400 yil oldin yashab ijod etgan bu buyuk dramaturg ushbu sohada
egallagan cho‘qqi hanuz zabt etilgani yo‘q.
Shekspir hayotiga oid uncha ko‘p ma’lumotlar saqlanib qolmagan,
borlari ham to‘liq va aniq emas. Shekspir 1564- yil 23- aprelda Eyvon
daryosi sohilidagi Stratford shahrida tug‘ilgan. Shekspiming ajdodlari
yemenlar — ya’ni, erkin dehqonlar bo‘lganlar. Ular orasida jasur
jangchilar, nayzadorlar, yoyandozlar bo'lganligi taxmin qilinadi.
«Shekspir» so‘zi — «nayza o ‘ynatuvchi» ma’nosini anglatadi.
Shekspiming otasi hunarmand-savdogar bo‘lgan, u charm va charm
qo‘lqop bilan savdo qilgan. Ishlari yurishgan davrlarda hatto shahar
meri qilib ham tayinlangan. Biroq ishlari orqaga ketib singach, oila
haqida qayg‘urish, g'amxo'rlik qilish katta o ‘g‘li Uilyam zimmasiga
tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |