Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/40
Sana28.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#474349
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
fayl 1888 20210922

Nazorat savollari: 
 
1.
PDV larni yaratishda psixologik talablar? 
2.
 
Didaktik talablarga nimalar kiradi?
 
3.
 
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda amal qilinishi zarur boʻlgan 
tamoyillar qaysilar?
 
4.
 
Metodik talablar deganda nimani tushunasiz?
 
5.
 
Estetik talablarnning oʻziga xos xususiyatlari?
 
6.
 
Motivatsiya nima siz uchun?
 
7.
 
PDV larni loyihalashtirish bosqichlari qaysilar?
 
1.3.
 
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda qoʻllaniladigan dinamik 
vositalar illustratsiyalar, animatsiyalar va video yaratish vositalari 
Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varaq oq qogʻozga qalam yoki 
ruсhka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida siсhqonсha 
yordamida rasm сhizish, yаʻni tasvir tuzish, tuzatish va ularni harakatlantirish 
imkonini yаratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar 
hisoblanib, ular yordamida tasvirning elementlari boshqarib boriladi. Bunday 
dasturlardan biri Adobe Illustratordir. 


39 
Adobe Illustrator dasturi C++ tilida yozilgan boʻlib, uning birinchi 
versiyasining ishlab chiqilishi 1985-yilda Picasso nomi bilan boshlangan. Adobe 
kompaniyasi Creative Cloud tizimiga kirganidan soʻng Illustrator CC chiqarildi. 
Oxirgi versiyasi Illustrator CC 2018.1 boʻlib, 2018-yil mart oyida chiqarilgan va 
mahsulotning 22-avlodi hisoblanadi. Adobe Illustrator CC gacha chiqarilgan 
versiyalar turli nomlar bilan atalgan. Adobe Illustratorning 1997-yildan keyingi 
chiqarilgan versiyalari asosan Windows va MacOS platformalari uchun 
chiqarilgan.
6
Adobe Illustrator CC 2018 dasturi – professional darajadagi innovatsion 
vektor grafik muharriri boʻlib, u asosan illyustratsiyalarni yaratishda, veb-sayt 
tarkibiy qismida, mobil ilovalarda va videokliplarda qoʻllaniladi. 
Adobe Illustrator Adobening boshqa ilovalari bilan aloqani qoʻllab-
quvvatlaydi. Adobe Illustratorning oxirgi versiyasida veb-sayt yaratishdagi turli 
belgilar, naqshlar, logotiplar uchun CSS-kodni mustaqil shakllantiruvchi 
utilitalariga ega. Gradientlar bilan bevosita obyekt ustida ishlasa ham boʻladi. 
Elliptik gradientlarga oʻlchamlar, ranglarni toʻgʻrilash va shaffoflik 
parametrlarini sozlash imkoniyati mavjud. 
7
Bundan tashqari toʻr koʻrinishida joylashgan 100 tagacha montaj 
sohalarini koʻrib chiqish va tartiblash ham mumkin. Istalgan vaqtda loyihani 
ham kompyuter qattiq diskida, ham bulutli saqlash mumkin. 
Adobe Illustrator dasturi yoqilganda zamonaviy foydalanuvchi interfeysi 
chiqadi va tizim turli takliflar beradi. 
2018-yilda PC Magazine kompyuter jurnali Adobe Illustratorni vektor 
grafikasini tahrirlashning eng yaxshi dasturi deb atadi va ushbu dastur quyidagi 
imkoniyatlarni taqdim etadi: 
-
Illyustratsiyalarni chiqarish funksiyasi; 
-
Perspektivada chizish imkoniyati; 
6
Михаил Райтман. ADOBE ILLUSTRATOR CC. Эксмо. 2014.
7
Adobe Creative Team. Справкапо Adobe® Illustrator® CC. 
Июнь 2016.


40 
-
Matnni avtomatik tekislash imkoniyati; 
-
Asbob-uskunalar sozlanuvchan paneli; 
-
Pikselli toʻrning qoʻlda boshqarish imkoniyati; 
-
Kaskadli jadvallar va stillarni chiqarish; 
-
Tasvirlarni vektorli grafikaga oʻtkazish; 
-
Logotiplar uchun gradientlar yaratish imkoniyati; 
-
Mobil qurilmalarning sensorli ekrani yordamida loyihalar ustida 
ishlash; 
-
Bir qancha montaj sohalarini ishlatish (alohida yoki birga). 
Adobe Illustrator boshqa dasturlar kabi oʻziga xos xususiyatlarga, 
afzallik va kamchiliklariga ega. Uning afzalliklariga quyidagilar kiradi: 
-
Vektorli naqshlarni yaratish; 
-
Rastrli tasvirlarni ochish; 
-
Belgilarning tiniqligi bilan ishlash; 
-
Boshqaruv elementlarining intuitiv tushunarliligi; 
-
Konturlar va chiziqlarning yuqori tiniqligi; 
-
Adobening boshqa mahsulotlari bilan tor integratsiyasi; 
-
Murakkab figuralar va dinamik obyektlar yaratish; 
-
Katta va ogʻir fayllarni qayta ishlashga imkon beradi; 
-
Grafik formatlarning katta miqdorini qoʻllab-quvvatlaydi. 
Adobe Illustrator dasturining kamchiliklariga esa quyidagilar kiradi: 
-
Litsenziyaning qimmatligi; 
-
Oʻrnatish vaqti uzoqligi; 
-
Vaqtincha ishlatish vaqti – 7 kun; 
-
Illustratorning yangi funksiyalari va keng imkoniyatlari faqatgina 
toʻliq versiyada mavjud. 
Ilovani birinchi bor ishga tushirganda “Uskunalar” paneli ekranning 
chap tomonida joylashgan boʻladi. “Uskunalar” panelidagi uskunalar Illustrator 
dasturida obyektlarni yaratish, ajratish va ular ustida amallar bajarish uchun 
ishlatiladi. Baʻzi uskunalarning parametrlari mavjud boʻlib, ular uskunalar ustiga 


41 
ikki marta bosganda koʻrsatiladi. Ularga kiritish, ajratish, chizish, tanlash, 
tasvirni oʻzgartirish va boshqa joyga koʻchirish uskunalari kiradi. 
8
Adobe Illustrator oynasi esa quyidagicha koʻrinishda boʻladi: 
1.3.1.-rasm. Adobe Illustrator ishchi oynasi 
1.3.2-rasm. Adobe Illustrator dasturida grafika va illyustratsiyalar 
yaratishga moʻljallangan boʻlim 
Illustratsiyalarni yaratishda chizish usullaridan keng foydalaniladi.
 
Illustrator quyidagi chizish usullariga ega. 
-
Standart usulda chizish 
-
Obyektlar orqasida chizish 
-
Obyektlar ichida chizish. 
Hozirda “Pero” uskunasi yordamida yulduz chizamiz va unga effekt 
beramiz. “Pero” uskunasi yordamida chizish mumkin boʻlgan eng oddiy kontur 
– bu “Pero” uskunasi yordamida bosish orqali yaratilgan ikkita tayanch nuqtadan 
tashkil topgan toʻgʻri chiziq. Uskuna yordamida sichqonchani bosishni davom 
8
Евгения Ивановна Тучкевич. Самоучитель AdobeIllustratorCC. БХВ-Петербург, 2014, 353 с.


42 
ettirsa burchak nuqtalari bilan bogʻlangan kesilgan toʻgʻri chiziqlardan tashkil 
topgan kontur yaratish mumkin. 
1.3.3-rasm. Illustratsiyaga effekt berilgan koʻrinishi 
Animatsiyalar bilan ishlovchi dasturlardan biri bu - Ulead Gif Animator 
dasturi hisoblanadi.
 
Dastur 1989-yilda yaratilgan boʻlib, u .gif (Graphics 
Interchange u Format) formatida fayllarni saqlaydi. Bu dastur bir qancha
1.3.4-rasm. Ulead Gif Animator dasturi interfeysi 
imkoniyatlarga ega boʻlib, bunda kadrlarni ketma-ketligini yaratgan holda 
animatsiya roliklarini yaratish mumkin. Ulead Gif Animator dasturi interfeysi. 
1.3.5-rasm. Ulead Gif Animator dasturining uskunalar paneli 


43 
Dastur File, Edit, View, Object, Frame, Filter, Video F/X va Help 
boʻlimalaridan tashkil topgan.
File menyusidan New boʻlimini tanlaymiz va yangi layer ochiladi. Biror 
obyektni olib unga animatsiya beramiz. 
1.3.6-rasm. Frame bilan ishlash 
Frame menyyusidan uni kadrlarga boʻlinish holatlarini koʻrishimiz 
mumkin. 
Uskunlar panelidan obyektga yozuv yozish, rang va oʻlcham berish 
mumkin. 
Ulead Gif Animator dasturining yana bir foydalanuvchilar uchun 
qulaylik jihati shundaki, ishlash oson va qulay. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish