Agrar munosabatlar — yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan. foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Renta munosabatlari — yerdan foydalanish natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromadni taqsimlash va o'zlashtirish bilan bog'liqlikda vujudga keladigan munosabatlar.
Differensial renta — yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad.
Differensial renta I — yerlarning tabiiy unumdorligi farqlar natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad.
Differensial renta II — yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad.
Absolyut renta - qishloq xo'jahgida yerga bo'lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi — yaxshi, o'rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.
Monopol renta — alohida tabiiy sharoitga ega bo'lgan, noyob qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta.
Undirma sanoatda renta — foydali qazilma konlarining joylashishi (yer yuzasiga nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi.
Agrosanoat majmuasi - qishloq xo'jahk mahsulotlarini yetishti- rish, uni saqlash, qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berish bilan bog'liq xo'jalik tarmoqlarining birligi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi — bevosita qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko'rsatuvchi sohalar.
Ijtimoiy infratuzilma — odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta'minlaydigan sohalar.
Agrosanoat integratsiyasi — qishloq xo'jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlaryshi hamda ularning uz- viy birikish jarayoni.
Agrobiznes — tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq sohalardagi namoyon bo'lish shakli.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Agrar munosabatlarning mazmunini, iqtisodiy munosabatlarda tu- tgan o'rnini va xususiyatlarini ko'rsatib bering.
«Yerga egalik» va «yerdan foydalanish* tushunchalarini izohlang.
Yer rentasi nazariyalarining umumiy tomoniari va tub farqlarini ko'rsatib bering.
Yer rentasining asl mazmunini tushuntiring.
Differensial (I va II) va absolyut rentaning hosil bo'lish shart- sharoitlari, manbalari va taqsimlanishini tushuntirib bering.
Monopol renta nima?
Qazib oluvchi va undirma sanoatda renta qanday hosil bo'ladi?
«Ijara haqi» va «yer rentasi» ning farqlarini izohlang.
Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga tavsif bering.
Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasi tushuncha- larining iqtisodiy mazmuniga o'z fikringizni bildiiing.Ill BO'LIM
MILLIY IQTISODIYOT (MAKROIQTISODIYOT)NING AMAL QILISH VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
14-bob. MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY O'LCHAMLARI. YALPI MILLIY MAHSULOT VA UNING HARAKAT SHAKLLARI
Oldingi boblarda biz iqtisodiy jarayonlar va ularda sodir boiadigan munosabatlarni umumiqtisodiy va korxonalar darajasida ko'rib chiqqan edik. Mazkur bobda iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tavsifi, milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan yalpi ichki mahsulot, uning tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni va harakat shakllari yoritiladi. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash tizimi hamda uning asosiy ko'rsatkichlarini hisoblash usullari bayon etiladi.
14.1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy
ko'rsatkichlari
Barchamizga ma'lumki, o'tmishda O'zbekiston iqtisodiyoti sobiq ittifoq iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo'lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka- hokimligiga, xomashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg'i, g'alla va boshqa ko'pgina ishlab chiqarish vositalari, iste'mol tovarlari- ning ta'minlanishi bo'yicha markazga qaram bo'lgan iqtisodiyot meros bo'lib qolgan edi. Prezidentimiz I.A.Karirr^ov ta'kidlaganlaridek, «0'zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga — markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo"lgan»' mamlakat edi.
Lekin, eng yomoni O'zbekiston iqtisodiyoti, asosan, xomashyo tayyorlashga yo'naltirilgani, biryoqlama rivojlanish hisobidan mo'rt va nochor holga tushib qolgan bo'lib, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta'sir o'tkazadigan paxta yakkahokimligi yurtimiz- dagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo'ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega bo'lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo'yicha oxirgi o'rinlardan birida turar edi1.
s 1991-yil sentabridan buyon o'tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo'lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xomashyo boyliklardan, butun iqtisodiy resurslar va quvvat- lardan o'z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo'lida foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldik1.
Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko'plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg'i va g'aha mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, modernizatsiyalash, yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o'sish sur'atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.
Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor iqtisodiyotining qator infratuzilmalari: savdo, bozor, birja, moliya, bank, kredit, soliq, sug'urta, bojxona tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi.
Shunday qilib, O'zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o'z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllantirildi.
Milliy iqtisodiyot ko'plab o'zaro bog'hq iqtisodiy unsurlardan iborat bo'lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsur- lar o'rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.
Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ^o'plab in- fratuzilmalarni o'z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo'jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi luyidagilar o'rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo'ladi;
mavjud ishlab chiqarish resurslari;
resurslarning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy subyektlar o'rtasidagi taqsimot hajmi;
iqtisodiy subyektlarning ishlab chiqarish hajmlari;
milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ste'mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari.
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko'rinishda quyidagi :hizma orqah tasvirlash mumkin (14.1 -chizma).
Milliy iqtisodiyot me'yorida faoliyat qilish va barqaror o'sishi uchun Darcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o'zaro bog'liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzil- masining shakllanishida quyidagi omillar ta'sir ko'rsatadi: mavjud bo- ior konyunkturasi, bozorlar sig'imi va monopollashuv darajasi, mam- akatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi ojchlarning rivojlanganlik darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyos- ari, tavsifi va rivojlanish sur'atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, lududlarning yer maydonlari va infratuzilma obyektlari bilan ta'min- anganligi, ekologiya holati.
7 4.1-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |