Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


SHovqinning kuchi (dB da)



Download 3,24 Mb.
bet19/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

SHovqinning kuchi (dB da)

So’zlashish

60

Telefonda

75

Eshikni qattiq yopish

78

Bolaning yig’lashi

80
87

Lift motorining tovushi

78

Lift eshigining byerkilishi

65

Liftning ko’tarilishi

82

Suv isitish qozoni





7 - j a d v a l





Sanoat korxonalaridan chikadigan shovkin darajasi (dBA)

SHovqin manbalari

Tovush darajasi (dBA)

Mashinasozlik korxonalari

80 gacha

Metallurgiya zavodlari

90 - 100

Yigiruv cexlari

90 gacha




90 - 100

Kompressor stanciyalari

100 - 110

Gaz trubali enyergetik uskunalar

100 - 110

Temirni qoliplash cexi






Zadene klassifikaciyasi bo’yicha shovqinning ta’sir etish kuchi 4 darajaga bo’linadi: I daraja — 40—50 dB bo’lib, organizmda ruhiy o’zgarishlar paydo bo’ladi. II daraja — 60—80 dB. Bunda vegetativ nyerv sistemasida buzilishlar paydo bo’ladi. III daraja — 90—110 dB. Bunda eshitish buziladi yoki pasayadi. IV daraja— 120 dB dan yuqori. Bunda eshitish a’zolari zararlanadi.
Qizig’i shundaki, 60 dB atrofidagi shovqin juda kuchli bo’lmasada asabga ta’sir qiladi. Hozirgi kunda paydo bo’layotgan turli-tuman tovushlar
kuchi hatto kam bo’lsada, bosh miya yarim sharlarini taranglashtirib, charchoqlik holatini keltirib chiqarmoqda,
Anketa tarqatish yo’li bilan aholining shovqinga bo’lgan munosabati tekshirilganda, 30 dB ga ega bo’lgan 1000 Gc kenglikdagi shovqinga nisbatan bezovtalanish kuzatilmaydi, 35 dB odamlarning bezovtalanishiga sabab bo’ladi. 50 dB da odam kuchli bezovtalanadi, hatto bu so’zlashiga halaqit berishi mumkin.
Ko’cha shovqinining kuchi 70 dBga etganda 38 foiz odamga qattiq ta’sir ko’rsatgan, 71—75 dB — 58%, 75—80 dB li shovqindan 72 foiz odam qattiq bezovtalanib, hatto ularda kasallik holati kuzatilgan. Dyerazasi shoh ko’chaga qaragan uyga 50—70 dB shovqin eshitiladi. Bu odamlar asabiga tegib ularni bezovta qiladi.
Moskva gigiena ilmiy-tekshirish instituti ksltirgan dalillarga ko’ra transportdan paydo bo’ladigan shovqin eshitish a’zolariga katta ta’sir etadi. 60 dB ga teng bo’lgan shovqin eshitish sezgisini pasaytiradi, 70 dB ga teng bo’lgani shovqin va boshqalarni eshitishni kamaytiradi.
Odamlar uzoq vaqt turib qoladigan joylarda shovqin darajasi 80 dB ga etishiga yo’l qo’ymaslik kerak. CHunki bunday shovqin markaziy nyerv sistemasini tormozlab, yurak va qon tomir sistemasi funkciyasini buzadi, charchoqlik seziladi, diqqat qilish qobjiliyati izdan chiqadi.
Uy-joy shovqini 50 dB ga etganda nyerv sistsmasining ishi buzila boshlaydi. SHovqin kuchi 58—60 va 63 dB ga etganida sistolik bosim pasayib, diastolik bosim oshishi kuzatiladi.
Elektrokardiogrammada katta o’zgarishlar borligi aniqlanadi. YUrak urishi tezlashadi, shovqin 90 dBA ga etganda yurakdagi o’zgarishlar ancha yaqqol namoyon bo’ladi. Reoencefalografiya usuli bilan miya tomirlari tonusi oshganligini, qon bosimi pasayganligani, o’z navbatida bosh miyada tormozlanish va qo’zg’alish ro’y berganini aniqlash mumkin. SHovqin uyquni qochiruvchi omillardan hisoblanadi, u uyquni buzadi, dam olishga halaqit byeradi. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, shovqin darajasi 40 dB ga etganda uyqu buzilar ekan. 50 dB ga etganda yarim kechagacha uyqu kelmaydi, odam ancha qiynalishi mumkin.
Keyingi vaqtlarda shovqin bilan markaziy nyerv sistemasi va yurak- tomir kasalliklari o’rtasida o’zaro bog’lanish borliga aniqlan-
di. Umumiy kasalliklarning ko’payishiga sabab bo’ladigan omillardan biri ham shovqin ekanligi ma’lum bo’ldi.
Faqatgina 30—35 dBga teng bo’lgan shovqin organizmda o’zgarish chiqarmasligi mumkin.
Dam olish, ishdan keyingi charchoqni yozish, ijod qilishning ko’p qismi
uyda, xonadonda kechadi. Xonadondagi shovqin 35 dB ga etganda qo’ni- qo’shnilardan turli shikoyatlar tushishi mumkin. Bunda uyqu engil-elpi bo’ladi. Turli shovqinlar sezgi a’zolariga ta’sir etib, uyquda cho’chishlik, yaxshi dam ololmaslik kuzatiladi.
Darhaqiqat, katta shaharlardagi shovqin-suron ba’zan kishilarni garang qilib qo’yadi. Masalan, Franciyada har 100 000 aholiga 100—120 ta garang to’g’ri kelar ekan. 1970 yilda AQSH da kattalar o’rtasida 11 mln, kichiklar o’rtasida 3 mln yarim garang odam borligi aniqlangan.

  1. I. Pol’govning fikricha, umumiy kasalliklarning soni shovqin ta’sirida ko’payar ekan. Hattoki, odamlarda uchraydigan gastrit, me’da va 12 barmoq ichakdagi yara kasalliklari shovqin ta’sirida kuchayar ekan.

SHovqin odamga yana quyidagicha ta’sir etadi:

  1. Eshitish funkciyasi vaqtinchalik yoki doimiy buziladi. Natijada odam so’zlarni yaxshi qabul qila olmaydi va fikrini boshqalarga tushuntira olmaydi.

  2. Uyqu buziladi, hayol qochib, bezovtalik alomatlari kuzatiladi.

  3. Fiziologik o’zgarishlar kuzatiladi.

  4. Asabga va insonning umumiy sog’lig’iga ta’sir etadi.

  5. Ishlab chiqarish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir etadi.Ko’p yillar davomida olib borilgan ilmiy ishlar turli ob’yektlar da shovqin normasini ishlab chiqish imkonini berdi. Natijada «turar joylar, xonadonlarda shovqinning ruxsat etiladigan sanitariya normalari» hamda sanitariya-epidemiologiya stanciyasi xodimlari uchun mo’ljallangan 872—70 raqamli metodik ko’rsatmalar ishlab chiqildi.

SHovqinni o’lchash uchun turli xil asboblar ishlab chiqilgan. Bular 17187—71 raqamli Davlat standart talabiga javob byeradi.
Sanitariya amaliyotida injenyer-texniklar tomonidan ishlab chiqilgan shovqin o’lchagichlar (SHd-63, SHd-71), tebranishni o’lchaydigan asboblar (ISHV-1 va boshq.), Bryul’ va K’yer chet el shovqin o’lchagichlari va boshqalar ishlatiladi.
Birinchi darajali shovqin o’lchagichlar 20—12 500 qaytalanish kengligidagi shovqinni o’lchaydi, ikkinchi darajali o’lchagichlar esa 31,5— 8000 Gc li shovqin kuchini o’lchaydi.
SHovqin o’lchanayotganda quyidagilarga amal qilish lozim. SHovqin o’lchagichning mikrofoni shovqin manbaiga to’g’ri
o’rnatilishi va odamdan 0,5 metr uzoqlikda turishi zarur. SHovqin kuchi o’lchanayotganda shamolning tezligi sekundiga 1 metrdan oshmasligi kerak. Asbob ko’rsatkichi «tez» degan belgiga ulanishi zarur. Xonadonlar, jamoa binolarida shovqin eshik va dyerazalar byerk holda uch nuqtada o’lchanadi. SHovqin o’lchagich asbobi devordan 1,2 metr uzoqda turishi kerak. Agar uy ichida turib tashqaridagi shovqin o’lchanishi kerak bo’lsa, unda eshik va oynalar ochiq turishi kerak. SHovqin o’lchagichning mikrofoni tovush kelayotgan tomonga to’g’rilab joylashtirilishi kerak. SHovqin shovqin manbaiga yaqin joylashgan binolarda o’lchanishi kerak. Agar shovqin har xil manbalardan paydo bo’layotgan bo’lsa, ularning eng kuchlisi, odamlar hayotiga halaqit qiladigani sanitariya vrachlari tomonidan aiiqlanib, so’ngr

ao’lchanadi. Bunda xonadon egalaridan so’rash, ularning fikrini nazarda tutish katta ahamiyatga ega. SHovqin o’lchanayotganda uning doimiy yoki vaqtinchaliligini aniqlash zarur. Asbob orqali 2—10 minutli kuzatish davomida ko’rsatkichlar 5 dB kam bo’lsa, doimiy hisoblanadi, 5 dB ortiq bo’lsa, beqaror shovqin deyiladi. Doimiy shovqin tanlangan 3 nuqtada 3 qayta o’lchanadi, so’ngra o’rtacha arifmetik miqdor topiladi. Uzlukli shovqin quloq bilan yoki apparat yordamida o’lchanadi. Eng yuqori arifmetik ko’rsatkich shovqin normasi bilan solishtiriladi.
8-j a d v a l

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish