Sh. R. Ikramov, R. N. Abdullaev maxsus texnologiya (Donali trikotaj qismi) “ t afakku r b o ‘sto n i”


III.  MAHSULOT BO ‘LAKLARINI AJRATISHDAGI HALQA



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/171
Sana11.07.2022
Hajmi7,73 Mb.
#777499
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171
Bog'liq
Maxsus texnologiya. Ikromov.Sh.R, Abdullaev R.N

III. 
MAHSULOT BO ‘LAKLARINI AJRATISHDAGI HALQA
QATORLARINING VAZIFALARI. ULARNING TUZILISHLARI
YA TRIKOTAJ TO‘QUY MASHINALARIDA HOSIL QILISH
USULLARI. AJRATISH QISMINI MAHSULOT SIFATIGA VA
MASHINA ISH UNUMDORLIGIGA TA’SIRI
3.1. 
Mahsulot bo‘laklarini ajratish qismi bilan biriktirib to‘qish
Donali trikotaj mahsulotlarini to ‘qish texnologiyasining yana bir 
o‘ziga xos jarayonlaridan — biri mahsulot qismlarini to ‘qishda ajratish 
qismini hosil qilishdir. Ushbu jarayonning o‘ziga xosligi shundan 
iboratki, mahsulotlar uzluksiz tasma shaklida to'qilib, ular orasiga 
ajratish halqa qatorlari kiritiladi, bu esa o ‘z navbatida ishlab chiqarish 
unumdorligini oshirishga imkon yaratadi.
M a’lumki, qo‘l bilan mexanik usulda trikotajning boshlang‘ich 
halqa qatorlarini olish ko‘p mehnat talab etadi. Mahsulotni ishlay 
boshlashni mexanik (avtomatik) usulda olish mashinada qo‘shimcha 
mexanizmlar o ‘matilishini talab etadi, bu esa mashinani murak- 
kablashtirib, uning unumdorligini pasaytiradi. Shu sababli, mahsulot 
qismlarini uzluksiz to‘qish (birin-ketin) va keyinchalik ulaming birini 
ikkinchisilan ajratib olish usuli keng qo‘llaniladi. Bu usulda mahsulotni 
qo‘lda ishlay boshlash usuhga ko‘ra kamroq mehnat sarflanadi, qo‘- 
shimcha moslamalar talab qilinmaydi. Ular mahsulotni avtomatik 
ishlay boshlashni ta’minlaydigan mexanizmlardan bir muncha sodda- 
roqdir. Biroq bu usulning karnchiligi shundan iboratki, mahsulotlar 
bir-birlaridan qo‘lda ajritiladi. Mahsulot qismlari uzluksiz (tasma yoki 
mahsulot bo‘laklari) qo‘lda ajritiladi va ajratish qatorlarini hosil qiluvchi 
ipni kesib-sug‘irib olish bilan amalga oshiriladi. Ajratish qismini ikki 
ignadonli ribana msumli mashinalarda ignalarni shaxmatli (ribana) 
tartibda joylashtirib olish mumkin. M a’lumki, trikotajni qismlarga 
ajratish mumkin, qachonki u suprem o ‘rilishli to‘qima bilan to'qilgan 
bo‘lsa. Trikotaj qanchalik siyrak bo‘lsa, ipni sug‘urib olish shunchalik 
oson bajariladi va uni halqa qatori bo‘yicha ajratish mumkin bo‘ladi. 
Shu sababli, ribana o‘rilishli trikotajda ribana halqalarini uzaytirilgan 
suprem halqalariga aylantiriladi. Buning uchun bir ignadon ignalardan
64


barcha halqalami tashlab, ribanani bir tomonidagi hosil bo‘lgan suprem 
halqalami so‘tish y o ‘li bilan erishiladi. Ip so‘tilgan halqalardan boshqa 
ignadon ignalarida hosil qilingan suprem halqalarga o‘tib, uzaytirilgan 
suprem halqalaridan tashkil topgan ajratish qatorni hosil qiladi. Biroq 
halqalami ribananing halqa qatorlaridan to ‘g‘ridan-to‘g‘ri tashlanishi 
buyum qismining nafaqat oxirgi halqa qatori halqalarini so‘tilishiga 
olib keladi, balki ushbu ignadonlarning ignalaridagi oldingi halqa 
qatorlari halqalarining so‘tilishga olib kelishi mumkin. Shu sababli 
ribana halqa qatorlari so‘tilmasligi uchun halqalami ilgariroq mustah- 
kamlab olish zarur.
Mumtoz (oddiy) ajratish qatorini trikotajni ribana to‘qimasi bilan 
to ‘qib, bir halqa hosil qilish tizimli (aylana ribanali, yassi ignadonli 
fang m ashinalarida, ikki ignadonli bir halqa hosil qilish tizimli 
avtomatlarda) to ‘quv avtomatlarida hosil qilish mumkin. Ajratish halqa 
qatorlarini hosil qilish usullari haqida gap yuritilar ekan, ilgari hech 
bir maxsus moslama yoki mexanizmlar yordamisiz ajratish halqa 
qatorlaridan foydalanilmagan. Buning uchun uzluksiz tasma shaklida 
mahsulot aylana ignadonli mashinalarda to ‘qilaverilgan. M a’lum o ‘l- 
cham uzunligida (masalan, bir dona paypoq nzunligida) mashina bir 
halqa qatori halqalarini siyrakroq to ‘qib o ‘tgan. To‘quvchilar ana 
shu halqa qatori bo‘yicha ipni kcsib, donali naysimon mahsulot olishga 
erishishgan. Bunda na ishlay boshlash qismi, na ajratish qismi, umuman 
hozirgi paypoq mahsulotlaming biron bir qismi bo‘lmagan. Ajratilgan 
naysimon, paypoq uchun mo'ljallangan mahsulotni bir uchi tikuv 
mashinada tikilib, paypoqning uchi hosil qilingan, ikkinchi tomoni 
esa yana tikuv mashinasida ikki qavat qilib tikilib, bort qismi hosil 
qilingan. Ushbu jarayon hozirgi kunda paypoq mahsulotida siyrak- 
lashtirilgan (ranjeyniy) halqa qatorini to'qishda keng qo'llaniladi. 
Paypoq uchini kettel mashinasida tikish uchun paypoq bir halqa 
qatori bo‘yicha aw al yarim ignadon ignalaridagi halqalar kettel 
mashinasi ilgaklariga kiygiziladi, so'ng ikkinchi yarim ignadon igna­
larining halqalari birinchiga kiygizilgan ilgaklar uchiga kiyg‘iziladi. 
So‘ng kettel mashinasida choklanadi. Hosil qilingan chok eng sifatli, 
tekis, overlok mashinasining yo‘rmalovchi chokidan farqli qilib tikiladi.
65


Overlog mashinasida paypoqning uch qismini tikish jarayonida bir 
yo‘la 3-4 halqa qatori halqalarini yo‘rmalab chok hosil qiladi, bu esa 
mahsulot tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir etib, chandiqsimon chok 
hosil qilishga olib keladi. Shu sababli ko‘pchilik bolalar paypoq 
mahsulotlari uchi kettel mashinasida tikiladi. Usul juda mashaqqatli, 
sermehnat va tikuvchidan yuqori malaka talab etadi. Endilikda shu 
usulga o‘xshashliroq qihb Italiyaning «Rosso» firmasi mutaxassislari 
«slepaya ketlyovka» usulini taklif etishgan. Usulga ko‘ra paypoq uch 
qismini tikishda kettel mashinasidek bir halqa qatori bo ‘ у lab tikmaydi, 
balki 2-3 halqa qatorlari halqalarini birlashtirib tikish ko‘zda tutilgan. 
Usulning yana bir talabi mahsulot qaysi turdagi tolalardan yigirilgan 
iplardan to ‘qilishidan tashqari, ushbu uch qismining 5-6 halqa qatori 
yuqori cho‘ziluvchanlik «elastik»dan to ‘qilishi shart. Shu sababli hosil 
bo‘ladigan chok qismi kettel chokiga o ‘xshash, biroq u goh bir qator 
halqalarini ilib olishi. gohida uchunchi halqa qatori halqalarini ilib 
olib birlashtiruvchi chok hosil qiladi. Usulning eng muhim tomoni 
paypoq m ahsulotining ranjey qatori b o ‘yicha q o ‘lda ilgaklarga 
kiyg‘izish zaruriyati bartaraf etiladi.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish