O'zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o'sish dinamikasi (foizda)
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari.
Iqtisodiy o'sish sur'atlari «sanoatda 12,7 foizni, jumladan, iste'mol tovarlari ishlab chiqarishda 17,7 foizni tashkil etdi, xizmat ko'rsatish hajmi 21,3 foizga o'sdi. Iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlari ham barqaror sur'atlar bilan rivojlandi: qurilish — 8,3 foiz, transportda yuk va yo'lovchi tashish hajmi - 10,2 foiz, savdo sohasi — 7,2 foizga o'sdi*1.
Mamlakatimizda 1997-2008-yillar davomida nominal YAIMning qiymrn, real YAIMning o'sish sur'ati hamda uning aholi jon boshiga o'sishi to'g'risidagi ma'lumotlarni quyidagi jadval orqali ko'rish mumkin (17.1-jadval).
I 17.1-jadval
O'zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning o'sishi
Yillar
|
Ko'rsatkichlar
|
Nominal YAIM, mlrd.so'm
|
Real YAIMning o'sish sur'ati, %
|
YAIMning aholi jon boshiga o'sishi, %
|
1997
|
976,8
|
5,2
|
3,3
|
1998
|
1416,2
|
4,4
|
2,6
|
1999
|
2128,7
|
4,3
|
2,8
|
2000
|
3255,6
|
4,0
|
2,5
|
2001
|
4868,4
|
4,2
|
3,1
|
2002
|
7469,3
|
4,2
|
3,2
|
2003
|
9664,1
|
4,4
|
3,2
|
2004
|
12189,5
|
7,7
|
6,5
|
2005
|
15923,4
|
7,0
|
6,0
|
2006
|
20759,3
|
7,3
|
6,2
|
2007
|
28186,2
|
9,5
|
8,0
|
2008
|
36839,4
|
"9,0
|
-
|
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari.
Shuningdek, iqtisodiy o'sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyat- larining kengayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish nati- jalarining miqdor jihatidan ko'payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'ining o'ng tomonga qarab siljishiga oiib keladi.
Aytaylik, 2008-yildagi milhy ishlab chiqarish hajmi (Y2008) 2000- yildagi (Y2000)ga nisbatan o'sdi. Bu o'sish o'z navbatida milliy ishlab chi-
qarish imkoniyatlari egri chizig'ining ham kengayishiga olib keladi (17.2-chizma).
17.2-chizma
Iqtisodiy o'sish natijasida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi
i
Chizmadan ko'rinadiki, iqtisodiy o'sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovon- ligining oshishiga olib keladi. Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to'laroq qondirish imkoniga ega bo'ladi.
Iqtisodiy o'sishning ahamiyati to'g'risida gapirilganda uning darajasini ham e'tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o'sish sur'atlarining aha- miyatlihk darajasi/turli mamlakatlar real YAIMning hajmidan kehb chiqqan holda farqlanadi. Real YAIM hajmi nisbatan kichik bo'lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy o'sish sur'ati me'yordagi holat sanalishi, real YAIM hajmi juda katta bo'lgan mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o'sish sur'ati esa ahamiyatli ko' rsatkich hisoblanishi mumkin. .»
Iqtisodiy o'sish sur'atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qoilaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko'ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YAIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o'sish sur'atiga bo'lish kerak bo'ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o'sish sur'atining 9% darajasida YAIMni 2 baravar oshirish uchun 7,7 yil talab etiladi (70:9). Holbuki, iqtisodiy o'sishning 2000-yildagi 4,0% darajasida bu ko'rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishis
h
Do'stlaringiz bilan baham: |