nom bilan ritsarlik romaniari deb atala boshlagan. XVIII asrda
Angliyada 0 ‘rta asrlar va Uyg'onish romantizm deb nomlanadi hamda
she’riyatning asosiy unsuri hisoblanadi.
XVIII
asr oxiriga kelib bu atama Germaniyada va XIX asr
boshlarida Fransiyada o'z davri yangi adabiyotini anglatish uchun
q o ‘liana boshlaydi. Keyinchalik ajoyib fantastik, sirli, sarguzashtga
oid barcha narsa ana shu so‘z bilan atala boshladi. Bir qator boshqa
Yevropa mamlakatlarida romantizm o'zini klassitsizmga qarshi
qo'ygan badiiy oqim tusini oladi.
Ushbu yo'nalish vakillari o'rta asrlar san’atini ulug'lagan holda
yangi davr san’atini ham inkor qilmadilar. Ular Dante, Shekspir,
Servantes va Gyotelar timsolida buyuk romantiklarni ko'rardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |