdan pulini qizg’ansa, yoki bo’lmasa Haj shartmas, deb bilsa, umuman
bunga iymon keltirmasa, yoki iymon keltirdim desayu, lekin puli bor, boyligi bor,
sog’ligi bor, bormasa, mana shu amalni bajarmasa. Albatta, Alloh Subhanahu Taolo
uning Hajidan Behojat bo’lgan Zotdir. Unga biron bir kafforati yo’q, lekin, mana shu
odam kofir deb sanaladi, millatdan chiqmagan kofir deb sanaladi. Chunki jumxur
ulamolar aytishganki, imom Termiziy chiqargan Hadislarida: ”Namozni tark qilgan
odamni ashoblar kofir sanashar edi”. Rosululloh sollallohu a’layhi va sallamning
sahobalari dinni eng yaxshi bilgan zotlardir. Chunki, ularga Rosululloh sollallohu
a’layhi va sallam shaxsan ta’lim berganlar va mana shu sahobalarning barchasi
ittifoq qilib, mana shu Islom ruknlarini bajarmaganlarning ichida birontasini tark
etganini kofir deb atashmasdi, illo, namozni tark qilganni kofir deyishadi. Namozni
tark qilganni kofir deyishar ekan, undan boshqa arkonlarni tark etgan, u Hajmi,
zakotmi, ro’zami, mana bularni tark qilishganni kofir deyishar edi, lekin millatdan
chiqadigan kofir deyishmasdi. Kofir bo’ladi, chunki Alloh Taolo Qur’oni Karimda
aytayapti:
ْْنَم َو
ْ
َْرَفَك
ْ
َّْنِإَف
ْ
ََّْاللّ
ْ
ْ ًِنَغ
ْ
ِْنَع
ْ
َْنٌِمَلاَعْلا
,
deb. Kimki, qodir bo’lgan holatida Hajga
bormagan bo’lsa, Alloh Taolo uni kofir deb sifatlayapti. Alloh Taolo kofir deb
sifatlayotgan bo’lsa, lekin sahobalarning barchasi ittifoq bo’lib, bu odam kofir
bo’ladi, lekin millatdan chiqadigan kofir bo’lmaydi. Zeroki, uning qalbidagi iymoni,
men buning Hajligiga iymon keltiraman, lekin bajarmiyman, degan masala
ketayapti. Yo’liga qodir bo’la turib, sog’lig’i qodir bo’la turib, qilmasa, e’tiqod qilib,
bajarmasa, kofir bo’ladi, chunki, Alloh Taolo farz qilgan narsani e’tiqod deb
bo’lmaydi, shart emas, desa, u kofir bo’lishi aniq. Bu yerda e’tiqod qilishi haqida
gap ketmayapti, qilmasligi haqida gap ketayapti. Men farz deb bilaman, deydi, lekin
qilmaydi. Mana shu odam kofir bo’ladi, lekin millatdan chiqmaydigan kofir bo’ladi.
Chunki, Rosululloh sollallohu a’layhi va sallam sahobalarining barchalari
namozdan boshqa narsaga, namozni tark qilishdan boshqa narsaga, millatdan
chiqaruvchi kufr, deb berishmagan, illo, namozni tark qilganga, nima e’tiqod bilan
tark qilishining farqi yo’q, namozni butkul tark qilgan odam, mana shu namozni
tark qilgan odam deganda tushunib olishligimiz kerak, jumxurning ittifoqi bor,
jumaning o’zini ado etgan, ikkita Hayitni ado etgan, ahyon-ahyonda namozni ado
etganlar butkul namozni tark etganga kirmas ekan, butkul namozni tark etgan,
deganga kiruvchi odamlar, bular hech qachon boshini sajdaga qo’ymagan, hech
qachon namoz o’qimaydigan insonlar, deb ittifoq qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |