kishisi, yaratuvchi inson namoyon bo'ladi, Faust bu yerlarni insonga
xizmat qildirish uchun zo ‘r ishtiyoq bilan kirishadi. Faust bir umr
izlanadi, inson umrining ma’nosi va mohiyatini anglab yetishga intiladi,
nihoyat o ‘zi orzu qilgan «To‘xta, ey daqiqa, go'zalsan g‘oyat» deb
ataluvchi lahzalar jonli, jo'shqin hayotda ekanligiga imon keltiradi,
hayotdan ko‘z yumar ekan, shunday xulosaga keladi:
Uzoq hayot yo ‘Uni о ‘tdim-u bosib,
Olam hikmatini ayladim yakun.
Kim — erk, hayot deb jang qilolsa har kun —
E rk-u hayot uchun о ‘sha munosib.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Do'stlaringiz bilan baham: |