Sh. R. Nizomov, S. A. Yusufxo‘jayev qurilish konstruksiyasi hisobi asoslari



Download 17,66 Kb.
bet2/5
Sana01.07.2022
Hajmi17,66 Kb.
#725128
1   2   3   4   5
Bog'liq
Konstruksiyasi hisobi asoslari-fayllar.org

SO‘ZBOSHI
Qurilish konstruksiyalari fani muhandislarni shakllantiradigan 
fanlardan biri bo‘lib, uning asoslarini chuqur o‘zlashtirmoq har
qanday binokor uchun zarurdir.
Qurilish konstruksiyalarini loyihalash nazariyasi texnika fanlari
sohalaridan biri bo‘lib, tejamkor va mustahkam elementlar yaratish 
ustida ish olib boradi.
Mustahkamlik, bikrlik hamda ko‘pga chidamlilik qurilish 
konstruksiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablardir. Binokor kons-
truksiyaning shunday yechimini topishi kerakki, bunda konstruk -
siya ham yuqoridagi talablarga javob bersin, ham tejamli bo‘lsin. Bu
esa masalani samarali loyihalash muammosiga olib keladi. Qurilish 
konstruksiyalarini loyihalash nazariyasi tatbiqiy fan bo‘lganligi
sababli mexanika, matematika, materiallar qarshiligi singari asosiy 
tabiiy fanlarning qonun-qoidalariga asoslanadi.
Qurilish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, hozirgi zamon kapital qu-
rilishining asosini qurilish konstruksiyalari tashkil etadi. Demak,
binokorlar oldida qurilish konstruksiyalarining texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini yaxshilash, buyumlarning tannarxini arzonlashti-
rishdek muhim vazifa turibdi. Bu vazifani ijobiy hal etish uchun quri -
lish konstruksiyalariga daxldor bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni
chuqur o‘rganish talab etiladi.
Darslik olti qismdan iborat:
Birinchi qism «Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loy-
ihalashning qonun-qoidalari».
Ikkinchi qism«Metall konstruksiyalar»
Uchinchi qism«Temirbeton konstruksiyalar»
To‘rtinchi qism « Tosh va armotosh konstruksiyalar»
Beshinchi qism « Yog‘och konstruksiyalar»


4
Oltinchi qism «Zamin va poydevorlar» konstruksiyalarini 


hisoblash va loyihalashning nazariy va amaliy masalalarini o‘z
ichiga olgan bo‘lib, unda konstruksiyalarini loyihalash asoslari, 
yuklar va ta’sirlar, konstruksiyalarini chegaraviy holatlar bo‘yicha
hisoblash usullari yoritilgan.
Mazkur darslik, “Qurilish konstruksiyalarni hisoblash asoslari”
fanini o‘rganishdan maqsad–bo‘lajak mutaxassis qurilish amaliyoti -
da metall, temirbeton, tosh-g‘isht, yog‘och konstruksiyalarining
qo‘llanilishiga doir bilimlarni egallashi, ularni hisoblash va 
konstruksiyalashni o‘rganishi, turli xildagi konstruksiyalar, bino
va inshootlarning texnik holatini tekshirish va baholay olishi, yuk 
ko‘taruvchi elementlarni zamonaviy va kelajakda uchraydigan
konstruktiv xillari bilan tanishtiradi va ulardagi hosil bo‘ladigan 
kuchlanganlik holatini aniqlaydi. Elementlarda yuklar eng noqulay
birgalikda ta’sir etishligidan hosil bo‘ladigan hisobiy kuchni 
aniqlashni va shunga mos samarali kesim yuzani tanlashni o‘rgatadi.
Nazariy mavzular yanada tushunarli bo‘lishi uchun darslikda 
misol va masalalar yechishga keng o‘rin berilgan va shularga
tegishli bo‘lgan rasm, jadval va sxemalar keltirilgan.
Mazkur darslikning 2, 3, 4, 5, 6, 7 - boblari Q.A.Saydullayev,
11, 12, 13, 14 boblari Sh.R. Nizomov, so‘z boshi, kirish 1, 8, 9, 
10-boblar S.A. Yusufxo‘jayevlar, 15,16,17,18,19,20,21-boblar esa
Sh.R. Nizomov va S.A. Yusufxo‘jayevlar tomonidan birgalikda 
yozildi.
Darslikning sifatini yaxshilash yuzasidan bildiriladigan barcha 
fikr -mulohazalar mualliflar tomonidag minnatdorchilik bilan qabul
qilinadi.

5
KIRISH


Qurilish sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil


etishni takomillashtirish va sifatini oshirish hozirgi kunda ta’lim 
mazmunini tashkil qiladi. Chunki, ta’lim muassasasida olingan
ilm kelajakda mutaxassisning salohiyatini va jamiyatdagi o‘rnini 
belgilaydi.
Mamlakatimizning ishlab chiqarishiga zamonaviy texnologiya-
larning kirib kelishi va ularning talablariga javob beradigan bino
va inshootlarni loyihalash talab etiladi. Buning uchun binokor 
quruvchi kadrlar yetarli bilim saviyasiga ega bo‘lishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009- 
yil 20-martdagi 80 - sonli “O‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi
muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish 
dasturi to‘g‘risidagi” qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida
Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Qurilish konstruksiyalari” 
kafedrasida shu soha bo‘yicha ko‘p yillik tajribalariga tayangan
holda “Qurilish konstruksiyalarni hisoblash asoslari” fanidan 
darslik yaratildi.
Mazkur darslikning maqsadi o‘quvchiga qurilish konstruksiya-
larini hisoblash usullari va loyihalash asoslarini o‘rgatishdan iboratdir.
Bunda konstruksiyaning yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash, yangi kon-
struktiv yechimlarni ishlab chiqishda, seysmik hududlarda binolar-
ning umrboqiyligini ta’minlash hamda konstruksiyalarning tashqi 
omillarga bo‘lgan ta’siri o‘rganiladi.
Mustahkamlik, bikrlik hamda ko‘pga chidamlilik qurilish 
konstruksiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablardir. Binokor -
quruvchi konstruksiyaning shunday yechimini topishi kerakki, bunda 
konstruksiya ham yuqoridagi talablarga javob bersin, ham tejamli
bo‘lsin. Bu esa masalani optimal loyihalash muammosiga olib keladi. 

6
Darslikning metall konstruksiyalari qismida dotsent Q.A 


Saydullayev. Yog‘och konstruksiyalari'' qismida dotsent S Tursunov
vaY. M. Mahkamov hamdazamin va poydevorlar'' qismida esa dotsent 
S.S Sayfutdinov tomonidan qilingan ilmiy ishlar matinlaridan
foydalanildi. 
Mualliflar darslikni tayyorlashda va matnni kompyuterga
kiritishda yordamlashgan assistent R.Q. Jumaniyozovga o‘zlarining 
samimiy minnatdorchiliklarini bildiradilar.
Kitobda birliklarning Xalqaro tizimi (SI) dan hamda ST SEV
1565-79 ning va ISO 3898 raqamli “Belgilar va asosiy ramzlar”
Xalqaro standartlarning yangi tizimidan foydalanildi.
Darslik 3580303 – “Turar joy va jamoat binolaridan foydalanish
va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspektori” akademik litsey va kasb-
hunar kolleji o‘quvchilari hamda undan qurilish sohasi bo‘yicha
ta’lim olayotgan kollej o‘quvchilar ham foydalanishlari mumkin.

7


Download 17,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish