xirs juda kuchli, bu ehtiros darajasiga ko‘tarilgan. Uning tabiatidagi
shafqatsizlikning asosi ham shunda. «Motsart va Salyeri» tragediyasida
inson tabiatidagi yana bir illat - hasad mavzusi yoritiladi. Daho
san’atkor, noyob iste’dod sohibi Motsart tabiatan butunlay Salyerining
aksidir. C hinakam is t e ’dod uchun esa yovu zlik begonadir.
« 0 ‘rtamiyonalar xudosi» Salyeri qalbida xudbinlik illati avj olgan,
Motsart dahosini tan oladi, ayni shu narsa uning qalbini kalamushdek
kemiradi, pirovardida hasad, yovuzlik ulkan talantni mahv etadi.
Jahon adabiyotida mashhur Don Juan obrazi yaratilgan «Tosh
mehmon», Vilsonning «Vabo shahri» asari asosida yaratilgan « 0 ‘lat
paytidagi bazm» tragediyalari ham Boldinoda yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |