diyalarida muhabbat yovuzlik ustidan g‘alaba qozonadi. «Romeo va
Juletta» ham muhabbat mavzusida. Biroq bu asarda sevgi fojia bilan
yakun topadi. Tragediyadagi fojianing asosiy sababchisi ikki oila
o ‘rtasidagi eski adovatdir. Bunday mavzu qadimdan mavjud bo‘lib,
uni barcha xalqlarda kuzatish mumkin. Ularda tarixiy faktlar afsonaga
asos bo‘lib xizmat qilgan. Masalan, Italiyada ikki dushman oila —
Montekki va Kapuletti yashab o ‘tgani ma’lum. Keyinchalik ingliz
shoiri Artur Bruk shu asosda doston yozgan. Shotlandiyada ham
dushman qabilalardan bo‘lgan ikki yoshning fojiali muhabbati haqida
«Duglaslar fojiasi» balladasi mavjud. Bulardan tashqari ikki yoshning
anglashilmovchilik qurboni bo'lganligini tasvirlovchi Piram va Fisba
Do'stlaringiz bilan baham: |