Sh. Pozilova



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/58
Sana22.01.2022
Hajmi3,72 Mb.
#399103
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Bog'liq
fayl 1888 20210922

 
Ranglar bilan ishlash
   
Adobe Photoshop dasturida asboblar panelida ranglar bilan ishlash uchun 
toʻrtta asbob ajratilgan: 
Основной цвет. Ushbu asbobda qanday rang koʻrsatilgan boʻlsa, Ковш, 
Линия,  Карандаш,  Кисть,  Аэрограф  va  shuningdek,  Alt  klavishi  bilan 
birgalikda qoʻllanganda Палец asboblari uchun oʻsha rang asosiy hisoblanadi. 
Основной  цвет  asbobidagi  rang  Пипетка  yoki  ushbu  asbob  ustida 
«sichqoncha» tugmasini ikki marta ketma-ket bosish orqali oʻzgartiriladi.   
Цвет  фона.  Koʻrsatilgan  rang  Ластик  asbobi  bilan  ishlaganda 
qoʻllaniladi.  Цвет  фона  asbobidagi  rang  Основной  цвет  asbobida  rangni 
oʻzgartirish uchun qanday amal bajarilgan boʻlsa, bunda ham xuddi oʻsha amalni 
bajarish lozim yoki Pipetka asbobi bilan Alt klavishini birgalikda bosish orqali 
rangni almashtirish mumkin. 
Переключение  цветов.  Kursorni  ushbu  tugma  ustida  bir  marta  bosish 
orqali asosiy rang va fon rangi oʻrin almashadi. 
 Стандартный цвет. Kursorni ushbu tugma ustida bir marta bosish asosiy 
rang va fon rangini standart ranglar - qora va oq rangga almashtiradi. Ranglarni 
                                                           
16
 
http://library.ziyonet.uz/uz/book/download/30434
 
 


93 
 
tanlashda Adobe Photoshop dasturida Color yoki Swatches darchalaridan ham 
foydalanish mumkin. 
 RGB (Red. Green, Blue-qizil, koʻk, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir 
qilish nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar 
platasi yordamida deyarli 16 million rangning barchasini monitorda aks ettiradi. 
RGB  ranglar  majmuasi  bilan  ish-langan  barcha  tasvirlami  xohlagan  formatda 
diskka  yozish  mumkin.  RGB  ranglar  majmuasidagi  ayrim  ranglar  umuman 
tabiatda uchra-maydi. 
CMYK - tabiatda mavjud boʻlgan ranglar majmuasi. Quyosh nurlari inson 
koʻzlari  ajrata  oladigan  barcha  ranglarni  oʻzida  mujas-samlashtirgan.  Quyosh 
nurlari biror jismga tushganda, inson koʻzlari uning taʻsiri ostida jism shakli va 
rangini idrok etadi. Misol uchun, binolarning oʻt oʻchirish burchaklariga osib 
qoʻyilgan  oʻt  oʻchirgich-lar  toʻq  koʻk  va  zangori  ranglar  bilan  boʻyalgan 
boʻlishiga qaramay, bizning koʻzimizga toʻq qizil rangda koʻrinadi. Ranglarning 
bir-biriga qoʻshilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi: 
С - havorang; 
М - binafsharang;   
Y - sariq rang; 
К - qora rang. 
Bosma  mashinalar  va  bosmaxonalarda  tasvirlar  yuqorida  keltirilgan 
ranglarning kombinatsiyasidan foydalangan holda toʻla tasvirni ifodalaydi.   
RGB  ranglar  majmuasida  oq  rang  uchala  rangning  maksimal  ara-
lashmasidan hosil qilinadi. Qora rang esa buning aksi oʻlaroq olinadi. 
CMYK ranglar majmuasi bilan ishlaganda qora va oq ranglarni hosil qilish 
uchun buning aksini bajarish lozim. Yaʻni toʻrt rangning minimal qoʻshilishidan 
oq rang hosil boʻladi. Qora rang esa alohida kanalda mavjud. 
RGB  ranglar  majmuyi  keng  koʻlamdagi  ranglarni  taklif  etadi.  Lekin 
ularning koʻp qismi (ayniqsa, yorqinlari) tasvirni chop elganda monitordagidan 
keskin farq qiladi. Shu bois ham koʻplab mutaxassislar tasvirni chop etishdan 
awal uni CMYK sistemasiga oʻtkaza-dilar. Ayrim mutaxassislar esa tasvir bilan 


94 
 
CMYK sistemasida ishlashni maslahat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash 
turli qiyinchiliklami tugʻdiradi. Ana shunday qiyinchiliklardan biri - kompyuter 
juda  sekin  ishlashi.  Bunga  asosiy  sabab  Adobe  Photoshop  dasturi  RGB 
sistemasiga sozlangan boʻlib, har bir buyruqni bajarib, uni RGB sistemasidan 
CMYK sistemasiga almashtirguncha kompyuter qoʻshimcha vaqt talab qiladi. 
Bundan tashqari, skaner va monitor RGB sistemasida ishlashga moʻljallangan. 
Ranglar  bilan  ishlovchi  barcha  uskunalar  (rangli  printerdan  tashqari)  RGB 
sistemasida ishlaydi. 
17
 
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish