Fan Geografiya Qo’ngirot tumani 14-Sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining geografiya fan o’qituvchisi Musayev Muxutdinning 8-sinfda kuni o’tadigan bir soatlik dars ishlanmasi Mavzu: O’zbekiston aholi si . O’zbekiston aholi sining tarkibi, Aholi punktlari. I-chorak 7-8-9- dars
O‘zbekiston kelajakda buyuk davlat bo‘lishi uchun qulay tabiiy sharoit ham, xilma-xil tabiiy boyliklar ham yetarlidir. Ammo bu boyliklar odamlarning aqliy va jismoniy mehnati orqaligina kishilar ehtiyojiga, jamiyat ravna- qiga xizmat qilishi mumkin. Millionlar mehnatini oqilona tashkil etish uchun aholi soni, tarkibi va mamlakat bo‘ylab joylashishi hisobga olinishi lozim.

O‘zbekiston aholi va inson omili (mehnat resurslari)ni takror ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining aholisi 2019-yil 33,2 mln kishidan ortgan .
Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra (2018-y.) O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha jahonda 44-o‘rinda turadi. Aholi o‘lganlar soniga nisbatan tug‘ilganlar sonining ortiqligi hisobiga doimo ko‘payib boradi.
Bunday ko‘payish aholining tabiiy ko‘payishi deyiladi. Aholi migratsiya hisobiga ham ko‘payadi. Buni aholining mexanik ko‘payishi deyiladi
Bunday ko‘payish aholining tabiiy ko‘payishi deyiladi. Aholi migratsiya hisobiga ham ko‘payadi. Buni aholining mexanik ko‘payishi deyiladi
Migratsiya - ko‘chish degan ma’noni bildiradi. Migratsiya ichki migratsiya va tashqi migratsiyaga bo‘linadi. Ichki migratsiya - aholining mamlakat ichkarisida, uning rayonlari o‘rtasida yoki qishloq joylardan shaharlarga ko‘chib yurishi. Tashqi migratsiya - mamlakatdan ko‘chib ketish (emigratsiya) yoki mamlakatga ko‘chib kelish (immigratsiya)
Aholining ko’chishi
O’zbekiston aholisining ko’payishi (mln kishi hisobida)
O‘zbekiston aholisining umr davomiyligi (yosh).
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholining tug‘ilishi va o‘lim ko‘rsatkichlarida ham o‘zgarishlar kutildi. 1991-yilda respublikada 723,4 ming nafar bola tug‘ilgan bo‘lsa, keyingi yillarda tug‘ilish soni kamayib,

2001-yilda tug‘ilish 513 ming nafarni tashkil etdi. Кеyinchalik aholi sonining ortishi, uning turmush farovonligi ko‘tarilishi bilan tug‘ilish soni ham ko‘paydi va 2017-yilga kеlib 716 mingdan ortiq chaqaloq dunyoga kеldi. Ayni paytda O‘zbekiston aholisi yiliga yarim mln dan ortiq kishiga ko‘payib bormoqda.
Yuqoridagilardan хulosa qilish mumkinki, mustaqillikning dastlabki 10 yilligida tug‘ilganlar soni kamayish tеndеnsiyasiga ega bo‘lsa, ikkinchi o‘n yillik va undan kеyingi davrda tug‘ilishlar soni ko‘paygan.
Аholi tabiiy ko‘payishining yuqori sur’atlari aholi zichligi (1 kv.km hududga to‘g‘ri keladigan aholi soni)ning ortishida ham o‘z ifodasini topmoqda. Bundan I asr avval mamlakatimiz bo‘yicha aholining zichligi har bir kvadrat kilometrga 10-11 kishini tashkil etgan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich 70 kishidan oshib ketdi.