Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Takomillashtirilgan yangi mexanizm esa quyidagi



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/116
Sana28.10.2022
Hajmi2,07 Mb.
#857956
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116
Bog'liq
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205

Takomillashtirilgan yangi mexanizm esa quyidagi 
asosiy shart-sharoitlarning ta’sirini tartibga solishi lozim
: ishchi ku-
chiga talabning oshishi va unga taklifning kamayishi; yollanma ishchi 
kuchiga mehnat haqi (narx) eng past miqdorini aholi jon boshiga toʻg‘ri 
keladigan minimal iste’mol budjetidan kam boʻlmagan holda belgilash; 
mehnatga qobiliyatli oʻsmirlar, pensionerlar, koʻp bolali ayollar va 
nogironlar bandligini oshirishni rag‘batlantirish; ishsizlarning malakasi, 
raqobatbardoshligi va safarbarligini oshirish; bandlik xizmati infra-
tuzilmasining samarali rivojlanishini ta’minlash va boshqalar. 
Aholi oqilona bandligi shakllanishining muhim shart-sharoitlari – 
mashg‘ulotlar turi, ish va yashash joyini erkin tanlash, aholi 
safarbarligining turli ma’muriy cheklanishlarini (propiska,viza, asossiz 


43 
ishdan boʻshatishni man qilish va ushlab qolishlar) bekor qilish mehnat 
haqidagi qonunlarga qat’iy rioya qilgan holda ishga joylashish 
kafolatini berishdan iborat boʻladi. Majburiy mehnat qilishdan voz 
kechish har bir shaxsning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishlash yoki 
ishlamaslikni haqiqiy tanlashini bildiradi. Bunda mehnat qilishning 
huquqiy amalga oshirilishi, shubhasiz, xodimlarning mehnat bozorida 
yollanishning eng yaxshi sharoitlari uchun musobaqalashuvlarini 
koʻzda tutadi.
Ammo bunda xodimlarni faqat rasmiy ozod qilishning oʻzigina 
yetarli emas. Yollanma mehnat uchun iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy 
kafolat zarur. Ular orasida 
kelajakda eng kam ish haqini aholi jon 
boshiga kun kechirish uchun zarur boʻlgan eng kam miqdorgacha 
qonun asosida oshirish va mehnat daromadlarini cheklashni bekor 
qilish asosiy hisoblanadi
. Bunday holatda xodim iqtisodiy faol boʻladi.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan oqilona bandlik ishchi kuchidan 
shunday foydalanishni aks ettiradiki, u yalpi ichki mahsulot (YaIM) va 
mehnat unumdorligining oʻsishini ta’minlaydi va mulkchilikning turli 
shakllari, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali 
uslublarining qoʻllanish sohalari kengayishiga koʻmaklashadi. Bu 
ortiqcha ishchi kuchining ozod boʻlishiga olib keladiki, u yollangan 
ishlovchilarni qaytadan taqsimlash va mehnat migratsiyasi kengayishi 
jarayonining kuchayishiga yordam beradi. Shu bilan birga shunday 
vaziyat yuzaga keladiki, unda ishlab chiqarishdan ozod boʻlgan 
ishlovchilardan bir qismining mehnatga va daromadlarga oʻz huquqini 
amalga oshirish sharoiti yomonlashadi. Bunday holda ishsizlik paydo 
boʻladi. 
Mehnatga qobiliyatli aholining oqilona bandligini shakllantirish-
ning asosiy demografik manbalaridan biri uning iqtisodiy faol qismi 
kengayishidan iborat. Aholining iqtisodiy faol qismi mulkchilikning 
turli xil tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shakllariga ega korxonalarda ish 
bilan band boʻlgan yollanma xodimlarni, mustaqil shaxslar va 
tadbirkorlarni, ish qidirayotgan (shu jumladan, ishsiz) mehnatga 
qobiliyatli, band boʻlmagan aholini qamrab oladi. Bularning barchasi 
mehnat salohiyatini tashkil qiladi. U mehnatga qobiliyatli aholining 
iqtisodiy faol boʻlmagan qismi – ishlab chiqarishdan ajralgan holda 
oʻqiyotganlar, harbiy xizmatda boʻlganlar va subyektiv-obyektiv 
sabablarga koʻra ish bilan band boʻlmaganlar hisobiga yangilanadi va 


44 
toʻldiriladi. Miqdoriy yangilanish xarakteri – iqtisodiy faol aholining 
kengaytirilgan, oddiy yoki toraytirilgan takror ishlab chiqarilishi uning 
tarkibidan chiqqan shaxslar (pensiyaga chiqish, mehnat qobilyatini 
yoʻqotish va boshqa sabablar boʻyicha) sonini (Vb) va mehnat bozorini 
toʻldiradigan shaxslar (oʻquv yurtlarini bitiruvchilar, harbiy yoki 
majburiy xizmatdan qaytganlar oldin band boʻlmay, hozir mehnat 
qilishni xohlovchi shaxslar va boshqalar) soni (П ᵦ ) oʻrtasidagi ayirmani 
iqtisodiy faol aholi soniga 
nisbati bilan belgilanadi. 
Iqtisodiy faol aholining miqdoriy yangilanishi koeffitsiyenti 
(Kyangi ᵦ ) quyidagi tartibda aniqlanadi: 
bu yerda: A фaкᵦ – iqtisodiy faol aholi – b kategoriyasining 
umumiy soni. 
Shunday qilib, iqtiodiy faol aholining bandligi uning oʻzaro 
bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy-demografik jarayonlar birligidagi 
harakatini aks ettiradi. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish