qanchalar k o ‘p bayram qilgani sari...», «M en yana keldim»,
«Shahardan tashqarida o'ychan kezganimda» kabi she’rlari she’riyat,
tabiat, hayot vu mamot mavzulariga bag'ishlanadi. «Men o'zimga
haykal qo'ydim...» she’rida esa shoir go‘yo o'zini oldinda kutayotgan
fojiani sezgandek bo'ladi, inson tafakkurining buyukligi, iste’dod
nomining o'chmasligi, chin san’at asarlari boqiyligi kuylanadi.
Pushkin ijodiy yetuklik davriga kirgan palla ayni paytda uning
hayotidagi so'nggi bosqich bo'lib qoldi. Bu davrda shoir hayotida
qator ko'ngilsizlikjar ro'y berdi. 1833- yilda Pushkinga shoh Nikolay
tomonidan kamer yunker unvoni berildi. Endi shoir saroy ballariga
tashrif buyurishi, sqroy odob-axloq qoidalariga amal qilishi lozim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |