SH. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi



Download 0,92 Mb.
bet4/8
Sana27.12.2019
Hajmi0,92 Mb.
#31718
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
uslub янги


Mavzu bo‘yicha savollar:

1.Amir Temur va temuriylar davrida Samarqandda siyosiy jarayonlar.

2.Amir Temur va temuriylar davrida Samarqandda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

3.Temuriylar davrida Samarqandda madaniy hayot, ilm-fan ravnaqi.

4.Amir Temur va temuriylar davrida Samarqandda obodonchilik ishlari.
5-Mavzu.Samarqand Buxoro xonligining yirik, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi.
Movarounnahrning katta shaharlaridan bo‘lgan va undan ko‘plab olimu fozillar yetishib chiqqan Samarqand XVI - XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyoda kechgan siyosiy jarayonlarda muhim rol o‘ynadi. XV asrning oxirlarida Temuriylar davlatida kuzatilgan siyosiy inqiroz mamlakatning tashqi kuchlar tomonidan bosib olinishiga zamin yaratdi. Bunday kuch sifatida dashti qipchoqlik Muhammad Shayboniyxon maydonga chiqdi. Movarounnahr va unga tutash yerlarni qurol kuchi bilan bo‘ysundirgan bu hukmdor 1500 yilda Samarqandni zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. Muhammad Shayboniyxon Hofiz Tanish Buxoriyning yozishicha, o‘g‘li Muhammad Temur sultonni o‘z merosxo‘ri etib tayinladi va unga xon unvonini berib, Samarqandga hokim qilib tayinladi.

Shayboniy hukmdorlar go‘zal Samarqand shahrini adolatli harakatlar va xayrli hamda e’tiborli ishlar manbaiga aylantiradilar. Yangi sulolaning ichki va tashqi siyosati shu markazdan turib amalga oshirildi. Poytaxt shaharda yarim ko‘chmanchi o‘zbeklar harbiy aristokratiya bilan mahalliy hukmron doira vakillari va zodagonlar hamkorligida hokimiyatni boshqarishni amalga oshirdilar. Muhammad Shayboniyxonning nisbatan qisqa hukmronligi davrida shaharda ayrim sohalarda jonlanish sodir bo‘ldi. Oliy hukmdor poytaxt shahardagi qurilishlarga alohida e’tibor qaratdi.Bu hukmdorga zamondosh tarixchi,Shayboniyxon “shaxsan o‘zi qurdirgan Madrasai-Oliyaga” borganini qayd etib o‘tadi. Muhammad Shayboniyxonning 1510 yilda fojiali o‘limidan so‘ng, Movarounnahrda uning jiyani Ubaydulla sultonning siyosiy mavqyei mustahkamlandi. Ubaydullaxon davrida (1533-1539) mamlakatning poytaxti rasman Samarqand sanalsa-da, amalda bu hukmdor davlatni o‘z merosiy mulki Buxorodan turib boshqardi. Samarqand hukmron sulolaning eng katta vakili – xon qarorgohi sifatida qoldi.

Ubaydullaxonning o‘limidan so‘ng Movarounnahrda hukm surgan siyosiy parokandalik oqibatida marokaziy hokimiyatning parchalanish jarayoni va ikki hokimiyatchilik vujudga keldi. Natijada, Ubaydullaxoning o‘g‘li Abdulazizxon (1540-1550 yy.) Buxoro taxtiga o‘tirgan bo‘lsa, Samarqandda oliy hukmdor sifatida Kuchkunchixonning o‘hillari – avval Abdullaxon I (1541 y.), so‘ngra Abdulatifxon (1541-1551yy.) hukmronlik qildi. Ushbu siyosiy holatga muvofiq ravishda Samarqand va Buxoro poytaxt shaharlar vazifasini ado etishni davom ettirdi. Abdulazizxonning o‘limidan so‘ng avj olgan yakka hokimlik uchun kurash natijasida 1551- yilda Samarqand hukmdori Abdulatifxon hamda Toshkent va Turkiston hukmdori Navro‘z Ahmadxon Buxoroni qo‘lga kiritish uchun yurish qildilar. Abdulatifxonning o‘limidan so‘ng Samarqand taxtiga Baroqxon nomini olgan Navro‘z Ahmadxon (1551-1556), Buxoroda esa Ubaydullaxonning nabirasi Burxon sulton taxtga o‘tirdilar.

Baroqxonning o‘limidan so‘ng Samarqand taxtiga Burxon sulton o‘tirdi. Shu davrda shaybniylar sulolasining zabardast vakili, qat’iyatli Abdulla sultonning Movarounnahrni siyosiy hayotidagi ahamiyati oshib bordi. Movarounnahrda markazlashgan hokimiyatni tiklashga bel bog‘lagan Abdulla sulton 1557 yilda Buxoroni egalladi va oliy hukmdor sifatida tarkib topgan an’anaga ko‘ra dastlab Jonibek sulton avlodidagi eng keksa vakil – Pirmuhammadxonni (1557-1560), so‘ngra otasi Iskandarxonni (1560-1583) Buxoro taxtiga o‘tqazsa-da, haqiqiy hokimichyat uning qo‘lida qoldi. Abdullaxon P Shayboniylar davlati hududini birlashtirish hamda hokimiyatni markazlashtirishga qaratilgan uzoq va mashaqqatli siyosatni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Uning davrida Buxoro uzil-kesil Shayboniylar davlatining poytaxtiga aylandi.

Abdullaxon P o‘limidan (1598) va uning o‘g‘li Abdulmo‘minning vafotidan keyin Shayboniylar davlati chuqur inqirozni o‘z boshidan kechirdi. Buxoro xonligidagi siyosiy hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo‘liga o‘tdi. Bu sulola hukmronligi davrida ham Samarqand mamlakatda yuz bergan siyosiy jarayonlarda muhim o‘rin tutdi. Ashtarxoniylar ham mamlakatda yuzaga kelgan holatni tartibga solishga muvaffaq bo‘lmadilar. Faolligi oshib borayotgan urug‘ beklarining separatizmi markaziy hokimiyatning susayishiga olib keldi. Jumladan, Ubaydullaxon (1702-1711) davrida Balx, Termiz, Hisor va Shahrisabz bilan bir qatorda Samarqand ham markaziy hokimiyatga qarshi bosh ko‘tardi.

Buxoro xonligidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayot inqirozi yangi hukmdor Abdulfayzxon (1711-1747) davrida yanada chuqurlashdi. Bu davrda Toshkent, Xo‘jand, Balx, Badaxshon, Hisor, Samarqand deyarli mustaqil mulklarga aylangan edi.

Buxoro xonligida 16-17-asrlarda hokimiyat tepasida turgan hukmdorlar davrida Samarqand ayrim jabhalarda rivojlanish jarayonini o‘z boshidan kechirdi. Bu davrda shaharda katta qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, Juvonmard Alixon tomonidan hammom (1574), Qozi Soqiy madrasasi, Yalangtushbiy bahodir tomonidan Sherdor (1636) va Tillakori (1647-1660) madrasalari qurildi.

18-asr oxirlari va 19-asrning birinchi yarmida esa Samarqand O‘rta Osiyo xonliklaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning tanazzuli oqibatida inqirozga yuz tutgan shaharlar qatorida og‘ir damlarni o‘z boshidan kechirdi.

Murakkab siyosiy voqeyalar mobaynida poytaxt shahar mavqyei Buxoroga berilgan bo‘lsa-da, Samarqand hokimiyat tepasiga kelgan oliy hukmdorlarning shaharda joylashgan “ko‘k toshga o‘tirish” rasmiy marosimi o‘tkaziladigan markaz sifatidagi ahamiyatini saqlab qoldi. Xususan, 18-asr boshlarida Mir Muhammad Amin Buxoriy dunyo hukmronligini orzu qilgan turli hukmdorlar “Samarqandda... ko‘k toshga o‘tirar edilar”, - deb qayd qilgan. Oliy hukmdorning Samarqandda ko‘k toshga o‘tirish an’anasi 19-asrning birinchi yarmigacha ham davom etgan.

16-19 asr birinchi yarmida Samarqand O‘rta Osiyodagi boshqa shaharlar kabi mahobatli mustahkam himoya devorlari bilan o‘rab olingan edi. Bu o‘rinda 16 asr muallifi Zayniddin Vosifiyning Samarqand devori haqida yozgan quyidagi so‘zlari e’tiborlidir: “Karvon Samarqand shahri darvozasiga yetkach, shunday bir shaharni ko‘rdilarki, g‘oyat mustahkam va mahkam. Devorning balandligi shu qadarli ediki, agar falak ho‘kizi uning tepasidan o‘tganda kungurasining keski qornini yirtgan bo‘lardi”. Samarqand shahri devorlari burj va kunguralar bilan ishlangan edi. Devorga o‘rnatilgan darvozalar uni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi asosiy vosita sifatida shahar hayotida muhim o‘rin tutgan. 16- asrga oid ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqandning janubida So‘zangaron, g‘arbida Choharraxa, shimoliy tomonida Ohanin darvozalari joylashgan edi. Zahriddin Muhammad Bobur ham Samarqandning Ohanin, So‘zangaron, Shayxzoda, Feruza, Gozuriston darvozalari nomlarini keltiradi.

Xonlikning juda katta hududlaridagi kabi Samarqandda ham mahalliy aholi o‘z ehtiyojlari va sotish uchun paxta, tamaki yetishtirishga harakat qilgan. Viloyatning Angor, Shiroz, Urgut, Kattaqo‘rg‘on va Shovdor tumanlarida esa turli matolarni bo‘yashda ishlatiladigan rang xom ashyosi, pista daraxtidan olinadigan – buzg‘unch, ruyan, isparak, po‘kak ko‘p miqdorda yetishtirilgan.

Aholi dehqonchilik bilan bir qatorda bog‘dorchilik bilan ham keng shug‘ullangan. Samarqandda bog‘lar juda ko‘p edi. Bunday bog‘larda olma, nok, behi, o‘rik, olcha, shaftoli, olxo‘ri, bodom, anor, anjir va boshqa turdagi mevalar yetishtirilgan. Uzumning turli navlari yetishtirilib, ulardan sharbat, sharob va mayizlar tayyorlangan. Samarqand xonlikda “Eng yaxshi” shaftolilar yetishtiriladigan markaz sifatida mashhur edi.

Samarqand shahri va uning atrofidagi bog‘larda turli hunarmandchilik sohalari uchun xom-ashyo vazifasini o‘tovchi ko‘plab daraxtlar o‘stirilar edi. Xususan, duradgorlar bu bog‘larda o‘stirilgan yong‘oq, chinor, qayrag‘och, tut va terak daraxtiga ehtiyoj katta edi.

Buxoro xonligining asosiy suv tomiri Zarafshon daryosi hisoblanib, uning suvlari bilan Samarqand vohasi ham sug‘orilgan. Zarafshon daryosi suvi turli kanallarga taqsimlangan. Bunda ravoq tizimidan foydalanilgan. Bir ravoq suv 100000 tanob yerni sug‘orishga mo‘ljallangan edi. Odatda ravoq g‘ishtin ko‘priklar ostida arka sifatida qurilib, u suv oqimining yo‘nalishini boshqarib turgan. Samarqand yaqinida Zarafshonning suvini atrofdagi barcha hududlarga taqsimlab berish uchun 21 ta ravoq mavjud bo‘lgan. Bu ravoqlar orqali Samarqanddan Karmanagacha bo‘lgan yerlar sug‘orilgan.

Samarqand atrofidagi hudud turli foydali va qimmatbaho qazilmalarga boy edi. Jumladan, bu yerda feruza, mis, granit, gips, marmar va boshqa foydali qazilma konlari mavjud edi.

Bu davrda turli hunarmandchilik sohalari keng rivojlangan edi. Xususan, Samarqandda tuzilgan, 16-asrga oid qozilik hujjatlarida 60 dan ortiq hunar turlari qayd qilingan.

Shaharda eng rivojlangan hunarmandchilik sohalaridan biri to‘qimachilik edi. Samarqandlik to‘quvchilar yaratgan ko‘pdan-ko‘p mahsulotlar turlariga boshqa shaharlar, mamlakatlar, dasht ahli orasida talab katta edi. Bunday gazlamalar jumlasiga bo‘z (karbas), olacha, chit va boshqalarni kiritish mumkin. Bu matollarning ayrimlari chet mamlakatlarga ham olib borib sotilgan.

Samarqand ipak matolari ishlab chiqaruvchi yirik markazlardan biri sanalardi. Shaharlik hunarmandlar tomonidan to‘qilgan ipak gazlamalarning eng mashhuri baxmal bo‘lib, u haqida Zahriddin Muhammad Bobur “Samarqandning yana bir matoi qirmizi baxmaldurkim, atrof va javonibqa eltarlar”-deb yozadi. Shuningdek, shaharda oltin va kumush iplar qo‘shilib parchalar, atlaslar va boshqa ipak matolar ham to‘qilgan.

Samarqandda turli matolar ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqlikda buyoqchilik ham rivojlangan edi. Hunarmandlar matolarni turli ranglarga, xususan, nil (indigo) buyog‘iga bo‘yashda katta mahoratga ega edilar.

Shaharda turli temirchilik sohalari keng rivojlangan edi. 16 asr Samarqandga oid hujjatlarda temirchilar – ohangarlar, bronzadan turli buyuk quyuvchilar – rextagarlar, cho‘yan buyumlarni quyuvchilar – cho‘yangarlar, mix yasovchi ustalar – mexchagarlar tarzida keltiriladi.

Shahar hunarmandchiligida zargarlar alohida o‘rin tutganlar. Ular turli-tuman metallar va qimmatbaho toshlardan xilma-xil zeb-ziynat buyumlari – zirak, soch popuklar, bargak, tillaqosh, tumor, bilakuzuklarni yasaganlar.

Shaharda oyoq-kiyim tikuvchi turli kosib-ustalar – muzado‘z, kafshdo‘z, etiklarga gul tikuvchilar ko‘p bo‘lgan. Samarqandlik ustalar tomonidan xonlikdagi eng yaxshi etiklar tayyorlangan. Charmdan hunarmandlar, shuningdek, telpaklar, ov qo‘lqoplari, kamzullar tikkanlar.

Shaharda egar-jabduqlar yasash bilan mashhur bo‘lgan hunarmandlar ham faoliyat ko‘rsatganlar. A.Vamberining ko‘rsatishicha, shahar bozorlarida “sotish uchun mashhur charm mahsulotlar,did bilan ishlangan egarlarni ko‘rish mumkin bo‘lib, “ularning bezagi, hatto, yevropalik ustaga ham shuhrat keltirishi mumkin edi”.

O‘rta Osiyoda keng rivojlangan hunar sohalaridan – qog‘oz, yozuv anjomlarini ishlab chiqarish va qo‘lyozma kitoblarni muqovalash yuqori saviyada turar edi. Ilm-fan va madaniyat rivojlangan bu qadim diyorda doimo yozuv qog‘oziga ehtiyoj katta edi. Yozuv qog‘ozi ishlab chiqarish rivojlangan markazlardan biri Samarqand bo‘lib, bu haqida Zahriddin Muhammad Bobur: “Olamda yaxshi qog‘oz Samarqanddin chiqar, juvozi qog‘ozlar suyi tamom Konigildin keladur”, -deb qayd etgan edilar. Samarqandda qog‘oz ipakdan (qog‘oz-i abrishumi), yarim ipakdan va paxtadan tayyorlangan. Qog‘ozgar ustalar tayyorlagan qog‘ozni turli ranglarga – qizil, ko‘k, sariq va boshqa ranglarga ham buyar edilar.

Shaharda keng rivojlangan hunarmandchilik sohalaridan yana biri muqovasozlik edi. Muqovasozlik ustaxonalarida usta “sahhoflar” turli qo‘lyozmalarni muqovalash bilan shug‘ullanganlar. 16-asr boshlarida muqovasozlarning bunday do‘konlaridan biri Samarqanddagi “Bozori Attoron”da joylashgan edi.

Samarqand turli harbiy qurol-aslahalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan markaz ham edi. Bu yerda 16-19-asrning birinchi yarmida pichoq, xanjar, dubulg‘a, sovut, qilichlar ishlab chiqarilgan. 19 asr boshlariga kelib o‘t ochar qurollarning keng rasm bo‘lishi natijasida bu yerda miltiqlar, to‘p o‘qi tayyorlangan. Xususan, 19-asrning 70-yillariga oid ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqanddagi shahar bozorida 15 ta ochiq ustaxonada qurol-yarog‘ tayyorlanib, ularda bu ish bilan mashg‘ul “oltita yaxshi usta” mashg‘ul bo‘lgan.

19-asrning birinchi yarmida Buxoro amirligidagi porox va to‘p o‘qi tayyorlovchi asosiy markaz Samarqand edi. Samarqand yaqinida esa porox ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik ustaxonalari bo‘lgan.

Samarqandliklar aholiga turli oziq-ovqatlar – qandolatchilik mahsulotlari, taomlar, non yetkazib berishda o‘z kasbining mohir ustalari edi. Shu sababli ham Zahriddin Muhammad Bobur “Xo‘b nonvoliqlari va oshpazlari bordur”,- deb yozgan edi.

16-19-asrning birinchi yarmida Samarqand yirik savdo markaziga aylangandi. Shaharning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy yuksalishida muhim o‘rin tutgan ichki, tashqi va tranzit savdo amalga oshiriladigan yerlar – bozorlarning ahamiyati beqiyos edi.

Boburnomada: “Samarqand shahri ajab orasta shahredur, bu shaharda bir xususiyati borkim, o‘zga kam shaharda andoq bo‘lgay. Har hirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birlariga mahlut emastur, tavr rasmedur”. Shaharda turli matolar, kiyim bosh – do‘ppi, to‘n, ko‘ylak, salla, ro‘mol, oyoq kiyimlari, charm mahsuotlari, temir buyumlar, uy-ro‘zg‘or anjomlari, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar bilan savdo qiluvchi alohida bozorlar mavjud edi. Shahar bozorlari turli savdo rastalari majmuasidan iborat bo‘lib, ular odatda ma’lum turdagi molni sotishga mo‘ljallangan qatorlardan tashkil topgan. Rastalar ko‘p hollarda mahsulotni shu yerning o‘zida ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan do‘konlar majmuidan iborat bo‘lgan.

Savdo amalga oshiriladigan joylar ko‘pincha shaharning markaziy maydonlarini egallar edi. Asosan shaharning markaziy qismini tashkil etgan Registon ana shunday savdo maydonlaridan biri edi.

Shahardagi yirik markaziy bozorlar bilan bir qatorda guzarlarda ham kichik bozorchalar ham mavjud bo‘lgan. Bozorlar shahar ijtimoiy hayotining markazlari ham hisoblangan. Bu yerda hukmdorlarning farmonlari o‘qib eshittirlardi, ayrim hukmlar ijro etilar edi. Ko‘p hollarda shariat va jamiyat qonunlarini buzgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari bozorlarda hammaning ko‘z o‘ngida ijro qilinar etilardi. Bozorlar madaniyat markazlari ham sanalardi. Shoirlarning she’rlari o‘qib eshittirilar, turli tomoshalar ham ko‘rsatilar edi. Shahardagi bozorlarda kitob savdosi keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular ham o‘zlarining maxsus bozorlariga ega edi.

Shaharda tabiblarning do‘konlari ham mavjud bo‘lib, unda o‘simliklardan tayyorlangan dorilar va ziravorlar bilan ham sotilgan, shu yerda ba’zi kasallar ham qabul qilingan.

Shunday qilib, 16-19 asrning birinchi yarmida Samarqand O‘rta Osiyoning yirik markazlaridan biri sifatida bu yerda kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarida muhim o‘rin tutdi. Davrning injiqliklari, siyosiy qarama-qarshiliklarga qaramasdan Samarqand hamisha o‘zining tarixiy qiyofasi, an’analarini saqlab qoldi.


Mavzu bo‘yicha savollar:

1.Shayboniylar davrida Samarqandda siyosiy jarayonlar.

2. Shayboniylar davrida Samarqandda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

3.Ashtarxoniylar davrida Samarqandda siyosiy jarayonlar.

4.Ashtarxoniylardavrida Samarqandda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

5.Buxora amirligi davrida Samarqandda madaniy hayot.



6- Mavzu. Podsho Rossiyasi hukmronligiyillarida Samarqand
Reja:

  1. XIX asrning ikkinchi yarmida Samarqandning Rossiya imperiyasi tomonidan tomonidan istilo qilinishi..

  2. Samarqandda ijtimoiy-siyosiy ahvol va Rossiya imperiyasining boshqaruv tizimi.

  3. XIXasrning ikkinchi yarmiXX asr boshlarida Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatgan sanoat korxonalari, hunarmandchilik, savdo munosabatlari.

  4. Samarqand viloyatining qishloq xo‘jaligi faoliyati.

  5. XIXasrning ikkinchi yarmiXX asr boshlarida ta’lim va fan.

Buxoro amirligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Samarqand XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyaning mustamlakasiga aylanadi.

1868 yilning 18 aprelida K.P.Kaufman Toshkentdan Jizzax tomonga yo‘lga chiqadi. K.P.Kaufman o‘zining bosqinchilik urushini oqlash maqsadida Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlariga quyidagi mazmunda murojaatnoma yo‘llaydi:

“Keyingi vaqtlarda Samarqandda Rossiyaga qarshi Buxoro qo‘shin to‘playotganligi haqida aniq ma’lumotlar olinmoqda. Samarqandda ruslarga qarshi urushni targ‘ib qilayotgan va go‘yo din uchun kurashayotgan mutaassiblar yog‘ilib kelib, Sirdaryo viloyatining o‘troq aholisini g‘alayonga da’vat etmoqdalar. Men yarim yil mobaynida muzokaralar vositasida tinchlikka erishish uchun bor kuchimni sarfladim. Buxoroliklarning sulh shartnomasini uzil-kesil qabul qilishni atayin cho‘zishga qaratilgan nayranglarini sezmaslikka intilib, Rossiya bilan Buxoro o‘rtasida tinchlik sulhini tuzish zarurligiga amirni ishontirishga ko‘p urindim. Men amir bir necha bor rus qo‘shinlarini bilan to‘qnashishdan o‘ziga saboq oladi, do‘eb o‘ylagan edim. Ammo amir qurol kuchi bilan o‘zining O‘rta Osiyodagi mavqeini tiklashga harakat qilmoqda. Agar Buxoro qo‘shinlarining to‘planishi Rossiyaga qarshi qaratilgan bo‘lsa hamda bizning chegaralarimizda qurol kuchisiz tinchlikni ta’minlashning iloji bo‘lmasa, u vaqtda qo‘lda qilich bilan tinchlikka erishish zarurati tug‘iladi”.(Ocherki voennыx deystviy 1868 g. v Zarafshanskoy doline. Str. 189.).

K.P.Kaufman Samarqand shahri aholisiga1868 yil 22-aprelda “Murojaatnoma” yuboradi. Unda rus askarlarining hujumi xalqqa emas balki amirga qaratilganligi haqidagi fikrlar yozilgan edi.

CHo‘ponota tepaligida mudofaada turgan vatan himoyachilarining soni ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 12.000 piyoda askar, 3.000 otliq, 1500 to‘pchidan iborat bo‘lib, jami 100.000 kishi Vatan himoyasi uchun otlangandi (Bitva russkix s buxarsami v 1868 g. Geroyskaya oborona v Samarqande. 1873, str.148).

Samarqand bekligining markazi Samarqand uchun Buxoro qo‘shinlari va rus askarlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1868 yil 1- mayda bo‘lib o‘tgan, 2-may kuni shahar egallanadi (H.Ziyoev. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T. “SHarq”. 1998. 265-b).

1868 yil 23-iyunda Buxoro amiri Turkiston general-gubernatori fon Kaufman bilan sulh tuzib, Rossiyaning vassaliga aylanadi. Bu sulhga ko‘ra, Buxoro amirligi o‘z mustaqilligini yo‘qotibgina qolmay, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Zarafshon daryosining yuqori qismidagi erlardan ham ajraldi.

Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan hududlarda ma’muriy hududiy birlik, ya’ni markazi Samarqand bo‘lgan Zarafshon okrugi tuzildi, Aleksandr Konstantinovich Abramov tayinlandi (Massalьskiy V.I. Turkestanskiy kray. SPb. 1913. S.309).

Turkiston general-gubernatorligi tomonidan 1868 yilda tashkil etilgan Zarafshon okrugi dastlab Samarqand va Kattaqo‘rg‘on bo‘limlaridan iborat bo‘lib, 1871 yilda ularga yangi ma’muriy-hududiy birlik – tog‘li tumanlar qo‘shildi. Samarqand bo‘limida 134 ta daha va 653 ta qishloq, Kattaqo‘rg‘on bo‘limida 22 ta uchastka, 286 ta qishloq, Tog‘li tumanlarda 12 ta uchastka va 233 ta qishloq mavjud bo‘lgan (Materialы dlya statistiki Turkistanskogo kraya. Vыp. 6. SPb., 1876. S.11-55).

1886 yilgi “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom” ga ko‘ra, Turkiston o‘lkasining ma’muriy-hududiy bo‘linishi o‘zgartirildi. Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga o‘zgartirildi. iSamarqand viloyati Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand va Xo‘jand uezdlaridan tashkil topdi (G‘afforov SH. Mustamlaka davrida Samarqandda boshqaruv tizimi va sanoat ishlab chiqarishning shakllanishi. S.-2011. 16-b.).

Samarqand uezdiga Samarqand shahri va Panjakent shahri; Jizzax uezdiga Jizzax shahri; Xo‘jand uezdiga Xo‘jand shahri va O‘ratepa shahri; Kattaqo‘rg‘on uezdiga Kattaqo‘rg‘on shahri kirgan.

1897 yilda M.Virskiy bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand uezdida 32 ta, Xo‘jand uezdida 11 ta, Kattaqo‘rg‘on uezdida 31 ta, Jizzax uezdida 17 ta volostlar mavjud edi. Viloyat bo‘yicha 390 ta qishloq va 48 ta ovul jamoalari, aholi punktlari 2267 ta qishloq va 158 ta ovuldan iborat bo‘lgan ( Statisticheskie svedeniya po gorodom i uezdam Samarkandskoy oblasti za 1897 g. M.Verskogo Samarkand. Tip-ya: K.M.Fedorova. 1899. S. 4-10).

Kaufman 1873 yil 23 sentyabrda Buxoro xonligi bilan yangi shartnoma tuzib, uning Rossiyaga qaramligini yanada mustahkamlash va Rossiya savdo doiralarining manfaatlarini ko‘proq ta’minlashga erishdi. SHartnomada shunday deyilgan:

1-modda. Rusiya podshohi janoblari imperatori a’zam va Buxoro amiri janobi oliy mulklarining o‘rtasidagi chegara chizig‘i o‘zgarmaydi.Amudaryoning sul soxilidan boshlab Xiva erlarirus mulkiga qo‘shilganidan so‘ng, hamda Buxoro amiri va Xiva xonining ilgarigi g‘arbiy chegaralari yaьni Amuning sulidagi Xolata mavzeidan Gugertli tukay tamoniga boradigan chegara bekor qilinadi.

Buxoro amirining mulkiga ilgari Buxoro va Xiva chegarasi bo‘lgan Amudaryo soxilining sul tamoni Gulgertligidan to Mishokli tukayiga CHa xamda Mishoklidan boshlab ilgarigi Buxoro va Xiva cherasi va Rusiya davlati chegarasigacha bo‘lgan xudud o‘tadi.

2-modda Xiva xonligidan Amudaryo sohilining sul qismidagi erlar ajratib olingani uchun Buxorodan shimoldangi rus erlariga boradigan hamma karvon yo‘llari fakat Buxoro va Rusiya o‘z erlari hududida karvonlar va tijoratni muhofaza qilish ustidan nazorat o‘rnatadilar.

3-modda Amudaryoning Buxoro amirligi mansub bo‘lgan qismida Buxoro kemalari bilan bir qatorda Rusiya kemalari hamda xususiy kemalar uchun erkin suzish huquqi esa beriladi.

4-modda Amudaryo Buxoro davlatiga tegishli sohillarida ruslar xoxlagan joylarda ombor va bandar qurish huquqiga egadirlar. Buxoro hukumati o‘z zimmasiga oladi. Bandar qurilishi uchun belgilangan joylarni ruslarning Turkistondagi oliy hukimati tasdiqlaydi.

5-modda Buxoro amirligidagi hamma shahar va qishloqlar rus savdosi uchun ochikdir. Rus tujjorlari va karvonlari amirlilik xududida erkin xarakat qilib maxalliy xokimlar tamonidan maxsus himoya ostiga olingan. Rus karvonlarining Buxoro hududidagi xavfsizligi uchun Buxoro hukimati javob beradi.

6- modda. Rusiyadan Buxoroga yoki Buxorodan Rusiyaga olib boriladigan rus tujjorlarining hamma mollari umumiy qiymatidan 2,5 foiz miqdorda boj olinadi. Turkiston o‘lkasida esa 1|40 qism miqdorida boj olinadi. Bu zakotdan boshqa soliq olinmaydi.

7-modda. Rus tujjorlari Buxorodan boshqa qo‘shni joylarga soliqsiz tovar olib borish huquqiga egadirlar.

8-modda. Rus tujjorlari zarur hollarda Buxoro shaharlarida tovarlarni saqlash uchun karvonsaroylar qurishga huqulidirlar.

9-modda. Savdo jarayonining to‘g‘ri borishi va soliq olishning qonuniy bo‘lishi uchun hamda mahalliy hukumat bilan tijorat ishlarini olib borish uchun rus tujjorlari Buxoro shahrida tijoratxona ochishga haqlidirlar. Buxoro tujjorlari uchun Turkiston o‘lkasida ham shunday huquq beriladi.

10-modda.Buxoro va Rusiya o‘rtasidagi savdo majburiyatlari har ikki tomonlama muqaddas sanaladi va ular buzilmasligi shart. Buxoro hukumati savdo va umuman, tijorat ishlari odilona bo‘lishiga kafolat beradi va ular ustidan nazoratni o‘z zimmasiga oladi.

11-modda. Rusiya tobelari Buxoro fuqarolari bilan bir qatorda, Buxoroda shariat talablariga qarab, har xil ish va kasb bilan mashg‘ul bo‘lish huquqiga ega bo‘ladilar. Buxoro fuqarolari ham rus mulklarida Rusiya qonunlari ijozat bergan barcha faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga haqlidirlar.

12-modda. Rusiya tobelari amirlik hududida xususiy mulk, ya’ni uy, bog‘, er sotib olishga huquqlidirlar. Bu mulkdan Buxoro fuqarolari bilan bir xilda xiroj olinadi. SHunday huquqdanRusiya imperiyasida Buxoro fuqarolari ham foydalandilar.

13-modda.Rusiya tobelari chegaradan erkin o‘tishga doir ijozatnomasi bilan Buxoroga keladilar, ular amirliking hamma joylariga borish huquqiga ega bo‘lib, Buxoro hukumatining maxsus homiyligidan foydalanadilar.

15-modda. O‘rta Osiyodagi ruslarning oliy hukumati bilan yaqin va doimiy munosabatda bo‘lish uchun Buxoro amiri o‘zining ishonchli kishilaridan biron shaxsni Toshkentda doimiy va vakolatli elchi qilib tayinlaydi. Bu vakolatli elchi Toshkentdagi amir hovlisida amir hisobidan yashaydi.

16-modda. Rusiya hukumati ham o‘z doimiy vakilini amir janob oliylari huzurida ta’minlashi mumkin.(Buxorodagi Rusiya hukumatining vakili Rusiya hukumati hisobidan yashaydi.)

17-modda. Rusiya imperiyasi podshohiga yoqish va imperiatori a’zam janoblarining obro‘sini ko‘tarish uchun amir Sayid Muzaffar janobi oliylari qaror qiladi: Bugundan e’tiboran Buxoro hududida abadul-abad insonparvarlik qonuniga zid bo‘lgan odamlar bilan savdo qilish bekor etiladi. SHu qarorga binoan qat’iy buyruq jo‘natadi: agarda Buxoro chegarsidagi shaharlardan yuqorida zikr qilingan farmonga qarshi o‘laroq Buxoro fuqarolari uchun boshqa qo‘shni davlatlardan qullar olib keltirilsa, ular bilan savdo qilish xat orqali to‘xtatiladi. Amir farmoniga rioya etmay olib keltirilgan odamlar esa o‘z xo‘jayinidan tortib olinib, ozod qilinadi.

18-modda. Sayid Muzaffar chin qalbdan do‘stlik va qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun Rusiya bilan Buxoro o‘rtasidagi shartnomani hamda 5 yildan buyon amal qilib kelayotgan 17-moddani Buxoro saodati uchun qo‘llanma sifatida qabul etadi. Bu shartnoma ikki nusxada, ikki tilda – rus va turkiy tillarda yoziladi. Tasdiqlash nishonasi uchun Sayid Muzaffar o‘z muhrini bosdi va uni o‘zi va vorislari uchun qo‘llanma sifatida qabul qildi. (Ҳамид Зиёев. Туркистонда Росссия тожовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. Т.”Шарқ” 1998).



Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish