Sh.Rashidov tumani 21-umum ta’lim maktabida Finlandiyada tarix darslarini o’tishdagi tajribasidan foydalangan holda 10-A sinf o’quvchilar ishtirokida JDPI tarix fakulteti katta o’qituvchisi, arxeolog Xolboyev Ziyodullaning”Jizzax vohasining o’tmishi va buguni”nomli bo’lib o’tgan o’quv-amaliy ma’ruza darsiga tuzilgan
BAYONNOMA
20.04.2020y Sh.Rashidov tumani
Qatnashdi: 10-a sinf o`quvchilari, tarix fani o`qituvchisi Nazarova N, rus tili fan o`qituvchisi Botirova D , matematika fani o`qituvchisi Mamirov B, Avazov G’, maktab psixologi Tog’ayeva R
Kun tartibidagi masalalar:
1)Darsni tashkiliy qismdan boshlash o`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkazish;
2)Jizzax vohasini o`tmishi va buguni to`g`risida arxeologik yodgorliklar bo`yicha ma`lumot berish;
1-masala yuzasidan Bugun 20-aprel 08:50 da 10-A sinf o’quvchilari darsisini tarix fani o`qituvchisi Nazarova Nodirabonu tashkiliy qismidan boshlab o`quvchilarni Finlandiyada tarix darslarda o`tkaziladigan metodlar tajribasi bilan tanishtirildi.Ya`ni,o`quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida arxeolog yoki veterinarlarni taklif etish hamda ulardan fan sirlarini bilib olishga harakat qiladilar.Shundan so`ng o`qituvchi taklif etilgan mehmon o`qituvchini tanishtirdi.
2-masala yuzasidan JDPI tarix fakulteti katta o`qituvchisi arxeolog, Xolboyev Ziyodulla ustoz tomonidan “Jizzax vohasining o`tmishi va buguni” nomli ma’ruzani slaydlar asosida olib bordilar.Dastlab Jizzax vohasining hududida ilk odamlarning izlari so`nggi paleolitga borib taqalishini qadimgi odamlarning asosiy mashg`ulotlari,Jizzax vohasining boshqa qabila xalq bilan o`zaro qo`shnichilik munosabatlari haqida vohaning asosiy markazi to’g`risida ma`lumotlar berildi.Bundan tashqari vohaning Qaliyatepa tepaligida o’tkazilgan dala-tadqiqotlaridan namunalar o`quvchilarning vohamiz tarixi uzoq o`tmishda borishi to`g`risida bilim-tasavvur shakllandi.Bundan tashqari,qadimgi shaharlar-mudofaa devorlari bilan o’ralganligi, shahar qismi 3 qismdan ya`ni, ark, shahriston, rabot qismlaridan iborat ekanligi haqida ham batafsil ma`lumotlar berildi.Shuningdek, Dashtobod hududlaridan ham ko`chmanchui chorvodorlarning manzilgohlari topilgan va ulardan topilgan arxeologik moddiy manbalar bilan o`quvchilarni tanishtirdilar. Jizzax vohasida Zahriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida ham voha nomi qayd etilgani ya’ni “Dizak”shaklida “kichik qal’a” degan ma`noni anglatishi to`g`risidagi tarixiy manbalardan keltirilgan ma`lumotlar o`quvchilarni fanga qiziqishini ko`proq uyg`otdi.
Ko’rilgan masalalar yuzasidan
Qaror qabul qilindi:
10-a sinfda o`tkazilgan o`quv amaliy ma’ruza darsi o`quvchilar tomonidan yaxshi tassurot uyg`otdi voha bo`yicha yangi ma`lumotlar bilan tanishishdi.
O`qtuvchi: Nazarova N. Sh
Do'stlaringiz bilan baham: |