Sh. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi


Samarqand bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar



Download 0,92 Mb.
bet10/16
Sana01.05.2023
Hajmi0,92 Mb.
#933747
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
SH. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi

Samarqand bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar

Turli davrlarda bildirilgan ta’riflarga quloq tutaylik: «Samarqand yerlari bepoyon, semiz va unumdor bo‘lib, juda barakali hosil beradi, gullar va meva-chevalar haddan tashqari serob. Aholi zo‘r otlarni ko‘plab yetishtiradi. Odamlari san’at va hunarmandchilikda dong taratgan»-deb yozadi VII asrda yashagan xitoylik buddaviy missoner Syuan Szyan o‘z kundaligida. X asr taniqli arab geografi Istaxriy Sharqning juda ko‘p mamlakatlari bilan yaqindan tanishgan. U Samarqandni «Alloh yaratgan eng suyukli yurtlardan biri», deb ta’riflab, uni eng shirin, jannatiy mevalar yetishtiriladigan «yer yuzidagi rohatbaxsh joy», deb ataydi.


Yuqorida ta’kidlangan va uning zamondoshlaridan biri bo‘lgan at-Tabariy esa Samarqandni «musulmon amirlarining bog‘i» sifatida ulug‘laydi.
«Samarkandliklar qalbi go‘zallikka oshno. Ular orasida jahonni bezaydigan mo‘jizalarni yaratishga qodir ustalar ko‘p»-deb yozgan edi XII asr tarixchisi Idrisiy. Juda ko‘p yurtlarni kezgan va Sharq shaharlarini tasvirlagan.
Eftalitlar (509-567 yillar), so‘ngra Turk xoqonlari (VI-VII asrlar) Qora dengiz bo‘ylaridan to Buyuk Xitoy devorigacha bo‘lgan hududlarni nazorat qilardi. Bu davrda, ayniqsa, sug‘dlik savdogarlar juda faol bo‘lgan. Buni Buyuk ipak yo‘lining barcha tarmoqlarida sug‘d tili va yozuvi savdo tiliga aylangani, ya’ni xalqaro maqomga ega bo‘lgani ham tasdiqlaydi.
Xitoyning Dunxuan manzilidan topilgan sug‘d yozuvlari, Turfon va Qarashardagi go‘zal devoriy suratli ibodatxonalar va Qoraqurumdagi rasmlar bu davrda yaratilgan sug‘d tarixiga oid noyob yodgorliklar hisoblanadi.
Xitoy sayyohi Syuan Szyan 629 yili Samarqandda bo‘lib, uni yerlari hosildor, aholisi ko‘p, turli davlatlardan keltirilgan har xil mollarga boy va hunarmandchiligi g‘oyat rivojlangan markaz sifatida tasvirlaydi.
Afrosiyobdan topilgan VII asrga oid devoriy suratlardagi a’yonlar tasviri Samarqand podshosi Varxuman markazda, chap tomonida esa Chag‘oniyon (janub), o‘ng tomonida Choch (shimoli-sharq), Chin Mochhatto Quriya vakillari aks ettirilgan.
M a’lumki, ajdodlarimiz bir necha yilar davomida zardushtiylik diniga e’tiqod qilganlar.VII asrning o‘rtalariga kelib, Samarqand qariyb 70 gektar maydonni egallab, ikkin-chi mudofaa devoriga qadar cho‘ziladi. Uning janub tarafidagi yerlarda dehqonchilik qilinar edi. VII asrning o‘rtalariga kelib uning atrofini jadal o‘zlashtirish boshlangani ko‘zga tashlanadi. Shu davrdan boshlab nafaqat Sug‘dda, balki butun Movarounnahrda Samarqandga teng keladigan shahar bo‘lmaydi.
VI—VII asrlarda Samarqandda hunarmandchilikning har xil turlari, oynachilik, to‘qimachilik, sopolchilik rivojlanadi. Oynasozlar pardoz va xo‘jalik idishlari tayyorlaydi. Samarqandda bir qancha zargarlik ustaxonalari bo‘lgan. Samarqandning rang-barang naqshli ipak matolari dunyoning ko‘pgina mamlakatlariga sotilgan. Hozirgi paytda bu matolarning ayrim namunalari G‘arbiy Yevropa muzeylarida saqlanmoqda.Sug‘d hududida, jumladan, Samarqandda V-VII asrlar davomida zardushtiylik hukm surgan.
O‘zining geosiyosiy holati hamda Yaqin va Uzoq Sharq, Hindiston, Yevropaga olib boradigan asosiy savdo yo‘llari chorrahasida joylashuvi bilan bog‘liq holda Samarqand IX asrdayoq hunarmandchilikning yetakchi markazlaridan biriga aylanadi. 1X-X asrlarda shaharga kelgan arab sayyohlari nafaqat Samarqand va Movarounnahr bozorlarida, balki uning uzoq hududlarida ham turli xil tovarlar ishlab chiqaradigan ko‘plab ustaxonalar borligini qayd etadi.
Olis mamlakatlar bilan tovar almashuv munosabatlari barqaror valyuta asosida amalga oshiriladi. 1X-X asrlarda Samarqand zarbxonasi tanga zarb etishda yetakchi o‘rin egallaydi. Bu yerda tilla dinorlar, kumush dirhamlar va ko‘plab mis tangalar tayyorlanadi, ular tashqi va ichki savdo samaradorligini ta’minlaydi. Samarqand bu borada Buxoro va Xuroson shaharlaridan ham ustun edi. Faqat Shoshdan keyin turardi. Ismoil bin Ahmad boshqaruvi davrida (892-907) ko‘p miqdorda chiqarilgan, felsa deb ataladigan mis tangalar o‘nlab yillar davomida ichki bozorni pul bilan ta’minlab, butun MovarounnahrdaBuxorodan tortib Farg‘ona vodiysigacha tovar almashuvida faol ishtirok etadi.
Iqtisodiy sohadagi bunday yuksalish shaharning hududiy jihatdan kengayishi, madaniyat darajasining oshishiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘sha davr manbalari Samarqandda X asr boshlarida katta miqdordagi jamoat inshootlari, oliy o‘quv yurtlari bo‘lganini ta’kidlab, shahar obodonchiligini yuksak baholaydi. Chunonchi, X asrning ikkinchi yarmida Samarqandga kelgan Ibn Havqal shu haqda ma’lumot beradi.
Movarounnahrni qoraxoniylar hokimiyatiga bo‘ysundirgan Nasr bin Alining vorislari davrida Samarqand qoraxoniylar saltanatining bosh shahriga aylanadi. Bu xonlik 1040 yildan keyin g‘arbiy va sharqiy qismlarga bo‘linib ketgach, Samarqand g‘arbiy saltanat poytaxti, xon qarorgohi bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, Samarqand xonlikning ikki qismi uchun ham, xuddi avvalgidek, bosh shahar bo‘lib qolaveradi. Ma’lum bir siyosiy beqarorlikka qaramasdan, shahar rivojlanishda davom etadi, uning jadal kengayish davri XI-XII asrlarga to‘g‘ri keladi. Aholi ko‘payishi bilan savdo-hunarmandchilik maskanlari ham ortadi, shaharning katta qismi hunarmandlar ustaxonalariga to‘ladi.






Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish