Sh. Sodiqova



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

Demokratik rahbar
Bunday turdagi rahbar:
^   boshqarish  funksiyalarini  jam oa  fikri  bilan  hisoblashib  amalga 
oshiradi;
^   ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi;
^   ularning bildirgan fikriga quloq soladi;
>   ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;
>   barcha bilan barobar va samimiy munosobatda bo‘ladi, ustunligini 
bildirmaydi;
^   buyruq berish yo‘li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
^   buyruq rahbarlik  uslubi  bo'ysinuvchilarning  shaxsiy  tashabbusini, 
ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o ‘rtoqlik va ishchan muhitini 
yaratadi.
Boshqaruvchi  qaysi  boshqaruv  shaklini  qoMlashidan  qat’iy  nazar 
o ‘zining mustaqil  dunyoqarashi,  mustaqil fikri va quyidagilarni o‘z ichi- 
ga olgan m a’naviy qiyofasi bo‘lishi kerak.
H ar  qanday  holatda  ham  rahbar  qaysi  bo‘g‘inda  rahbar  bo'lishidan 
qat’iy nazar o ‘zining asosiy majburiyati, y a ’ni  qo‘l ostidagilami o ‘zining 
misolida tarbiyalashni unutmasligi kerak.
O ‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to'g'risida"gi  qonunida, 
0 ‘zbekistonda ta ’lim  sohasini  boshqarish  respublika tasarrufidagi yuqo-
232


ri  hukumat  va  uning  boshqarish  organlari  hamda  mahalliy  hukumat  va 
uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  Xalq  ta’limi  vazirligi  tasarrufiga 
kiradi.  Xalq  ta’limi  Vazirligining  mahalliy  organlariga  quyidagilar kira- 
di:  Xalq ta’limi  viloyat  boshqarmasi,  Toshkent  shahar xalq ta’limi  bosh 
boshqarmasi, tuman xalq ta’limi bo ‘limi.
Respublikamizda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan birga 
nodavlat maktabgacha ta ’ lim muassasalari ham faoliyat yuritadi. Nodavlat 
maktabgacha ta’lim muassasasi o ‘z faoliyatida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlariga,  0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisin- 
ing qarorlari  va boshqa hujjatlariga,  0 ‘zbekiston Respublikasi Preziden- 
tining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari  va farmoyishlariga,  boshqa normativ- 
huquqiy  hujjatlarga,  shuningdek  « 0 ‘zbekiston  Respublikasida  nodavlat 
maktabgacha ta’lim muassasasi to ‘g‘risida»gi Nizomga amal qiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi Vazirlar Mahka­
masining  1998-yil  5-yanvardagi  5-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  Ta’lim 
muassasasi  ustavini  ishlab  chiqish  tartibiga  muvofiq  ishlab  chiqiladi, 
uning  muassisi  tomonidan  tasdiqlanadi  va  tegishli  davlat  organlarida 
ro\yxatdan o ‘tkaziladi.
Nodavlat  maktabgacha ta’lim  muassasasi  ta’lim-tarbiya va  sog‘lom- 
lashtirish muassasasi  hisoblanadi,  quyidagilar uning asosiy vazifalari hi- 
soblanadi:
-  bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
-  bolaning shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini 
rivojlantirish;
-  bolaning intellektual,  shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
-   bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
-   bolaning  milliy  madaniyat  va  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan 
tanishtirish;
-  bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash.
Nodavlat  maktabgacha  ta ’lim  muassasasi  muassasa  sifatidagi 
tashkiliy-huquqiy  shaklda  tashkil  etiladi  va  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
faoliyat ko'rsatadi.  Yuridik  va jismoniy  shaxslar,  shu jumladan nodavlat 
mulkchilik shaklidagi yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha 
ta’lim muassasasining muassislari bo‘lishlari mumkin.
233


Nodavlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  yuridik  shaxs  maqomiga 
ega  bo‘ladi,  mustaqil  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  amalga  oshiradi, 
dumaloq muhrga,  burchakli  shtampga va o‘z  logotipi yozilgan  blankaga 
ega bo‘ladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi  qonun hujjatlariga muvofiq 
belgilangan  tartibda  litsenziya  olgan  vaqtdan  boshlab  ta’lim  faoliyatini 
amalga oshirish huquqiga ega boiadi.
Nodavlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasini  akkreditatsiya  qilish 
vakolati davlat organi tomonidan, attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’ lim muassasasida ta’ lim va tarbiya dunyoviy 
xususiyatga ega bo‘ladi.
Nodavlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasida  ta’lim  mazmuni  0 ‘zbe- 
kiston  respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  tomonidan  tavsiya  qilingan 
dasturlar  bilan  belgilanadi.  Muassasa  o ‘z  (mualliflik)  dasturidan  foy- 
dalanishga  haqlidir.  Ushbu  dasturlarni  tasdiqlash  tartibi  O'zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’ lim muassasasining ish rejimi va bolalarning 
u yerda qancha vaqt bo'lishi muassasa ustavida hamda muassasa rahbari 
(yohud muassiC) bila nota-onalar yoki ulaming о ‘mini bosuvchi shaxslar 
o ‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.
Nodavlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasida  bolalarni  o ‘qitish  va 
tarbiyalash  davlat  tilida  va  «Davlat  tili  haqida»gi  0 ‘zbekiston  Respub­
likasi  Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
Nodavlat  maktabgacha  ta ’lim  muassasasi  tarbiyalanuvchilariga 
tibbiy  yordam  ko'rsatish  shtatdagi  yoki  sog‘liqni  saqlash  organlarining 
shartnoma  asosida  maxsus  biriktirilgan  tibbiyot  xodimlari  tomonidan 
amalga oshiriladi.
Tibbiyot  xodimlari  nodavlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  xodim­
lari bilan birgalikda bolalarning hayoti,  sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, 
davolash-proflaktika tadbirlari  o ‘tkazilishi,  sanitariya-gigiena normalari- 
ga,  ovqatlanish  rejimi  va  sifatiga  rioya  qilinishi  uchun  javob  beradilar. 
Nodavlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  xodimlarini  tibbiy  ko‘rikdan 
o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat  maktabgacha ta’lim  muassasasida  bolalarning  ovqatlanishi 
0 ‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlan- 
gan  tibbiyot,  sanitariya-gigiena  normalari  va  talablari  asosida  amalga 
.oshiriladi.
234


Nodavlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  ta’limning  uzluksizligini 
ta ’minlash  maqsadida  shartnoma  asosida  o ‘z  faoliyatini  umumiy  o‘rta 
ta’lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 
6-7 yoshgacha tegishli tibbiy xulosa hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim  muassasasiga  bolalami  qabul  qilish  va 
ularning chiqib ketishi tartibi nodavlat m aktabgachata’ lim muassasasining 
ustavi bilan belgilanadi.
Nodavlat  muassasa  guruhlaridagi  bolalar  soni  davlat  maktabgacha 
ta ’lim muassasalari uchun belgilangan sondan ortiq bo'lmasligi kerak.
Maxsus pedagogik m a’lumotli  shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim 
muassasasida  pedagogik  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  huquqiga  egadir. 
Sud  tomonidan  yoki  tibbiy  xulosaga  muvofiq  bunday  faoliyat  bilan 
shug‘ullanishi ta’qiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga qo‘yilmaydilar.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari belgilangan tartibda 
pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qay ta tayy orlashni ta’min- 
laydi,  ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg‘or pedagogik 
va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, uslubik qo‘llanmalar va 
didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Nodavlat maktabgacha ta ’lim muassasasining pedagoglari va boshqa 
xodimlar bilan  mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nodavlat  maktabgacha  ta ’lim  muassasasida  bolalar,  ota-onalar  yoki 
ularning  o'rnini  bosuvchi  shaxslar  va  pedagog  xodimlar  ta’lim  ja- 
rayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida vasiylik kengashlari tash­
kil  etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari maktabgacha ta ’­
lim muassasalarining ustavlarida belgilanadi.
Bolalami  qabul  qilishda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi  ota- 
onalami yoki  ularning o‘mini bosuvchi  shaxslami muassasaning ustavi va 
uning faoliyatini tartibga soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Nodavlat maktabgacha ta’ lim muassasasi bilan ota-onalar yoki ularning 
o ‘rnini bosuvich shaxslar o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlar nodavlat mak­
tabgacha  ta’lim muassasasining  ustavi  va  shartnoma  bilan  tartibga  soli- 
nadi.  Shartnoma  o ‘qitish,  tarbiyalash,  qarab  turish  va  parvarlik  qilish 
jarayonida  paydo  bo‘ladigan  tomonlarning  huquqlari,  majburiyatlari  va 
javobgarligini  o‘z ichiga oladi.
235


Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  tarbiyalanuvchisi  va xodimi  o‘rtasi- 
dagi  munosabatlar o ‘zaro  hamkorlik,  bolaning  shaxsini hurmat qilish va 
unga shaxsiy  xususiyatlariga  muvofiq  rivojlanishi uchun  erkinlik berish 
asosida olib boriladi.
Maktabgacha  ta’lim  muassasasida  o ‘quv  yili  har  yili  2-sentabrdan 
boshlanadi,  keyingi  yilning  1-ivunida  tugallanadi  va  yangi  o ‘quv  yili 
boshlangunga qadar sog‘lomlashtirish davri boshlanadi43.
Bugungi  kunda  nodavlat  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  o ‘z  faoli­
yatini  “0 ‘zbekiston  Respublikasida  nodavlat  maktabgacha ta’lim  to ‘g ‘- 
risida”gi Nizom asosida amalga oshiradi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Maktabgacha  ta’lim  to ‘g ‘risida”gi 
Nizomi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2007-yil 
25-oktabrdagi  225-sonli  qaroriga  asosan  tasdiqlangan  bo‘lib,  quyidagi 
to‘qqiz bo‘limni o ‘z ichiga oladi:
I. Umumiy qoidalar
II. Maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish tartibi
III. Maktabgacha ta ’lim muassasasi faoliyatini  tashkil etish
IV.  Maktabgacha ta’lim muassasasini butlash
V.  Ta’lim jarayoni qatnashchilari
VI.  Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish
VII. Maktabgacha ta’ lim muassasasining mol-mulki va pul mablag‘lari
VIII. Maktabgacha ta’lim muassasasining javobgarligi
IX. Yakuniy qoidalar
Nizomning 

Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish