odam topa olmaydi. Ota shafqatsiz va zolim odam, onasi esa farzandi
dardlariga befarq. Faqat enagagina Julettaning sirlaridan voqif. Biroq
enaga o ‘z qarashlarida sobit emas, kimdan sovg'a olsa, o ‘shanga xizmat
qilaveradi. Julettaning Romeoga xufyona turmushga chiqqanini bila
turib, uni Parisga tegishga undaydi. Shundan so‘ng Juletta faqat rohib
Lorensogagina ishonib qoladi.
Lorenso o‘rta asr ma’rifatparvarining yorqin obrazidir. U ezgulik,
toza hissiyotlar himoyachisi. Ayni paytda ikki yoshning muhabbati
oilalar o'rtasidagi ixtilofga ham barham beradi, deya orzu qiladi. Shu
sababli ham ulami yashirincha nikohlab qo‘yadi. Romeo Tibaltni,
ya’ni Julettaning qarindoshi akasini o'ldirib qo'ygach, qochishga majbur
Do'stlaringiz bilan baham: |