Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


SHAHAR ATROFIDAGI KO’KALAMZOR ZONALAR



Download 3,24 Mb.
bet15/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

SHAHAR ATROFIDAGI KO’KALAMZOR ZONALAR
SHahar atrofini ko’kalamzorlashtirish, u yerda istirohat bog’lari va hiyobonlar barpo etish birinchidan shahar havosini ifloslanishdan saqlaydi, ikkinchidan aholining dam olishida katta ahamiyatga ega. Bunday yashil zonalar shaharni aylanma qilib o’rab olgan bo’lishi yoki ma’lum yo’nalishda (5X10—25 km) bo’lgani maqsadga muvofiq. Masalan, Kiev, Sankt- Petyerburg, Moskva, Novosibirsk shaharlaridagi o’rmonlar shular jumlasidandir. O’rta Osiyo shaharlarida o’rmonlar kam yoki mutloqo yo’q. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus, Xorazm kabi shaharlar shular jumlasidandir. Moskva shahri atrofidagi yashil zonalar radiusi 50 km, Sankt- Petyerburg atrofi 70 km, Kievda 40—70, Xar’kovda—32—66 km ni tashkil etadi.
YAshil zonalar — hiyobonlar, mevazorlar, ko’chatxonalar va himoya uchun ekilgan qator-qator daraxtlar, birinchidan, turar joylar havosini tozalaydi, ikkinchidan shahar iqlimini yaxshilab, territoriyani qattiq shamoldan asraydi. SHahar atrofida joylashgan meva va sabzavot ishlab chiqarish xo’jaliklari aholini yangi mahsulot bilan ta’minlab turadi. SHahar chekkasida joylashgan yashil zonalar kishilarning dam olishi va hordiq chiqarishi uchun xizmat qiladi. U yerga dam olish uylari, pansionatlar va boshqalar quriladi.
TURAR JOYLARNI LOYIHALASHDA, QURISHDA VA OBODONLASH- TIRISHDA DAVLAT SANITARIYA NAZORATI OLIB BORISH
Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ko’plab uy-joylar qurilmoqda, zavod-fabrikalar, sanoat korxonalari, madaniy-maishiy binolar qad ko’tarmoqda, shifoxonalar, dam olish uylari, sanatoriylar, pansionatlar bunyod bo’lmoqda. Bu binolarning aholi, ishchi-xizmatchilar talabiga javob byeradigan bo’lishi ko’pincha sanitariya xodimlariga bog’liq bo’ladi. Bu vazifalar Davlat sanitariya nazorati to’g’risidagi nizomda ko’rsatilgan.
Sanitariya organi xodimlari aholini turli territoriyalarga, regionlarga joylashtirishda bosh sxemaga asoslanadi. Rayon planlariga va ularning bosh planlariga o’zgartirishlar kirgazish ham bosh sxemaga asosan tuziladi. Mabodo, racon bosh loyihasiga va qurilishga o’zgartishlar kiritish zarur bo’lsa, shu loyiha ishlab chiqilayotgan vaqtda amalga oshirilishi kerak. CHunki shu rayonning taraqqiyoti rayon loyihasida o’z aksini topadi.
Turar joylar loyihasi, uni qurish uchun ajratilgan maydonlar-ning sanitariya holati uchun javobgar shaxs sanitariya nazorati xo-
dimi hisoblanadi. U joyning tabiiy iqlimi, sanitariya holati, tuprog’ining
tuzilishini dalillar bilan tasvirlab byeradi.
Qurilish uchun ajratilgan maydonlarga to’la-to’kis baho berish uchun sanitariya xodimi qo’lida etarli dalil bo’lishi lozim. Qolavyersa, qurilgan ob’yektlar: sanoat korxonalari, kommunal-xo’jalik ob’yektlari, shifoxonalar, savdo ob’yektlari va boshqalar-ning atmosfera havosiga, suv havzalariga, tuproqqa ta’sirini oldindan ko’ra bilish va ularning oldini olish ham sanitariya or-gani xodimlari zimmasiga yuklatilgan.
Sanitariya nazorati xodimlarining keyingi bosqichdagi vazifasi shaharni va ishchi posyolkalarning bosh loyihasini ishlab chiqish va turar joylarni qurish bilan bog’liq. Bu bosqichga sanitariya va gigiena nuqtai nazardan aholi turar joylarini turli funkcional zonalarga bo’lish kiradi. Sanitariya vrachlari aholini ichimlik suv bildn ta’minlash, kanalizaciya o’tkazish, tashqi muhit ob’yektlarini sanoat chiqindilaridan muhofaza qilish vazifasini ham hal qiladilar.
500 000 odamga mo’ljallangan shahar loyihasi ikki bosqichda ishlab chiqiladi, ya’ni birinchi bosqichda loyihaning texnika va ihtisodiy asosi ishlab chiqilsa, ikkinchi bosqichda loyihaning o’zi ishlab chiqiladi. Qolgan turar joylar uchun bir bosqichli bosh loyiha ishlab chiqiladi. 50 ming aholi uchun mo’ljallangan shaharlar, ishchi posyolkalarining bosh loyihasi qoida bo’yicha to’la-to’kis shahar plani bilan ishlanavyeradi. Eng yirik shaharlar uchun shahar bosh loyihasi bilan bir qatorda shahar atrofi zonalari loyihasi ham ishlab chiqiladi.
Sanitariya nazorati xodimlarining keyingi bosqichdagi vazifasi so’nggi yillarga mo’ljallangan loyihalarni ishlab chiqishda faol ish olib borishdir. Bu loyiha turar joylar uchun odatda mustaqil ishlab chiqiladi. Bunda bir yil ichida qurish uchun mo’ljallangan yer maydonining 50 000 m i bitkazilib foydalanishga topshiriladi.
SHahar qurilishining bu bosqichida loyihada ilgari qabul qilingan qarorlarning to’la-to’kisligi (ya’ni turar joylar va funkcional zonalar loyihasining to’liqligi) qayta aniqlanadi va kamchiliklari qo’shimcha matyeriallar bilan to’ldiriladi.
Loyihaning ma’muriy markaz qilishga mo’ljallangan qismini sinchkovlik bilan sanitariya nazoratidan o’tkazish maqsadga muvofiq. CHunki shahar markazi aholini ishdan keyin, dam olish kunlari hordiq chiqaradigan joyi hisoblanadi. Loyihaning keyingi bosqichi bu loyihaga yakun yasab, uni qurishga o’tish bosqichi hisoblanadi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish