YAMM va YAIM o'rtasidagi tarkibiy nisbatlar
YAMM va YAIM o'rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YAIMning el%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko'rsatkich sifatida YAIMdan foydalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSH va Yaponiyada YAMM ko'rsatkichi qo'llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YAIM ko'rsatkichini qo'llay boshladilar
.Hozirgi paytda O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o'rinlarda yalpi ichki mahsulot to'g'risida so'z yuritamiz. Jumladan, 2008-yilda mamlaka- timizdagi yalpi ichki mahsulotning nominal hajmi 36839.4 mlrd. so'mga yetib, uning o'sish suratlari 9 foizni tashkil etdi1.
01ib borilgan tarkibiy o'zgarishlar natijasida sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000-yildagi 14,2 foiz o'rniga 2008-yilda 22,3 foizni, Xizmatlar ko'rsatish sohasining ulushi 37,2 foiz o'rniga 43,3 foizni tashkil etdi. Qishloq xo'jaligida esa aksincha — bu ko'rsatkich pasayib, 30,1 foizdan 19,4 foizga tushdi (14.1-jadval).
14.1-jadval
Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi, foizda
Ko'rsatkichlar
|
Yillar
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
Sanoat
|
14,2
|
14,1
|
14,5
|
15,8
|
17,5
|
20,7
|
22,1
|
24,0
|
22,3
|
Qishloq xo'jaligi
|
30,1
|
30,0
|
30,1
|
28,6
|
26,4
|
25,0
|
24,0
|
21,7
|
19,4
|
Qurilish
|
6,0
|
5,8
|
4,9
|
4,5
|
4,8
|
4,9
|
5,1
|
5,5
|
5,6
|
Xizmatlar sohasi
|
37,2
|
38,2
|
37,9
|
37,4
|
37,2
|
38,4
|
39,5
|
39,4
|
43,3
|
Sof soliqlar
|
12,5
|
11,9
|
12,6
|
13,7
|
14,1
|
11,0
|
11,1
|
9,5
|
9,3
|
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi maiumotlari.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to'g'ri hisoblab chiqish uchun mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YAIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko'p marta hisobga olishlami bartaraf qihsh uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo'shilgan qiy- matlar yig'indisi olinadi.
Qo'shilgan qiymat — bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy mod/diy xarajatlaf chiqarib tashlangandan qolgan qismidir.
YAIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor narxidagi summasi boiganligi uchun tovarning o'zi yoki uning nafliligi ko'paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish ymumiy hajmining har xil elementlarini yagona ymumiy asosga keltirishning eng keng tar- qalgan ko'rsatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi ichki mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga ohnadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o'zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YAIM qiymatini faqat narx o'zgarmagan taqdirda o'zaro taqqos- lash mumkin bo'ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflatsiya (narx darajasining o'sishi) yoki deflatsiya (narx darajasining pasayishi) o'rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.
Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma'lum guruh tovarlar va xizmatlar to'plami narxlari summasini xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari sum- masiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang'ich davri «bazis yil» deyiladi. Agar bu aytilganlarni formula shaldiga keltirsak, u quyidagi ko'rinishni oladi:
. , joriv yildagi iste'mol tovarlari narxi-
Narx inaeksi = -—— 2
bazis yildagi iste' mol tovarlari narxi
Amaliyotda bir qator turh xil tovar va xizmatlar to'plami yoki iste'mol savatining narx indeksidan foydalaniladi. G'arb mamlakatlari va xususan AQSHda by indekslar ichida eng keng qo'llaniladigani iste'mol narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida yirik shahar aholisi sotib oladigan, iste'mol tovar va xizmatlarining 300 turini o'z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning ymumiy darajasini hisoblash uchyn YAIM narx indeksidan foydalaniladi. YAIM narx indeksi ancha keng tushuncha bo'lib, u o'z ichiga nafaqat iste'mol tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YAIM narx indeksi nominal YAIMni real YAIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. Nominal YAIM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxjarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.
Joriy yildagi nominal YAIMni real YAIMga aylantirishning ancha oddiy va to'g'ridan-to'g'ri usuli nominal YAIMni narx indeksi (NI)ga boiishdir, ya'ni:
,, , t,Nominal YAIM Real YAIM = .
NI
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko'rsatkichi YAIM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo'lgan bir qator o'zaro bog'liq ko'rsatkichlar mavjud bo'ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi.
YAMM va YAIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko'rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning o'rnini qoplash uchun zarur bo'lgan qiymatni ham o'z ichiga oladi.
Mamlakat iqtisodiyotining qanchalik rivojlanganligi va samarah ekan- ligini aniq bilish uchun aynan shu yilda jonli mehnatning unumli harakati natijasida vujudga keltirilgan sof milhy mahsulot (SMM) ko'r- satkichidan foydalaniladi.
YAIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milhy mahsulot (SMM) ko'rsatkichi hosil boiadi:
YAIM — amortizatsiya yillik summasi = SMM
SMM qiymatiga davlat tomonidan o'rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o'rnatiladigan narxga qo'shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og'irligi iste'molchi zimmasiga tushib, natijada ular daromadining bir qismini yo'qotadi. Hozi rgi davrda qo'llanilayotgan milliy hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlanib, milliy daromad (MD) ko'rsatkichi aniqlanadi:
SMM — biznesga egri soliq = Milliy daromad.
Shunday qihb, hozirgi hisoblar tizimida SMM miqdori bilan MD miqdori bir-biridan farq qilib qolgan. Aslida mamlakat miqyosida ularning miqdori farq qilmasligi lozim. Chunki milhy daromad sof milliy mahsulotning sotilgandan keyingi puldagi ko'rinishidir. Shuning uchun ba'zi adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning o'zgargan shakli deb ham yuritiladi. Bu holat milhy hisoblar tizimini yanada takomil- lashtirishni taqozo etadi.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan jmilliy daromad farqlanadi. Ishlab. chiqarilgan milliy daromad - bu yangidan yaratilgan mahsulotning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad— bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan har xil yo'qotishlar (tabiiy ofatlar, mah- sulotlarni zaxirada saqlashdagi yo'qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig'i chiqarib tashlang&n miqdorga teng. Milliy daromadni barcha turdagi daromadlarni (amortizatsiya ajratmasi va biznesga egri soliqlar- dan tashqari) qo'shib chiqish yo'li bilan ham aniqlash mumkin. Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar, korxona foydasidan toianuvchi soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo'jaliklari ixtiyoriga kelib tushmaydi. Ikkinchi tomondan esa, uy xo'jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to'lovlar - ular mehnatining natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko'rsatkicliini topish uchun milliy daromaddan uy xo'jaliklari qo'liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini chiqarib taslilashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo'shishimiz zarur:
Milliy daromad — Ijtimoiy sug'urta ajratmasi — Korxona foydasiga soliqlar — Korxonaning foydasi + Ijtimoiy to 'lovlar = Shaxsiy daromad
Shaxsiy daromaddan soliqlar to'langandan keyin uy xo'jaliklarining to'liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.
Soliqlar to'langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to'lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo'li bilan hisoblanadi. Soliqlar to'langandan keyingi daromad uy xo'jaliklari eng oxirida ega bo'ladigan daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o'z tasarrufida by daromadlarning bir qismini iste'mol uchun sarflaydilar va boshqa qismini jamg'armaga yo'naltiradilar.
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga xufyona iqtisodiyot ta'sir ko'rsatadi. Xufyona iqtisodiyot — bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya'ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o'rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosa- batlardir. Bu munosabatlar o'z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi:
jinoyatga aloqador iqtisodiyot — rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazorat- ning har qanday shaklidan yashiringan holdagi xufyona iqtisodiy faoliyat - narkobiznes, qimor o'yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar — bosq|nchilik, shaxsiy mulkni zo'rlik bilan tortib olish, o'g'irlash, reket);
soxta iqtisodiyot — hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo'shib yozishlar);
norasmiy iqtisodiyot — tovar va xizmatlarning ayriboshlash va taqsimlash bo'yicha iqtisodiy subyektlar o'rtasidagi norasmiy o'zaro aloqalar tizimi bo'lib, u mazkur subyektlar o'rtasidagi shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi;
4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot - yakka tartibdagi va kooperativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya'ni qonun tomonidan taqiqlan- gan yoki belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tmagan turi.
14.3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
Yalpi ichki mahsulot (YAIM)ni hisoblashda milhy hisoblar tizimidan .foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) - bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o'zaro bog'liq makroiqtisodiy ko'rsatkicMar, tasniflar va guruhlar tizimi.
MHT BMT tomonidan e'lon qilingan «Milliy hisoblar va yordam- chi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-yildan boshlab qo'Hanilaboshladi. Shu davrdan (1953- yildan) to bugungi kungacha MHT to'rt marta o'zgartirilib, takomil- lashtirildi. Lekin u hali ham takomillashtirishga muhtoj. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, shu jumladan O'zbekistonda mazkur tizimning takomillashtirilgan shakli qoilanilmoqda.
Milhy hisoblar tizimi asosini yig'ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo'lishi mumkin. Daromadlar xo'jahk birlikiari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlar- ning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to'rtta guruhdan iborat boiadi: iste'mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me'yordagi — muvo- zanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xi l usul bilan hisoblanishi mumkin:
Birinchi usul — bu YalMni hisoblashga qo'shilgan qiymatlar bo'yicha yondashuv. Bunda milhy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo'yicha yaratilgan qo'shilgan qiymatlar yig'indisi hisoblab chiqiladi. Qo'shilgan qiymatni aniqlash jami ijtimoiy mahsulotdan oraliq mahsulotlar va xomashyo, yoqilg'i, materiallar qiymatini chegirish orqali amalga oshiriladi. Biz YAIMni hisoblashning mazkur usuliga tegishh ba'zi tushun- chalar (masalan, takroriy hisob, oraliq mahsulot) va shartli misollarni darslikning 2-bobida ko'rib chiqqan edik. Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotni yaratishdagi o'rnini va hissa- sini aniqlash imkohini beradi.
Ikkinchi usul — bu YAIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo'yicha yondashuv. Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan hamma sarflar qo'shib chiqiladi. Milhy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo'jalikning uchta subyekti — uy xo'jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellilt iste'molchilar sotib olishi mumkin.
Uy xo'jaliklarining iste'mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi to- varlarga, xizmatlarga, uzoq rnuddat foydalaniladigan iste'mol buyumlariga va boshqalarga qihnadigan sarflardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |