Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Milliy mahsulotning tuzilishi (shartli raqamlar misolida)



Download 61,19 Mb.
bet27/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Milliy mahsulotning tuzilishi (shartli raqamlar misolida)

Izchil tarmoqlar

Xom­ashyo, yoqilg'i, material­lar

Qo'shilgan qiymat

Yalpi ichki mahsu­lot

Yalpi ijti­moiy mah­sulot

Amorti- zatsiya

Ish
haqi

Soliq
va to'lov- lar

Foy­da

Iste'mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati
(c)

Zaruriy mah­sulot (v)

Qo'shimcha mahsulot (m)

Paxta ishlab chiqarish

40

30

30

20

20

100

140

Paxtani qayta ishlash

140

40

50

25

30

145

285

To'qimachilik

285

50

60

30

40

180

465

Tikuvchilik

465

45

50

35

. 30

160

625

Jami

930

165

190

110

120

585

1515

c=1095

v=190

m=230

585

1515

Jadvaldan ko'rinadiki, yalpi ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi. Demak, mamlakat miqyo- sida takror hisobga yo'l qo'ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotni hisob- lashda sotib olingan xomashyo, yonilg'i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo'shilgan qiymat hisobga olinadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti faqatgina yalpi ichki mahsulotdan emas, balki jami yaratilgan ijtimoiy mahsulotdan iborat - dir.


Shuni ta'kidlash lozimki, yalpi ijtimoiy mahsulot tarkibida oraliq mahsulot hamda ayrim takroriy hisoblar mavjud boiganligi sababli u ishlab chiqarish natijasiga to'g'ri baho bera olmaydi.
Takroriy hisob - bu milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir necha bosqichlardan o'tishi natijasida ba'zi mahsulot (xomashyo, yoqilg'i, material va h.k.)lar qiymatlarining takroran hisobga olinishi. Jadvaldagi misolimizdan ko'rinadiki, paxtatolasi, yigirilgan ip, gazla- maning qiymatini tashkil etuvchi xomashyo, yoqilg'i, material va boshqalarning ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qaytadan hisobga olinishi natijasida takroriy hisob 930 birlikni tashkil etgan.
Milliy mahsulot qiymatini to'g'ri baholash, unda takroriy hisobga yo'l qo'ymaslik uchun oraliq va pirovard mahsulot tushunchalarini ham ajratib olish lozim. Oraliq mahsulot bu tugallanmagan ishlab chiqa­rish, kelgusida yana qayta ishlov berilishi zarur boigan yoki qayta sotish uchun mo ijallangan tovar va xizmatlardir. Bizning misolimizda 140 birlik paxta xomashyosi, 285 birlik paxtatolasi va yigirilgan ip, 465 birlik to'qilgan gazlama oraliq mahsulotlar boiib hisoblanadi. Chunki ular tikuvchilik mahsuloti (ko'ylak yoki kostyum) ishlab chiqa­rishning izchil jarayonida navbatdagi bosqichda qayta ishlov berishga muh- tojdirlar. Aynan 625 birlik qiymatga ega tikuvchilik mahsuloti esa pirovard mahsulot hisoblanadi. Demak, pirovard mahsulot bu ishlab chiqa­rishning barcha texnologik jarayonlaridan o'tgan hamda bevosita so'nggi iste'mol uchun moijallangan tayyor mahsulotdir.
Bundan ko'rinadiki, jamiyat a'zolarini isMab chiqarishning umumiy natijasi emas, balki ko'proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi boiib takroriy hisobni o'z ichiga olmagan, jamiyat a'zolarining ehtiyojlarini yo bevosita, yoki bil- vosita, ya'ni ishlab chiqarishni kengaytirish orqali qondirishga moijallangan mahsulotlar hisoblanadi. Shunga ko'ra, ko'pincha ijti­moiy ishlab chiqarishning pirovard natijasi sifatida yalpi milliy mahsu­lot, yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot (milliy daromad) va boshqalarni ko'rsatish mumkin.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish