etuvchi quyosh ma’budi — Geliosdir.
Bu o ‘n ikki ma’buddan tashqari yana bir qancha ma’budalar
mavjud. Ularning hayoti xuddi insonlarnikiga o ‘xshaydi, tuyg‘u-
kechinmalari, kuchli va ojiz jihatlari, oralaridagi ziddiyatlari bilan
zamin odamlarini eslatadilar. Yunon adabiyotida bu ma’budalar
kechmishlari bilan bog‘liq ko'plab ajoyib afsona va asotirlar mavjud.
Yunon yozma adabiyoti ana shu manbadan unumli foydalangan. Antik
adabiyotning barcha buyuk namoyandalari asarlari sujeti asosida
qadimgi asotirlar yotadi. Ular ana shu materialga badiiy tus berganlar,
mif sujeti, qahramonlarini zaminga ko'chirganlar, ularni hayotiy
obrazlarga aylantirganlar, oddiy insonga xos his-tuyg‘u, kechinmalar
bilan ta’minlaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |