Yalpi taklif egri chizig'i
P
Narx darajasi
III
n
Chizmadan ko'iinadiki, yalpi taklif egri chizig'i o'z shakli jihatidan yakka yoki bozor taklifining an'anaviy egri chizig'idan farq qiladi. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, uzoq muddatli va qisqa muddatli davrdagi yalpi taklif egri chizig'i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi yalpi taklif egri chizig'i o'z shakliga ko'ra chizmadagi Yt nuqtaga qadar joylashgan har qanday tik chiziqdan iborat boiadi. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarishga tobora ko'proq jalb etilisbi mazkur chiziqni Yt nuq- tagayaqinlashtiradi va pirovardida shu nuqtada joylashgan chiziqqa teng- lashadi. Chunki qo'shimcha resurs va imkoniyatlarni ishga solish uchun vaqtnhig yetarli bo'hshi uzoq muddatli davrda iqtisodiyotda toia bandlik holatiga olib keladi.
Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig'ining ko'rinishi bir oz murakkabroq bo'hb, uchta kesmani o'z ichiga oladi.
Yotiq kesma. U ba'zida «keynscha» kesma deb ham atalib, iqtisodiyotning tanazzul yoki turg'unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. Yotiq kesma milliy ishlab chiqarish potentsial hajmi (chizmadagi Yt nuqtajdan ancha kam boigan ishlab chiqarishning real hajmi (chizmadagi Y( nuqtaga qadar boigan hajm)ni o'z ichiga oladi. Ya'ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko'plab ishlab chiqarish quwatiari, mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan to'liq foydalanilmaydi. Shunga ko'ra, mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb etilishi narx darajasiga hecli qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi. Shunday qilib, yotiq kes- mada narx darajasi o'zgarmagan holda milhy ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud.
Oraliq kesma. Y va Yt nuqtalar orasidagi mazkur kesma milhy ishlab chiqarish real hajmining ko'payishi narx darajasining o'sishi bilan birga borishini ko'rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to'liq quwat bilan ishlay boshlaganidan, korxonalarning ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana boshlaganligidan guvohlik beradi. Ishlafe chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo'shimcha ishchi kuchi ham ishga jalb qilinadi. Shu barcha sabablarga ko'ra mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining rentabelli boiishi uchun tovariarga ancha yuqori narx belgilaydi. Shu sababli oraliq kesma- da milliy mahsulot real hajmining ko'payishi narxlarning o'sishi bilan birga boradi.
Tik kesma. U ba'zida «klassik» kesma deb ham atalib, iqtisodiyot o'zining to'liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko'rsatadi. Bunda iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (chizmada- gi Yt nuqta) joylashadiki, bunda qisqa muddatda islilab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish mumkin emas. Iqtisodiyot to'liq quwat bilan ishlay boshlaganligi sababh narxning to'xtovsiz oshib borishi ham ishlab chiqarish real hajmining ko'payishiga olib kelmaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish hajmi doimiy bo'lib qolishi, narx darajasi esa o'zgarishi mumkinhgini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |