Fizik usullar. Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash ularni tashkil etuvchi komponentlarning fizik xossalari: qaynash va qotish harorati, eruvchanligi, adsorbsion qobiliyati va boshqalar orasidagi farqqa asoslangan. Bu usullar neft tarkibidagi qaynoq haroratlari bir-biriga yaqin bo’lgan fraksiyalarni ajratishda, uglevodorodlarning ayrim sinflarini (deparafinlashda) ajratishda hamda individual birikmalarni ajratib olishda qo'llaniladi. Ko'pincha neft mahsulotlari atmosfera va past bosimda to'g'ri haydashda qo'llaniladi. - Fizik usullar. Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash ularni tashkil etuvchi komponentlarning fizik xossalari: qaynash va qotish harorati, eruvchanligi, adsorbsion qobiliyati va boshqalar orasidagi farqqa asoslangan. Bu usullar neft tarkibidagi qaynoq haroratlari bir-biriga yaqin bo’lgan fraksiyalarni ajratishda, uglevodorodlarning ayrim sinflarini (deparafinlashda) ajratishda hamda individual birikmalarni ajratib olishda qo'llaniladi. Ko'pincha neft mahsulotlari atmosfera va past bosimda to'g'ri haydashda qo'llaniladi.
1-rasm. Atmosfera vakuumli qurilmada neftni haydash. 1,2 — quvursimon pcchlar; 3,4 — rektifikatsiya kolonnalari; 5 — nasos; 6, 9, 12, 13 — issiq almashtirgichlar; 7, 10 — kondensatorlar; 8 — benzin qabul qilish qurilmasi; 11 — gazoyil qabul qilish qurilmasi.
Kimyoviy usullari. Heft va neft mahsulotlari tarkibidagi uglevodorodlarning harorat, bosim, katalizatorlar, kimyoviy reagentlar ta'sirida chuqur strukturaviy o'zgarishga asoslangan. Bu usullar juda muhim neft mahsulotlarini miqdorini ko'paytirish (masalan benzin) uchun, neft mahsulotlarini sifatini oshirish (masalan, benzinning oktan sonini oshirish, uchun, ayrim individual gomologlarini) olish uchun hamda kimyo sanoatining xomashyolarini (vodorod, sintez-gaz, atsetilin, alkenlar, diyenlar va boshqalarni) olish maqsadida qo'llaniladi. Sanab o'tilgan usullardan neft mahsulotlarini termik va katalitik krekinglashning turli xillari eng ko'p qo'llaniladi. - Kimyoviy usullari. Heft va neft mahsulotlari tarkibidagi uglevodorodlarning harorat, bosim, katalizatorlar, kimyoviy reagentlar ta'sirida chuqur strukturaviy o'zgarishga asoslangan. Bu usullar juda muhim neft mahsulotlarini miqdorini ko'paytirish (masalan benzin) uchun, neft mahsulotlarini sifatini oshirish (masalan, benzinning oktan sonini oshirish, uchun, ayrim individual gomologlarini) olish uchun hamda kimyo sanoatining xomashyolarini (vodorod, sintez-gaz, atsetilin, alkenlar, diyenlar va boshqalarni) olish maqsadida qo'llaniladi. Sanab o'tilgan usullardan neft mahsulotlarini termik va katalitik krekinglashning turli xillari eng ko'p qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |