1.1. O‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’limning muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishining garovidir. Dars bu sinfda aniq maqsadlarni ko‘zlab, belgilangan vaqt oralig‘ida
o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar uchun o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil
etilishidir.
Shunday ekan, har bir o‘qituvchi darsga tayyorlanmasdan turib kirishga
vijdoni yo‘l qo‘ymasligi, tayyorlanmasdan (dars ishlanmasisiz) kirgan darsiga
esa ish haqi olmasligini bilishi lozim.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda ikkiga bo‘linadi:
1. O‘qituvchining o‘z fani yuzasidan
umumiy tayyorgarligi ;
2. O‘qituvchining har bir
darsga kundalik tayyorgarligi .
O‘qituvchining
umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshadigan
jarayon bo‘lib, o‘quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:
— Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, o‘quv reja hamda ularga berilgan
tushuntirish xatlarini o‘rganib chiqish;
— faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan
tanishish;
— tegishli ko‘rgazma materiallarni, o‘quv-jihozlarini o‘rganish, ularni
qo‘llay bilish;
—ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish orqali
bilimini kengaytirish kabilardir.
Darsga tayyorgarlikning eng asosiysi bu o‘qituvchining
har bir
darsga kundalik tayyorgarligi dir
. Darsga tayyorgarlik ko‘rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi
lozim:
1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt
(soat) aniqlashtirib olinadi.
O‘qituvchining taqvim-mavzu rejasining namunaviy shakli T.r
1
2
3
Mavzular
Mavzuga
ajratilgan
dars soati
Dars o‘tila-
digan sana
(Dars jadvali bo‘yicha sana yoziladi) Izoh
Ishning ilova qismida sitata, ko‘chirma, ma’lumotlar olingan adabiyot-
lar, manbalar ro‘yxati aniq va to‘liq ko‘rsatiladi.
Kurs ishlarining himoyasini o‘tkazishga ham jiddiy ahamiyat berish
kerak bo‘ladi. Kurs ishlari o‘qituvchi rahbarligida guruh talabalari bilan
o‘tkaziladigan hisobot yig‘ilishida himoya qilinadi. Berilgan mavzuni himoya
qilishda talaba tomonidan tayyorlangan tezis o‘qib beriladi va erkin fikr
bildirish, munozara asosida himoya qilinadi, baholanadi.
Kurs ishi muqovalangan holatda kafedraga topshiriladi, ilmiy rahbarning
taqrizi bilan kafedrada saqlanadi.
Kurs ishi yakunlariga bag‘ishlab konferensiyalar ham uyushtirilishi
mumkin. Bunday tadbir eng yaxshi bajarilgan kurs ishlarini tanlab olishga
imkon beradi. Natijada bunday eng yaxshi tayyorlangan kurs ishlari
namunalaridan ko‘rgazmalar, tanlovlar tashkil qilinishi mumkin va bunday
tadbirlar ta’lim-tarbiyada katta samaralar beradi.